13.1.2. Kompaniya madaniyatining manbalari.
Kompaniya madaniyatining ildizi uning falsafasiga va aynan shu
shaklda faoliyat ko’rsatish sabablariga borib taqaladi. Kompaniya
madaniyati qadriyatlarda va faoliyat prinsiplarida; etik standartlarda va
rasmiy siyosatda; kasaba uyushmalari, aksionerlar, ta’minotchilar bilan
munosabatlarda; tashkilot tayanadigan an’analarda, nazorat tajribasida;
403
xodimlarning xulq-atvorida; tashkilot avlodlarining og’zidan-og’ziga
o’tadigan afsonalarida; mansabdor xodimlarning o’zaro munosabatida;
tashkilotning siyosatida namoyon bo’ladi. Ushbu ijtimoiy omillar
tashkilot madaniyatining majmuasini tashkil qiladi.
Kompaniya madaniyatida o’rin topgan ishonch va usullarning
manbalari turlicha bo’ladi. Jumladan: xarizmatik shaxslar, ishchi
guruhlar, bo’lim va bo’linmalar tashkilotning turli boshqaruv
pog’onalarida paydo bo’lishi mumkin. Madaniyatni ko’pchilik
unsurlarini o’rnashib qolishi firmaga asos solgan shaxslar bilan yoki
uning dastlabki sardorlari bilan bog’liq. Ular kompaniya amal qiladigan
falsafani, prinsiplarni, siyosatni va faoliyat strategiyasini yaratganlar.
Ma’lum vaqt o’tishi bilan ushbu madaniyat unsurlari ishchilar va
menejerlar ongiga singib boradi. Kompaniya madaniyati-bu ichki
ijtimoiy kuchlar harakati mahsuli: u tashkilotda ustunlik qiladigan
qadriyatlar va xulq- atvor me’yorlari majmuasidir.
Kompaniya
madaniyati
shakllangandan
so’ng, sardorlarni
tayyorlash tizimsini saqlash, kompaniya qadriyatlariga mos keluvchi
xodimlarni tanlash, yangi a’zolarga madaniyat unsurlarini muntazam
singdirish, kompaniyaning asosiy qadriyatlarini, ijobiy afsonalarini
muloqotlarda va ma’ruzalarda takrorlash, madaniy g’oyalarga va
me’yorlarga amal qiluvchilarni rag’batlantirish va aksincha kompaniya
madaniyatini hurmat qilmaydiganlar uchun noqulay muhit yaratish orqali
ushbu madaniyatni rivojlantirish lozim.
Lekin ustivor madaniyat ham o’zgarib boradi. Yangi sardorlarning
paydo bo’lishi va rahbarlarning almashishi yangi qadriyatlarning paydo
bo’lishiga va kompaniya madaniyatini o’zgarishiga olib keladi. Yangi
faoliyatlarga diversifikatsiya, yangi geografik hududlarga ekspansiya va
yangi xodimlarning paydo bo’lishi ham kompaniya madaniyatini
rivojlantirishi mumkin. Odatda kompaniyaning madaniyati bir necha
submadaniyatlardan iborat bo’ladi. Qadriyatlar, ishonch va usullar
bo’linmalarda, geografik hududlarda va xo’jalik birliklarda bir-biridan
farq qiladi.
404
Do'stlaringiz bilan baham: |