Asosiy fondlar tuzilmasini ilmiy tavsiyalar, shu yo‘nalishdagi ilg‘or korxonalarning tajribalari asosida takomillashtirib borish lozim. Temir yo‘l transportida asosiy fondlardan muttasil foydalaniladi. Shu sababli, ularning bir qismi eskiradi, ishdan chiqadi, boshqalari esa foydalanishga kiritiladi. Binobarin, asosiy fondlarning texnik holati tashish rejasi bajarilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, asosiy fondlarning texnik holati quyidagi 3 ta ko‘rsatkich bilan belgilanadi:
Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti. Buni aniqlash uchun yangi ishga kiritilgan asosiy fondlar summasi asosiy fondlarning yil oxiriga bo‘lgan boshlang‘ich qiymatiga bo‘linadi.
Asosiy fondlarning eskirish koeffitsiyenti. Buni hisoblash uchun asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi eskirish summasi yil boshi va yil oxiridagi boshlang‘ich qiymatiga bo‘linadi.
Asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyenti. Buni aniqlash uchun xo‘jalikdan chiqib ketgan asosiy fondlar summasi asosiy fondlarning yil boshidagi boshlang‘ich qiymatiga taqsimlanadi.
Asosiy fondlarning qoldiq qiymatini aniqlash uchun, asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymatidan asosiy fondlarning eskirish summasi ayirib tashlanadi.
Asosiy fondlarni mavjudligi va dinamikasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun asosiy vositalar balansidan foydalaniladi. Bunday balans asosiy vositalarni hisobot davri yil boshidagi (AFy.b) va yil oxiridagi (AFy.o) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish bilan birga, asosiy vositalarni kirib kelish manbalari (AFkir.) va turli sabablarga ko‘ra chiqib ketishi (AFchiq.) ko‘rsatiladi.
(AFy.o) = (AFy.b) + (AFkir.) - (AFchiq.)
Asosiy vositalar ob’yektlari foydalanish uchun, zaxiraga yoki konservatsiyaga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida qabul qilinadi.
Temir yo‘l transportining asosiy vositalari yaroqsiz holatga kelishi, eskirishi, avariya holati, sotish, qaytarib olmaslik sharti bilan berib yuborish va boshqa sabablar tufayli hisobdan chiqarilishi mumkin. Bundan tashqari, transport vositalari, jihozlar, uzatish moslamalari va boshqa asosiy vositalar sotib olish huquqisiz uzoq muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Asosiy vositalarni mavjudligi, harakati va eskirishi to‘g‘risidagi m’lumotlar asosida temir yo‘l korxonasini ishlab chiqarish potensialiga baho beriladi. Korxona asosiy vositalarining holatini va takror ishlab chiqarilishini baholash uchun maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi. Quyidagi 7.3-jadvalda koeffitsiyentlarning mohiyati va hisoblash tartiblari keltrilgan.
Asosiy vositalarni harakatlanish intensivligiga kirib kelish va chiqib ketish koeffitsiyentlarini kattaligiga qarab baho beriladi. Bu koeffitsiyent-lar kirib kelgan va chiqib ketgan asosiy vositalar turlari bo‘yicha alohida aniqlanishi mumkin.
Asosiy vositalardan foydalanish davrini baholash uchun eskirish (Kesk.) va yaroqlilik (Kyaroq.) koeffitsiyentlari aniqlanadi. Ular hisobot davri boshi va oxiri uchun aniqlanib, foizlarda yoki koeffitsiyentlarda ifodalanishi mumkin. Eskirish koeffitsiyentining oshishi asosiy vositalarning holatini yomonlashganidan dalolat beradi. Eskirish summasiga korxonaning hisob siyosatida belgilab berilgan amortizatsiya ajratmalarini ajratish sistemasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy vositalarni holatini o‘rganishda eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlarini o‘zgarish sabablari
asosiy vositalarni alohida guruhlari bo‘yicha aniqlash talab etiladi. Bu o‘zgarishlarga asosiy sabab asosiy vositalarni kirib kelishi, chiqib ketishi va eskirish hisoblanishi bo‘lishi mumkin (9-jadval).
jadval