Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


 Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlashda ishtirok etuvchi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189
Bog'liq
ekologiya

6.1. Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlashda ishtirok etuvchi 
organizmlar 
Ekotizimlarda  moddalar  aylanishini  ta’minlash  uchun  ma’lum  miqdorda 
zarur anorganik  moddalar  zahirasi va  bajarayotgan  ishi  jihatidan  uch  xil  ekologik 
guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo‘lishi kerak. 
Biogeotsenoz 
1. Tabiiy hodisa hisoblanadi 
2. Ma’lum tabiiy chegaraga ega 
bo‘lgan fazoviy birlik  
3. Uning tarkibiga odam 
kirmaydi. 
Ekotizim 
1.Tabiiy yoki sun’iy hodisa bo‘lishi mumkin 
2.Yirik ekotizimlar odatda odam ta’sirida 
bo‘ladi 
3.Funksional birlik bo‘lgani uchun qo‘shni 
ekotizimlardan ajralib turishi shart emas. 


63 
 
Bular: produtsentlar - hosil qiluvchilar, konsumentlar - iste’mol qiluvchilar va 
redutsentlar -parchalovchilar. 
1. Produtsentlar  -  yashil  o‘simliklar  bo‘lib,  ular  quruqlikdagi  har  qanday 
biotsenozning  asosiy  tarkibi  va  energiya  manbai  sifatida  xizmat  qiladi.  Ular 
assimilyatsiya  jarayonida 
to‘plangan  energiyasini  boshqa  organizmlarga 
beruvchilardir. 
Fotosintez  qiluvchi  organizmlar  quyosh  energiyasi  ishtirokida  organik 
moddalarni  sintez  qilib,  yorug‘lik  energiyasini  bog‘langan  kimyoviy  energiya 
sifatida to‘playdi. 
2.  Konsumentlar  –  bu  guruhga  hayvonlar  kiradi.  Ular  o‘simliklar 
tomonidan to‘plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar hisoblanadi. 
Birinchi  tartibdagi  konsumentlarga  produtsentlar  bilan  oziqlanuvchi 
o‘txo‘r  hayvonlar  kiradi.  Quruqlikdagi  keng  tarqalgan  birinchi  tartibdagi 
konsumentlar  hasharotlarning  ko‘pchilik  vakillari,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar, 
sut emizuvchilardir. 
Eng  muhim  birinchi  tartibdagi  konsumentlar  sut  emizuvchilarning  o‘txo‘r 
guruhlari,  kemiruvchilar va tuyoqlilar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo‘y, echki va 
qoramollar kiradi. 
Ikkinchi  va  uchinchi  tartibdagi  konsumentlar.  Ikkinchi  tartibdagi 
konsumentlar  o‘txo‘r  hayvonlar  bilan  oziqlanadi.  Bular  uchinchi  tartibdagi 
hayvonlar  bilan  birga  etxo‘r  hayvonlar  deb  qaraladi.  Ikkinchi  va  uchinchi 
tartibdagi  konsumentlar  yirtqichlar  bo‘lishi  mumkin.  Shuningdek,  o‘laksa  bilan 
oziqlanishi yoki parazit hayvon ham bo‘lshi mumkin. 
Zamburug‘lar biotsenozda turlicha rol  o‘ynaydi. Ular orasida  o‘simlik va 
hayvonlarda tekinxo‘r holda yashovchi va ko‘pchiligi organik moddalarni mineral 
moddalarga  parchalovchilar  bo‘lib,  ular  redutsentlar  deyiladi.  Ammo  shu  bilan 
birga  ko‘pchilik  zamburug‘lar  hayvonlar  uchun  sevimli  ozuqa  bo‘lishi  ham 
mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi. 
Bakteriyalar  birinchi  navbatda  redutsentlar  hisoblanib,  ular  organik 
moddalarni mineral moddalarga parchalab beradi. 


64 
 
Demak, yuqorida aytib o‘tilgan organizmlar guruhi o‘rtasida keskin chegara 
qo‘yib  bo‘lmaydi,  chunki  konsumentlar  (hayvonlar,  zamburug‘lar,  tekinxo‘r 
o‘simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajarishi mumkin. 
Epifitlar,  asosan  produtsentlar  hisoblansa  ham,  oziqlanish  vaqtida  daraxt 
tanasi  po‘stlog‘idagi  parchalangan  o‘simlik  qoldiqlaridan  foydalanadi,  ya’ni  bir 
vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajaradi. 
3. Redutsentlar. O‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadi o‘zida energiya saqlaydi. 
Nobud  bo‘lgan  o‘simlik  va  hayvonlardagi  organik  modda  mikroorganizmlar, 
ya’ni  saprofit  holda  yashovchi  bakteriya  va  zamburug‘lar  ta’sirida  parchalanadi. 
Bunday organizmlar redutsent  deb ataladi. 
Saprofitlar  o‘zidan  maxsus  fermentlar  ajratib  chiqaradi.  Organik  qoldiqlar 
sekin - asta bakteriyalar va zambrug‘lar hayot faoliyatida parchalanib, hazm bo‘ladi. 
Parchalanish  tezligi  ham  har    xil  bo‘lishi  mumkin.  Hayvon  jasadi,  axlatlarning 
parchalanishiuchun  bir  necha  haftalar  talab  etsa,  qulab  tushgan  daraxt  tanasi  va 
moxlar bir necha yilda chirishi mumkin. 
Biogeotsenoz  populyatsiyalari  orasidagi  bog‘lanishlarni  -  turlarning 
oziqlanish  xarakteri  va  energiya  hosil  qilish  usullari  belgilaydi.  Organizmlar 
oziqlanish usuliga qarab ikki guruhga bo‘linadi:  
1.
 
Avtotroflar  (asosan  yashil  o‘simliklar.  Organik  moddalarni 
sintezlash uchun atrofdagi anorganik birikmalardan foydalanadi). 
2.
 
Geterotroflar  (hayvon,  odam,  zamburug‘,  bakteriyalar.  Avtotroflar 
hosil qilgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi). 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish