Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Biotik  omillar. 
Bir  organizm  hayot  faoliyatining  boshqalariga  ta’siri  va 
ularni  o‘rab  turgan  muhiti  biotik  omillar  deyiladi  (sinonimlar:  biogen,  biologik, 
biotsenotik  omillar).  Bu  omillar  fitogen  -  o‘simliklarni  o‘simliklarga  va 
o‘simliklarni  hayvonlarga,  zoogen  -  hayvonlarning  hayvonlarga  va  hayvonlarni 
o‘simliklarga,  mikrobogen  -  mikroorganizmlarning  o‘simliklarga  hamda 
hayvonlarga ta’sir jarayonlarida namoyon bo‘ladi.  
O‘simliklarning  o‘simliklarga  ta’siri  deganda  bir  turning  ikkinchi  turga 
ko‘rsatgan  ta’siri  kiradi.  Bunday  ta’sir  natijasida  ular  o‘sadi,  rivojlanadi,  urug‘-
meva hosil qilib, yanada kengroq tarqaladi. Demak, har bir o‘simlik yashash uchun 


26 
 
kurashadi.  Buning  natijasida  o‘simliklar  hayotida  parazitlik,  simbiotik  (o‘zaro 
hamjihatlik), neytrallik kabi munosabatlar kelib chiqadi. 
O‘simliklarning  hayvonlarga  ta’siri  -  ba’zi  bir  zaharli  o‘simliklar  va 
hasharotxo‘r o‘simliklar misolida ko‘rinadi. 
Bizga tarkibida zaharli moddalar bor bo‘lgan o‘simliklar (zaharli ayiqtovon, 
kampirchopon,  kakra,  bangidevona,  mingdevona  va  h.)  hamda  500  ga  yaqin 
o‘simliklar (aldrovanda, venerina pashshatutari, nepetenis, puzirchatka va b.) ning 
hayvonlar  bilan  oziqlanishi  fanga  ma’lum.  Bunday  o‘simliklar  hasharotxo‘r 
o‘simliklar  deyiladi.  Ular  asosan  botqoqlarda  o‘sadi.  Botqoq  yerlarda  azotli 
moddalar kam bo‘lganligi sababli, hasharotxo‘r o‘simliklar bu moddalarga bo‘lgan 
talabini  shu  yerda  yashaydigan  hayvonlar  bilan  oziqlanishi  orqali  qondiradi. 
Buning  uchun  hasharotxo‘r  o‘simliklar  uzoq  evolyutsiya  davomida  maxsus 
moslanishlarga  (hasharotlarni  tutib  hazm  qiluvchi)  egadirlar.  Ularning  tuklaridan 
ferment (suyuqliklar) ajraladi va suyuqlik hashoratlarni parchalab hazm bo‘lishiga 
imkon beradi. 
Hayvonlarning o‘simliklarga ta’siri - ko‘pchilik hayvonlar  o‘simliklar bilan 
oziqlanganda  o‘simliklarning  spora,  urug‘  va  mevalarining  tarqalishiga  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Ba’zi  zararkunandalarning  esa  o‘simliklar  hayotiga  salbiy  ta’siri 
hammamizga ma’lum. Masalan: karam kapalagi, g‘o‘za qurti, kartoshka qo‘ng‘izi, 
donli ekinlarning zararkunandalari kabilar. 
Hayvonlarning  hayvonlarga  ta’siri  -  buni  tabiatda  yirtqich  o‘lja  o‘rtasidagi 
munosabatda  aniq  ko‘rish  mumkin.  Bunda  o‘lja  dushmanidan  himoyalanishiga 
intiladi. 
Mikroorganizmlarning  o‘simlik  va  hayvonlarga  ta’sirini  -  ba’zi  kasallik 
tug‘diruvchi  mikroblarning  o‘simlik  va  hayvonlarda  turli  kasalliklarni  keltirib 
chiqarishida  ko‘rish  mumkin.  O‘simlik,  hayvon,  mikroorganizmlarning  o‘zaro 
ta’siri  -  avvalo  ularning  tuproqda  birgalikda  yashashida  seziladi.  Natijada  ular 
o‘zaro  murakkab  munosabatlarda  bo‘ladilar.  Bunday  munosabatlar  ozuqa 
zanjiridagi biotik munosabatlarda yaqqol ko‘rinadi. 


27 
 
Ma’lum  sharoitda  yashayotgan  organizmlarga  ekologik  omillar  turlicha 
ta’sir  etishi  mumkin.  Ammo  ekologik  omillar  qanchalik  xilma-xil  bo‘lmasin, 
ularning  tirik  organizmlarga  ta’sir  etishi  nuqtai  nazardan  ular  uchun  umumiy 
bo‘lgan  qonuniyatlar  ham  mavjud.  Organizmning  normal  rivojlanishi  uchun 
ma’lum  darajada  qulay  ekologik  omillar  majmui  talab  etiladi.  Har  bir  omilning 
organizmga ta’sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta’sir etish chegaralari bo‘ladi. 
Omilning kuchli ta’sir etuvchi kuchiga optimum zona deb qaraladi yoki optimum 
deb  ataladi.  Ekologik  omil  organizmga  haddan  tashqari  kuchsiz  (minimum)  va 
kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. Shunday qilib, har qanday ekologik omil-
ning  optimum,  minimum  va  maksimum  ta’siri  bo‘lar  ekan.  Minimum  va 
maksimum  chegaralari  kritik  nuqta  deb  ataladi.  Kritik  nuqtalardan  ortiq  kuch 
ta’sirida organizm nobud bo‘ladi. 
Omilning  kuchli  ta’sir  etishi,  ya’ni  optimum  qonuinning  organizmlarga 
ta’sirini  tushunib  olish  uchun  g‘o‘za  o‘simligini  havo  haroratiga  bo‘lgan 
munosabati  va  uning  optimum,  minimum  va  maksimum  nuqtalari  haqida  to‘xtab 
o‘tamiz.  Ma’lumki,  chigitning  unib  chiqishi  uchun  harorat  o‘rtacha  14-16°С 
bo‘lishi  zarur.  Bahorda  harorat  past  kelsa,  chigitning  unib  chiqishi  kechikadi. 
Bizning sharoitda g‘o‘za nihollari paydo bo‘lgan vaqtda havo bilan tuproq harorati 
sekin-asta  ko‘tariladi  va  odatda,  mo‘tadil  bo‘ladi.  Harorat  38°С  dan  yuqori 
bo‘lganda, ayniqsa, nam kam bo‘lsa, o‘simlik qizib ketadi. Harorat 1- 2°С bo‘lsa, 
g‘o‘za  nihollarini  sovuq  uradi.  Kuzdagi  3-4°С  sovuq  ham  g‘o‘zani nobud  qiladi. 
Shunday  qilib,  g‘o‘za  o‘simligining  vegetatsiya  davomida  minimum  nuqtadan 
haroratni  1-4°С  pasayishi  uni  nobud  bo‘lishiga  olib  keladi.  14-16°С  dan  38°С 
gacha oraliqdagi harorat o‘simlik o‘sishi uchun qulay, undan yuqorisi esa, noqulay 
hisoblanadi.  G‘o‘za  o‘simligi  uchun  maksimum  nuqta  46-47°С  deb  qarash 
mumkin. 
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga “evri” - 
old  qo‘shimchasini  qo‘shib,  tor  doirada  moslashganlarga  “steno”  -  old 
qo‘shimchasini  qo‘shib  nomlanadi.  Haroratga  nisbatan 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish