Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining mazmuni.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining mazmuni o‘z ichiga quyidagilarni oladi.
Ular:
- jismoniy madaniyat ijtimoiy xodisa tarzida jamiyat maxsuli sanalgan tarbiyaning boshqa shakllari bilan uzviy bog‘likligiga oid bilimlarni;
- mamlakatdagi mavjud jismoniy tarbiya tizimi, uning maqsadi, vazifalari va zvenolarini;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari;
- jismoniy tarbiyaning vositalari va uning usulubiy tamoillari;
- xarakatga o‘rgatishning, jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni, vositalari, jismoniy tarbiya ta’limi uslubiyatlari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish qonuniyatlari;
- jismoniy mashqlar, ularning mazmuni, tuzilishi texnikasining asosi, zvenolari va detallarini;
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining mazmuni, tuzilishi, tashkil etishning shakllari;
- o‘quvchi talaba yoshlar jismoniy tarbiya jarayoni va uni yo‘lga qo‘yish va bu jarayonni rejalashtirish;
- maktabgacha yoshdagi va umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘quvchi va yoshlarning jismoniy tarbiyasi mazmuni;
-sport trenirovkasi jarayonining tavsifi, mazmuni, mashg‘ulotlarni tashkillash metodikasiga oid o‘quv materialini o‘zida mujassamlashtirgan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning ajralmas bir qismi tarzida uning negizini tashkil etuvchi umumiy qonunlar, tamoillar, uslubiyotlaridan foydalanadi, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, qoidalar mos keladi va o‘ziga xos ma’no kasb etadi.
Jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi jamiyatning moddiy va ma'naviy darajasi yetarli darajada yuqori bo’lishiga hamda ishlab chiqarish kuchlari va jamiyatning o’zaro munosabatiga ham bog’liq. Tizimning tashkiliy quvvati, birinchi navbatda, uning tashkil topishi, hayotda ishlashi va rivojlanishiga, unda davlatning qay darajada ishtirok etishi hamda jamiyat boshqaruvchi kuchlariga ham bog’liq.
Ibtidoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning alohida xususiyatlarini jismoniy tarbiyaning mehnat jarayoni hamda tarbiyaning boshqa turlari bilan chambarchas aloqasi belgilab beradi. Sinfiy jamiyat vujudga kelguniga qadar jismoniy tarbiyani rivojlantirishga mehnatdan tashqari harbiy ish ham ta'sir o’tkazdi. O’rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn Sino eng muhim o’rinda turadi. U “Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan holatlar tufayli kelib chiquvchi kasalliklarning davosiga muhtoj bo’lmaydi” deb bashorat qiladi. Ibn Sino badantarbiya mashqlarining turlari va ular bilan shug’ullanish tartib qoidalarini ham aniq ko’rsatadi.
Badantarbiyaning xillari turli bo’lishini quyidagicha ifodalaydi: kichigi va kattasi, juda kuchliligi, tez va susti, tez va shiddatli, nihoyat sust turlariga bo’lgan. Xorazmlik shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (1246-1324) o’z davrida kurash usullarini yoshlarga o’rgatgan, u bilan muntazam shug’ullanishda o’z hayotini amaliy jihatdan namuna bo’lib ko’rsatgan. Amir Temur Kesh shahri yaqinidagi Shahrisabz tumani Xo’jailg’or qishlog’ida Barlos qavmi begi bo’lgan Amir Tarag’ay xonadonida 1336 yil tavallud topgan. U yoshlik chog’ida harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda bevosita qatnashgan va tajribalar orttirib, mohir sarkarda bo’lgan. Jangchilarni tayyorlashda jismoniy mashqlardan keng ravishda foydalangan. Bobur yoshligidan ilm fanga, she'riyatga qiziqqan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (sher) taxallusini olgan. Hindistonda olib borgan janglarida, askarlarni jangga tayyorlashda jismoniy mashqlarning rolini ko’rsatgan.
“Yulduzli tunlar” (1990), “Avlodlar dovoni” tarixiy romanlarining muallifi Pirimqul qodirov faqatgina Bobur hayotini emas, balki o’sha davr madaniyati, urfodatlarini, jumladan, mashaqqatlarga chidamlilik, jismonan kuchli bo’lishning afzalliklarini, buning ijtimoiy - tarbiyaviy tomonlarini katta e'tibor bilan tasvirlagan. Bular hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarda Vatan tuyg’usi, unga sadoqat hissini, jangovorlik ruhini mustahkamlashda, sog’lom avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Jismoniy tarbiya tarixi” (1963, tarjima) darsligida hozirgi O’zbekiston, hatto, Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz jismoniy madaniyati, tarbiyasi deyarli tilga olinmagan. Mualliflar R.I.Islomov, Yu.R.Shailomitskiy qadimgi xalqlarimiz jismoniy madaniyatiga doir materiallarni to’laqonli aks ettirmaganlar.
Shunday qilib, O’zbekistonning mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya tizimi vujudga keldi. Shuningdek, jismoniy tarbiya ijtimoiy hayot hodisasi sifatida ijtimoiy taraqqiyot natijasidir. Respublikada hamma madaniyat sohalarining tez o’sishiga, qisqa tarixiy vaqt ichida jismoniy tarbiya tizimini yaratilishiga imkoniyat yaratildi.
Xulosa qilib shuni takidlash lozimki, jismoniy tarbiya tushunchasi mazmunida, tushunchaning ta’rifi, harakatga o’rgatish, jismoniy mashqlarning mohiyati, ularni tarbiya jarayonida qo’llash tartibi (ketma-ketligi), tarbiyalash maqsadida qo’llangan mashqlarni bajarish texnikasini egallash, ularni farqlash, taqqoslash, bajarishga ongli yondashish, harakatlarini boshqara olish, yuzaga keladigan to’siqlarni yengish, o’zlashtirilishi lozim bo’lganlariga - tez moslasha olish chaqqonlik va qatьiyat namoyish qilishni o’rganish, faol harakatlanishni odatga aylantirish, mashqlarni organizmga ta’siri, harakatga o’rgatishga oid, jismoniy bilimlar berishni zaruriyat deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |