Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Nobud  bo‘lish  (o‘lish).
  Nobud  bo‘lish  populyatsiyada  individlarning 
o‘lishini  tavsiflaydi.  Ekologik  nobud  bo‘lish  deganda,  ma’lum  sharoitda 
individlarning  nobud  bo‘lishi  tushuniladi.  Bu  ko‘rsatkich  tashqi  muhit  va  boshqa 
omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. 
Nobud  bo‘lishdan  tashqari  populyatsiyada  individlar  sonining  kamayishiga 
emmigratsiya  ta’sir  qiladi.  Emmigratsiya  muayyan  bir  populyatsiyalardagi 
individlarning  boshqa  populyatsiyaga  chiqib  ketib,  jadal  ko‘payishi  va 
individlarning yuqori zichligi natijasida kelib chiqadi. 
Populyatsiyadagi  sonlarning  umumiy  o‘zgarishi  4  ta  holat  hisobiga  amalga 
oshadi: tug‘ilish, o‘lish, turning emmigratsiyasi, migrastiya.  
Populyatsiyada  individlarning  o‘lishi  ko‘pgina  sabablar  orqali  sodir  bo‘ladi: 
turning  genetik  va  fiziologik  to‘liqligi,  muhit  sharoiti,  noqulay  omillar  ta’siri, 
yirtqichlar, parazitlar, kasalliklarning ta’siri. Tajribada, populyatsiyalarda o‘lishning 
qanday  borishini  bilish  uchun  yashab  qolish  jadvali  tuziladi.  Bu  jadval  asosida 
yashab qolish egri chizig‘i chiziladi. 


50 
 
Tabiatdagi  ko‘pchilik  turlar  uchun  o‘lim  -  yosh  organizmlarda  ularning 
hayotining  erta  davrlarida  -  voyaga  yetganlarga  qaraganda  doim  yuqori  bo‘ladi. 
Ko‘pgina  baliqlarda  voyaga  yetgan  fazagacha  qo‘yilgan  ikraning  1  -  2    %  gina 
yashab qoladi. Hasharotlar tomonidan qo‘yilgan tuxumlarning - 0,3 - 0,5  %  gina 
yashab qoladi. 
Insonlarda ham  uzoq vaqtgacha  yosh bolalar  o‘limi  yuqori bo‘lgan  - tibbiyot 
rivojlanishi  bilan,  o‘lim  biroz  kamaygan.  Bu  esa  avlodlar  yashovchanlik  egri 
chizig‘i tipining o‘zgarishiga olib keladi va yer yuzi aholi sonining ortishiga, ya’ni 
«demografik portlashga» olib keldi. 
O‘lim 3 ta tipga ajratiladi: 
1  -  tipiga  –    populyatsiyaning  butun  hayoti  davomida  bir  xildagi  o‘lim 
kiradi, yoki bir tekis nobud bo‘lishi kuzatiladi, u eksponenstial egri chizig‘i bilan 
ifodalanadi.  Bunday  tipdagi  o‘lim  juda  kam  uchraydi,  ya’ni  populyatsiyaning 
butun  hayoti  davomida  nisbatan  kam  nobud  bo‘lish  kuzatiladi.  Bu  grafikda 
boshlanish va  generastiyaning  nol  miqdoridan  boshlab  bir  tekis  to‘g‘ri  chiziq  hosil 
qiladi. 
2  -  tipi  –  rivojlanishning  boshlang‘ich  bosqichida  yuqori  o‘lim  bilan 
xarakterlanadi.  Ko‘pchilik  o‘simliklarning  maksimal  halokati  -  urug‘ning  va 
o‘simtaning unib chiqish bosqichida ro‘y beradi. Hayvonlarda esa - lichinka fazasi 
va yosh holatida kuzatiladi. Bunday populyatsiyalarda o‘lish egri chizig‘i vertikal 
o‘q  bo‘yicha  boshidayoq  keskin  pastga  tushib  ketadi.  Voyaga  yetgan  shakllari 
ancha himoyalangan va chidamli bo‘ladi. 
3  -  tipi  –  katta  yoshdagi,  ayniqsa  qari  turlarda  yuqori  halokat  bilan 
xarakterlanadi.  Agarda  bitta  generastiyadan  hosil  bo‘lgan  individlar  o‘zlarining 
biologik  yosh  chegarasigacha  yashab,  keyin  qisqa  vaqt  ichida  o‘ladigan  bo‘lsa,  bu 
ideal holat hisoblanadi. Bu populyatsiyadagi eng kam nobud bo‘lishga to‘g‘ri keladi. 
Avlodlar  sonining  vaqtga  bog‘liqligini  ifodalaydigan  bunday  egri  chiziq  dastlab 
gorizontal o‘qqa parallel holda boradi, keyin esa tez pastga egilib tushadi. 


51 
 
Tabiatda  ayrim  turlarning  nobud  bo‘lishi  unga  ma’lum  miqdorda  yaqin 
bo‘lishi  mumkin:  Masalan,  ayrim  hasharotlarda  –  qo‘ng‘izlarda,  yirik  sut 
emizuvchilarda kuzatiladi.  
Bu  tipga  hozirgi  inson  populyatsiyalarini  ham  kiritish  mumkin.  Bunday 
populyatsiyalarda  turning  o‘rtacha  hayotining  davom  etishi  yuqori  bo‘lib, 
maksimumiga yaqinlab qoladi. 
Populyatsiyadagi  individlarning  tug‘ilishi  bilan  nobud  bo‘lishi  o‘rtasidagi 
farq hayotchanlik deb qaraladi. 
Yuqorida aytilgan o‘limning 3 tipi asosida yashovchanlik, hayotchanlik egri 
chizig‘i chiziladi.  

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish