47
Tasodifiy tarqalishda individlar bir - biridan har xil masofada joylashadi.
Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo‘lgan bir xil muhitda
uchratiladi.
Tabiatda guruhli tarqalish turi ko‘p uchraydi. Bunda individlar to‘da hosil
qilib bir - biridan turlicha masofada joylashadi. Guruhli tarqalish - notekis muhit
ta’siri natijasida, ya’ni muhitning ayrim bo‘limlarida qulay sharoit bo‘lishi,
shuningdek, noqulay omillar bilan birga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: