Hisobot davrida MTU asosiy vositalarining texnik holati
Ko‘rsatkichlar
|
Shartli belgisi
|
Mavjudligi
|
O‘zgarishi
|
yil boshi
|
yil oxiri
|
mutlaq (+;-)
|
nisbiy
%
|
1.Boshlang‘ich (tiklanish) qiymati, mln.
|
|
|
|
|
|
so‘m, jami, shu jumladan:
|
AFb.q..
|
41795,6
|
39196,6
|
-2599,0
|
-6,3
|
transport vositalari
|
|
25250,3
|
26136,4
|
+886,1
|
+3,5
|
2. Hisoblangan eskirish, mln. so‘m, jami
|
ΣIesk.
|
20781,8
|
22136,6
|
+1354,8
|
6,5
|
shu jumladan: transport vositalari
|
|
13099,6
|
14835,3
|
+1735,7
|
+13,2
|
3Asosiy vositalarni eskirish koeffitsiyenti, jami, % shu jumladan:
transport vositalari
|
Kesk.
|
49,7
54,6
|
56,4
56,7
|
+6,7
+2,1
|
-
-
|
jadvalda berilgan ma’lumotlardan, asosiy vositalarning aktiv qismining holati qoniqarli emasligi ko‘rinib turibdi. Ulardan samarali foydalanish uchun o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarur.
Asosiy vositalarning aktiv qismining eskirish koeffitsiyenti 6,7 % ni, transport vositalariniki 2,1% ni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichni o‘zgarishini omilli tahlilini tahlilning istalgan usuli yordamida amalga oshirish mumkin.
Hisoblangan eskirishning o‘zgarishini ta’siri quyidagicha bo‘lgan:
∆ Kesk. = ∆ ΣIesk. / AFy.o. * 100 =( 1354,8 / 39196,6) * 100 = 3,45 %
Eskirish koeffitsiyentini o‘zgarishiga ta’sir etgan yana bir omil bu asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan:
∆KA.F. = + 6,7 - 3,45 = 3,25%
Xuddi shunday hisob-kitoblarni transport vositalari uchun ham bajarish mumkin. Bunda eskirish sur’ati asosiy vositalarning qiymatini o‘sishiga qaraganda 4 marta yuqori bo‘lgan. Bu holat mahsulot tannarxining oshganligini, foydaning kamayganligini bildiradi. Shu sababli, asosiy vositalarning aktiv qismini yangilanish dinamikasini uzluksiz nazorat qilib turish zarur. Eskirgan asosiy vositalar ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga olib keladi. Chunki bunday vositalardan foydalanilganda nisbatan ko‘p energiya talab etiladi, unumdorlik ancha past bo‘ladi, ularni saqlab turish va joriy ta’mirlashga juda ko‘p xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Asosiy vositalarning jismoniy yoki fizik eskirishi – muqarrar jarayon bo‘lib, uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ammo ta’mirlash yordamida asosiy vositalarni xizmat qilish davrini uzaytirishga erishildi. Bu ishlar temir yo‘l transportida joriy, o‘rta, kapital ta’mirlash yordamida hamda asosiy vositalarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining tahlili
Asosiy vositalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ma’lum davr mobaynida olingan iqtisodiy samarani sotib olish xarajatlariga (asosiy vositalar) nisbatan aniqlanadi. Iqtisodiy samara sifatida mahsulot sotishning yillik qiymati (temir yo‘lda – hajm ko‘rsatkichlari) yoki olingan foyda summasi hisobga olinishi mumkin. Mahsulot (tashish) hajmi ko‘rsatkichidan ko‘pincha fond qaytimini hisoblashda, foyda summasidan esa asosiy vositalarni rentabelligini aniqlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p jihatdan asosiy vositalardan foydalanish darajasiga bog‘liq. Asosiy vositalardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi, tannarx pasayadi, foyda va rentabellik darajasi ortadi.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari – fond qaytimi (fond samarasi) va fond sig‘imidir. Ular asosan tahlil qilinayotgan davrda fondlarning har 1000 (10000) so‘mi hisobiga qancha keltirilgan mahsulot yoki foyda to‘g‘ri kelishini bildiradi.
Temir yo‘l kompaniyasi va MTU lar bo‘yicha fond qaytimi aniqlash uchun keltirilgan mahsulot, daromad va foyda hajmi asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘linib, natural yoki qiymat o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Kompaniya tarkibiy bo‘linmalarida fond qaytimi natural va shartli-natural o‘lchov birliklarida (tonno-kilometr brutto, keltirigan tonna-kilometrlar, tonna, texnik birliklar va boshqalar) aniqlanishi mumkin.
Kompaniya va MTU lar bo‘yicha fond qaytimi dinamikasini o‘rganish va tahlil qilishda bu ko‘rsatkichning shakllanishi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Ma’lumki, keltirilgan tonna-km ko‘rsatkichi yo‘lovchi-kilometr va tarif (ekspluatatsion – MTU uchun) tonna-kilometrlarning yig‘indisidan tashkil topadi. Lekin har ikkala tashish turini amalga oshirishda mehnat va moddiy resurslar bo‘yicha harjatlari bir xil emas. Yuk tashishning fond sig‘imi yo‘lovchi tashishning fond sig‘imidan ancha pastroq. Agar tashish tuzilmasida sezilarli farq bo‘lsa, fond qaytimi ko‘rsatkichi o‘zaro taqqoslanmaydi.
Tonna-kilometr va yo‘lovchi-kilometr tashish jarayonining faqat birgina texnologik jarayonini aks ettiradi, temir yo‘l va uning tarkibiy bo‘linmalari bulardan tashqari yuklarni ortish, tushirish, yo‘lovchilarni jo‘natish, poyezdlarni shakllantirish, harakatlanuvchi tarkiblarni, yo‘llarni, aloqa vositalarini, elektr ta’minot jihozlarini ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. Bu ishlarni bajarishda temir yo‘l jami asosiy ishlab chiqarish fondlarining 30-40% band bo‘ladi. Ammo ulardan foydalanish sifatini o‘zgarishi fondqaytimi shartli – natural ko‘rsatkichi darjasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Fond qaytimini hisoblashda kompaniya (MTU)ga tegishli lokomotivlar va yuk vagonlari parkining qiymati ham asosiy fondlar qiymatiga kiradi, lekin haqiqatda tashish jarayonida foydalaniladigan parkning qiymati bilan mos kelmaydi. Bu holat amalga oshirilgan tashish hajmi bilan asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatini o‘zaro solishtirib bo‘lmasligini bildiradi.
Kompaniya (MTU) asosiy fondlar tarkibidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sifatiga ob’yektiv baho berish uchun ularni balans qiymatida emas, balki haqiqatda ishlatilayotgan lokomotivlar va vagonlar parkini hisoblangan qiymati bo‘yicha baholash zarur.
Temir yo‘lda mehnat sharoitlarini yaxshilash, temir yo‘llar, ko‘priklar, inshootlarni qurish uchun hamda tashish jarayonlarini ratsionallashtirish uchun yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalar fond qaytimi ko‘rsatkichini pasayishiga olib keladi. Ammo bu asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini pasayganligini bildirmaydi, balki ishlab chiqarish sharoitlarini o‘zgarganligini yoki ishlab chiqarish quvvatlarining bo‘shaganligidan dalolat beradi. Demak, tahlil qilish jarayonida tonna-kilometr va yo‘lovchi-kilometr bo‘yicha aniqlanadigan fond qaytimi ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi omillarni yuqorida keltirilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda baholash talab etiladi.
Daromadga nisbatan aniqlanadigan fond qaytimi ko‘rsatkichiga yo‘lovchi poyezdlarini shakllantirish bo‘yicha bajarilgan ish hajmining o‘zgarishi, yuklarni ortish-tushirish, shu bilan birga yuk turlari bo‘yicha tashish strukturasini o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi.
Foydaga nisbatan aniqlangan fond qaytimi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish xarajatlariga asosiy fondlardan foydalanish sifati ta’sirini hisobga oladi. Bundan tashqari, qiymat ko‘rsatkichlarining darajasi ko‘p jihatdan asosiy fondlardan foydalanish sifatini aks ettirmaydigan omillarga ham bog‘liq. Masalan, baholarning, transport tariflarining o‘zgarishi, mehnat va moddiy xarajatlarning tasdiqlangan me’yorlardan farqlanishiga ta’sir etadi.
Temir yo‘l transportida asosiy fondlardan foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar hisob-kitob tizimini takomillashtirishi zarur. Bir turdagi asosiy vositalar ob’yektlari turli funksiyalarni bajarishi mumkin. Tarmoq asosiy fondlaridan turli maqsadlarda foydalaniladi, ammo tashish ishlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi komplekslarning qiymati alohida ko‘rsatil-masligi asosiy fondlar samaradorligini tahlil qilish sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shartli-natural fond qaytimi ko‘rsatkichini o‘zgarishi ko‘pgina omillar ta’siriga bog‘liq. Bular harakatlanuvchi tarkiblarning qiymati va ulardan foydalanishni ifodalovchi sifat ko‘rsatkichlari, yuk tashish zichligi, 1 km ekspluatatsion masofaning fond bilan qurollanganlik darajasi, tashish strukturasi va boshqa omillar.
Ta’sir etuvchi omillarni to‘g‘ri baholash asosiy fondlardan sifatli foydalanishga ob’yektiv harakteristika berishga va samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.
Shartli-natural fond qaytimi ko‘rsatkichining (S) o‘zgarishi sabablarini o‘rganish omilli tahlil yordamida baholanadi. Unga tashish hajmi va asosiy vositalarning qiymati qanday ta’sir ko‘rsatganligini shartli MTU ko‘rsatkichlari misolida ko‘rib chiqamiz. Hisob-kitoblar aktiv qism bo‘yicha va transport vositalari ajratib ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi (11-jadval).
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |