TAQDIMOTI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI TA’LIM YO’NALISHI 4-BOSQICH 219- GURUH TALABASI SALLOTOVA MUQADDASNING AMALIY PERSPEKTIVA FANIDAN TAYYORLAGAN
aksonometrik proyeksiyalarda qirqim bajarish
Reja:
1.Aksonometrik proyeksiyalarni o’rgatish metodikasi va ularda qirqimlarni tasvirlashning ahamiyati.
2.Detalning aksonometrik proyeksiyalarida qirqimlarni bajarishning o’quvchilar fikrlash qobiliyatiga ta’siri.
Mashina detallarini yasashda shu detallarning ish chizmalaridan foydalaniladi. Lekin ish chizmasining asosiy kamchiligi shundaki, unda detaining ko'rinishlari alohida-alohida tasvirlanadi. Bu esa chizmaning o‘qilishini biroz bo'lsa ham qiyinlashtiradi. Shuning uchun, amalda.detalning ish chizmasi bilan birga uning yaqqol tasviri ham beriladi. Yaqqol tasviri, ya'ni aksonometrik proyeksiyasi yordamida ish chizmalari tez va osongina o'qiladi.
Ortoganal proyeksiyalar usulidagi tasvirlarda o’lchamlarning qulayligi mavjud bo’lsa ularni yana bir holat bilan to’ldiruvchi aksonometrik proyeksiyalash usuli mavjuddir.
Xalimov M. K. Chizmachilik. (Geometrik va proeksion chizmachilik). –T. 2013. –B. 80.
1-shakl
Shakldan ko’rinishicha kamonchining qaddi-qomatini yaqqolligini tasvirlanishi, uning kamonini barcha elementlarini yaqqol tasvirlab turishidir. Bu tasvir o’sha paytda Egipetliklarga tanish bo’lmagan ammo hozirgi zamonda qiyshiq burchakli frontal aksonometriyaga o’xshaydi.
Geometriya, qurilish ishlari, mexanika va boshqa soxalardan tasvirlash uchun amaliy ishlarni bajarishda ancha murakkabroq (2-shakl) bo’lgan perspektiv yasashlar usuli o’rniga hozirgi zamonda aksonometrik proyeksiyalari usuli paydo bo’ldi. Biror bir ilmiy nazariy asoslar bo’lmaganligi uchun «Bu usul dastlab ixtiyoriy ravishda tasvirlashning biror bir shartli usuli deb qaraldi» degan fikrlarni ulug' rus olimi tarixnavis, N.A.Rinin yozib qoldirgan.
2-shakl
Buyuk rus olimi V.I. Kurdyumov aksonometrik proyeksiyalar nazariyasini yaratgan va uni “Parallel perspektiva” deb atagan.
Aksonometriya to’lqinli perspektiva ham deb yuritilgan. Chunki aksonometriya ham perspektiva singari tekislikka (aksonometriya tekisligiga) tasvirlanib, bu tasvir uch o’lchamli fazoni ifodalagan hamda tasvirlar aniq bo’lmagan qoidalar asosida ko’rinishini qulayligini yoki yaqqolligiga qarab bajarilgan. Bunda parallel chiziqlar parallel vaziyatlarda chizilgan. Aksonometriyadagi tasvirlar o’z o’lchamlarini saqlab qoladigan qilib chizilgan. Bunday tasvirlar birinchi navbatda kartograflar va harbiylar uchun zarur bo’lgan.
Rahmonov I. va boshqalar. Chizmachilikni o'qitishda pedagogik texnologiyalar. Metodik qo’llanma. –T. 2012. –B. 120.
Ko`pchilik hоllarda prеdmеtning aksоnоmеtrik prоyеksiyadagi tas-viri uning haqiqiy ko`rinishiga nisbatan ko`p o`zgarib tasvirlanishi sababli aksоnоmеtrik prоyеksiyalarning hammasi ham amaliy talablarga javоb bеrmaydi.
Ko`p turdagi aksоnоmеtrik prоyеksiyalardan chizmachilik amaliyo-tida prеdmеtning shaklini eng kam buzib tasvirlaydigan, yasash uchun sоdda va qulay, u haqida eng to`liq tasavvur hоsil qiladigan turlari qo`llaniladi.
Sanоqsiz ko`p aksоnоmеtrik prоyеksiya turlari ikkita guruhga bo`linadi:
1. To`g`ri burchakli aksоnоmеtrik prоyеksiyalar, kartinalar tеkisligi-ga perpendikulyar yo`nalishda prоyеksiyalash yo`li bilan hоsil qilinadi.
Aksonometriya metodining mohiyatini ko'rib chiqamiz: obyekt to'g'ri burchakli Dekart koordinatalar sistemasiga joylashtiriladi va aksonometrik proyeksiyalar tekisligi deb nomlanadigan tekislikka parallel nurlar o'tkazib proyeksiyalanadi (3-shakl). Shu tekislikda hosil bo'lgan tasvir aksonometrik proyeksiya yoki oddiy qilib aksonometriya, o'qlar koordinatalarining proyeksiyalariga esa koordinatalarning aksonometrik o'qlar deyiladi.
Har bir hajmli predmetda uning asosiy o'lchamlariga parallel bo'lgan uchta o'zaro perpendikulyar yo'nalishlar: uzinlik, en va balandlikni aniqlash mumkin. 3- shaklda ularga parallel ravishda predmetning uzunligi, eni va balandligi aniqlanadigan shunday yo'nalishlar: OX, OY, OZ ko'rsatilgan.