Самарқанд давлат архитектура қурилиш


 Madaniyatni yuqori natijalarga yo’naltirish



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

13.1.8. Madaniyatni yuqori natijalarga yo’naltirish. 
Insonlarga strategik muvaffaqiyatga intilishni singdirish va 
samarali faoliyat ko’rsatish muhitini yaratish – bu strategiyani 
yurituvchining eng muhim sifatlaridan hisoblanadi. Tashkilot o’z 
qobiliyatidan muntazam ravishda to’liq foydalanayotgan bo’lsa, uning 
natijasi nafaqat strategik muvaffaqiyat bo’ladi, balki yuqori natija ruhi 
bilan sug’orilgan tashkiliy madaniyat ham hisoblanadi. Yuqori natijaga 
erishish ruhi hukmron tashkilot xodimlarning a’lo darajadagi faoliyatiga 
va olamshumul yutuqlariga tayanadi. Ushbu tashkilotning madaniyati 
yuqori natijalarga yo’naltirilgan bo’lib, uning rahbariyati esa insonlarni 
yaxshi natijalarga ilhomlantiruvchi siyosatga va usullarga amal qiladi. 
Yuqori natijalar ruhi bilan sug’orilgan ustivor tashkilot, odatda 
insonparvarlikka yo’naltirilgan bo’lib, har bir xodim to’g’risida 
g’amxurlik qilishda har bir imkoniyatdan foydalanadi. Kompaniya har 
bir xodimga hurmat bilan qaraydi, ularni sifatli o’qitadi, faoliyatni 
bajarishda tashabbuskorlikni va ijodiy qobiliyatni namoyish etish 
imkonini yaratadi, mantiqiy aniq topshiriqlar beradi, yuqori natijaga 
erishish uchun rag’batlantirish va jazolash tizimsidan to’liq foydalanadi, 
barcha boshqaruv pog’onalaridagi menejerlarga o’z qo’l ostidagi 
xodimlarni rivojlanishi uchun sharoit yaratadi va ular o’z qobiliyatini 
namoyish etib, umumiy faoliyatga œzining munosib ulushini qo’shishi 
uchun yetarlicha mustaqillik beradi. Natijalarga yo’naltirilgan tashkiliy 
madaniyatni shakllantirish uchun kompaniya yuqori natijalarga 
erishayotgan xodimlarni har tomonlama rag’batlantirishi lozim. 

Boeing, General Electric kompaniyalarida o’z g’oyalariga ishonib, 
uni byurokratik tizimlardan o’tkazib, yangi mahsulotga hattoki 


414 
yangi tashkilotga aylantirgan xodimlarni tantanali taqdimlash odat 
tusiga aylangan. Ushbu kompaniyalarda yangiliklarga keng yo’l 
ochib berilib, o’z g’oyalarini himoya kiluvchilar qo’llab-
quvvatlanadi. Odatda g’oyalari hayotga tadbiq etilgan xodimlar 
yaxshi mukofotlanadi, lekin g’oyalar o’zini oqlamagan taqdirda 
ham ularning ish joylari saqlanib, ular yangi g’oyalarni yana sinab 
ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 

Nyu-York regional sotish idorasining bosh menejeri bir kechaga 
mahalliy futbol komandasining o’yingohini ijaraga olib, ishdan 
keyin hamma savdo agentlari o’yingohga taklif etdi. Mashxur 
futbol yulduzlari kabi ular ham birin ketin o’yingohda paydo 
bo’lishi bilan elektron tabloda ularning ismi sharifi va 
muvaffaqiyat 
ko’rsatkichlari 
yoritildi. 
Uyingoxda 
esa 
kompaniyaning ishchi xodimlari, rahbarlari, oila-a’zolari va 
do’stlari to’planib maydonga chiqib kelayotgan xodimni olqishlar 
edi. Ushbu tantanali marosimni IBM kompaniyasi tashkil etgan 
bo’lib, uning maqsadi har bir xodim kompaniya uchun muhim 
ahamiyatga ega ekanligini va xodimlarning muvaffaqiyatlari 
qadrlanishini namoyish etishdan iboratdir. 

“Mc Donald`s” o’zining hamma korxonalarida eng yaxshi oshpaz 
tanlovini o’tkazadi. Musobaqalar mos ravishda har bir korxonada 
tantanali 
o’tkaziladi. 
G’oliblar 
regional 
musobaqalarda 
qatnashadilar va ularning g’oliblari o’z navbatida kompaniyaning 
absolyut g’olibligi uchun kurashadilar. G’oliblar qimmatbaho 
mukofotlar bilan va xizmat kiyimida taqib yurish uchun maxsus 
kukrag nishoni bilan taqdimlanadi. 
Yuqori natijalar faoliyat ruhining, usullarning, so’zlarning, 
simvollarning va qadriyatlarning murakkab majmualari asosida 
yaratiladi. Ushbu majmua oddiy insonlarni olamshumul natijalarga 
erishishga da’vat etadi. Bu holatda harakatlantiruvchi kuch: insonning 
ishonchlaridan va qadriyatlaridan; ish joyining barqarorligidan va xizmat 
pog’onalari bo’yicha ko’tarilishidan: xodimlarni tashabbuskorligidan va 
ijodiy yondashuvidan, har qanday ishni sifatli bajarishi tufayli 
mag’rurlanishidan va rag’batlantiruvchi boshqarish usullaridan iboratdir. 


415 
Xodimlar bilan yaxshi munosabatlarni yo’lga qo’ygan kompaniya 
jamoaning muvaffaqiyatli mehnat qilishiga, yuqori ma’naviy ruhiga va 
xodimlarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lishga umid qilishi mumkin. 
Yuqori natijalarga erishish odatda ijobiy rag’batlantirishga 
asoslansa ham, salbiy ta’sir etish usullari ham mavjud. Muntazam 
qoniqarsiz faoliyat ko’rsatadigan bo’limlar menejerlarini ishdan 
chetlatish lozim. Bunday chorani tashkilot manfaatlari talab qilishidan 
tashqari, ushbu chora menejerlarga ham ijobiy ta’sir etishi mumkin, 
chunki o’z o’rnida emasligini his etgan menejer tashvishlanadi va o’z 
faoliyatidan qoniqmaydi. Bundan tashqari ijrochilar malakali rahbarlikka 
muhtoj hisoblanadi. Agar rahbarlar yomon ishlaydigan bo’lsa, 
ijrochining yaxshi ishlashi mumkin emas. Ishga yollash tajribasi yuqori 
motivga ega hurmat e’tiborga intiladigan, tashkilot madaniyatiga mos 
keladigan va yaxshi natija ko’rsatishga harakat qiladigan insonlarga 
yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish