Самарқанд давлат архитектура қурилиш


 Tashkiliy tuzilmalarni rivojlantirish istiqbollari



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

11.1.6. Tashkiliy tuzilmalarni rivojlantirish istiqbollari. 
Ideal yoki mukammal tashkiliy tuzilma mavjud emas. Strategiya 
nuqtai – nazaridan barcha tayanch tuzilmalar o’zining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega. Tuzilmani strategiyaga maksimal muvofiqlashtirish 
uchun tayanch tuzilmani tanlash, uni kompaniya shakliga moslashtirish, 
so’ngra muvofiqlashtirish mexanizmi va komunikasiyalari bilan 
to’ldirish lozim. 


368 
Boshqarish sohasida taniqli olim Piter Druker tashkiliy tuzilmalar 
bo’yicha quyidagicha fikr yuritadi. 
«Tashkilot oldidagi vazifalarni hal etish qobiliyatiga ega tashkiliy 
tuzilmalardan eng oddiysi ularning eng yaxshisi hisoblanadi. Tashkiliy 
tuzilmaning muammosi qanchalik kam bo’lsa, u shunchalik qulay 
hisoblanadi. Tuzilma qanchalik oddiy bo’lsa, uning muammosi 
shunchalik kam bo’ladi. 
Ba’zi tashkiliy prinsiplar boshqalariga nisbatan murakkab va 
muammolidir. Lekin ularning birortasi ham nuqsonlardan xoli emas. 
Ularning xech biri vazifalarga nisbatan insonlarga ko’proq yo’naltirilgan 
emas; ularning xech birini boshqalariga nisbatan ijodiyroq, erkinroq yoki 
ko’proq demokratik deya olmaymiz. Tashkiliy qurilmalarning prinsiplari 
– mexanizmdir, mexanizm esa o’z-o’zidan yaxshi yoki yomon bœla 
olmaydi. Uni to’g’ri yoki noto’g’ri qo’llash mumkin – asosiy farq 
shundan iborat. 
Bir vaqtning o’zida maksimal oddiylikka va muvofiqlikka hamda 
tashkiliy tuzilmani shakllantirishni tayanch natijalariga erishish uchun 
tayanch ishlarni aniqlash lozim. Avvalambor, tuzilmani qanday 
maqsadda yaratilganligini unutmaslik kerak». 
Zamonaviy 
tashkiliy 
an’analar

Ko’pchilik 
zamonaviy 
kompaniyalar funksional ixtisoslashuv va markazlashgan vakolatlarga 
asoslangan an’anaviy iyerarxik tuzilmalarni qayta qurmoqdalar. Ushbu 
tuzilmalar strategik va tashkiliy ma’noga ega qachonki: 
1.
Ishni bir necha takrorlanuvchi operasiyalarga bo’lib, ularni 
œzlashtirib, ommaviy bajarish mumkin bo’lsa; 
2.
Har bir boshqaruv hududida funksional ko’nikmalarni saqlash 
foyda keltirsa; 
3.
Xaridorlarning talablari standartlashgan bœlib, ularni qondirish 
uchun tadbir-choralarni osonlik bilan yaratish mumkin bo’lsa. 
Lekin xaridorlarning talablari standart tovarlardan buyurtmalarga 
o’zgarsa, an’anaviy iyerarxiyalar tashkilot uchun ortiqcha yuk bo’ladi. 
Tashkilot xaridorlarning talabini qondirishda tezkor moslashuvchan 
tuzilmalardan foydalanishni istaydi. Ko’p pog’onali funksional 
byurokratik 
boshqaruv 
tuzilmalari 
xaridorlarning 
o’zgaruvchan 


369 
talablariga tezkorlik bilan moslasha olmaydilar, natijada ish maromi 
buziladi. Tez o’zgaruvchan bozorlarda muvaffaqiyat muhim tashkiliy 
xarakteristikalarga 
asoslangan 
strategiyaga 
bog’liq. 
Ushbu 
xarakteristikalar: xaridorlar xulqini o’zgarishiga tezkor javob berishdan, 
tovarni yaratishdan boshlab, uni bozorga yetkazishni qisqa muddatlarda 
amalga oshirishdan, tovarning yaxshi sifatini ta’minlashdan, buyurtma 
tovarlarini turli variantlarda ishlab chiqarishdan, xaridorlarga individual 
xizmat ko’rsatishdan, buyurtmalarni aniq bajarilishi va tashqi raqobat 
shartlariga alohida e’tiborni qaratishdan iborat. 
Nomi zikr etilgan unsurlar tashkiliy tuzilmalarda inqilobiy 
hisoblanadi. Qayta tashkil etishlarning asosiy qismi o’rta boshqarish 
pog’onasida va funksional bo’limlarda byurokratik an’analarni 
yengishga va avtoritar tuzilmalarni yotiq, markazlashmagan tuzilmalarga 
aylantirishga 
qaratilgan. 
Tuzilmani 
strategiyaga 
moslashtirish 
harakatlari: boshqarish pog’onalarini kamaytirishdan, kichik xo’jalik 
birliklarini va jarayonlarni funksional bo’limlarga tarqoqlashib ketishini 
oldini olish uchun ularni qayta tashkil etishdan, jarayonli brigadalarni 
tashkil etishdan va faoliyatlararo ishchi guruhlarni yaratishdan, quyi 
pog’onalar rahbarlarining vakolatlarini kengaytirishdan, vertikal va 
gorizontal 
bo’yicha axborot kanallarini ochiqligini ta’minlash, 
kompyuter texnologiyasini va telekommunikasiyalarini tadbiq etishdan 
iborat bo’ladi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish