Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189
Bog'liq
ekologiya

evriterm,  stenoterm, 
namlikka  nisbatan  evrigidrid,  stenogidrid
,  sho‘rlanishga  nisbatan 
evrigal, 


28 
 
stenogal
.  Ekologik  omillarniig  ta’sir  etish  kuchi  bilan  organizmda  bo‘ladigan 
o‘zgarishlarning  o‘zaro  ta’siri  bosimga    nisbatan  evribat,  stenobat  ekologik 
guruhlar ajratiladi. 
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga ham turlicha ta’sir etadi. 
Sovuq  qonli  hayvonlar  uchun  havo  haroratiiing  40-45°С  bo‘lishi  modda 
almashinuvi  jarayonini  tezlashtiradi,  ammo  ularning  faolligi,  ya’ni  harakatlanishi 
susayadi. Bunda hayvonlar tinim holatiga o‘tadi. 
Ayrim  individlarning  tashqi  muhit  omillariga  chidamlilik  darajasi  irsiy, 
jinsiy,  yosh  yoki  fiziologik  xususiyatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin.  Don 
mahsulotlari va unda yashovchi mita kapalagining g‘umbagi uchun kritik harorat – 
70
o
С ni tashkil etsa, katta yoshdagilari uchun 22°С, tuxumlari uchun esa  – 27°С. 
G‘umbakni  10°С  harorat  nobud  qiladi,  ammo  imago  davri  va  tuxumlariga  ta’sir 
etmaydi. 
Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu 
omillarning ta’siri boshqa omillarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Buni omillarning 
o‘zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi. 
Organizmning  normal  hayoti  uchun  ma’lum  darajada  sharoit  talab  etiladi. 
Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo‘lmasa, u 
cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi 
yoki yashay olmasligini belgilab beradi. 
 
1840 yilda agrokimyo asoschilaridan biri Yu. Libix o‘simliklarning mineral 
oziqlanish  nazariyasini  ilgari  suradi.  U  shu  narsani  aniqladiki,  o‘simliklarning 
rivojlanishi  faqat  organizm  uchun  yetarli  miqdorda  bo‘lgan  kimyoviy  elementlar 
yoki moddalarga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki yetishmaydiganlarga ham bog‘liq 
bo‘ladi.  Masalan:  ortiqcha  suv  yoki  azot-tuproqda  mikromiqdorda  uchraydigan 
temir  va  bor  yetishmasligining  o‘rnini  bosa  olmaydi.  Libix  o‘zining  «minimum 
qonuni»ni  shakllantirdi.  Bunga  asosan  -  tuproqdagi  minimum  miqdorda 
uchraydigan oziq moddalarning miqdorini albatta oshirish kerak. 
«Minimum qonuni» faqat o‘simlik uchungina xos bo‘lmasdan, balki insonga 
ham  xosdir.  Inson  salomatligi  o‘ziga  xos  moddalar  bilan  aniqlanadi,  odatda  bu 


29 
 
moddalar organizmda judayam kam  miqdorda uchraydi. Agarda bu moddalarning 
miqdori  mumkin  bo‘lgan  minimum  chegarasidan  ham  pastga  tushib  ketsa,  inson 
uning yetishmasligini vitamin yoki mikroelement iste’mol qilishi bilan to‘ldiradi. 
Amerikalik  olim  V.Shelfordning  ko‘rsatishicha  -  faqat  minimumdagina 
uchrovchi  moddalar  emas,  balki  ortiqcha  element  ham  hosildorlik  yoki 
organizmlarning hayotiyligini aniqlashi mumkindir. 
V.Shelford bo‘yicha - ortiqcha yoki yetishmaydigan omillar - chegaralovchi 
bo‘lib, bunga chegaralovchi omil, yoki «tolerantlik qonuni» deb ataladi. 
Minimum  va  maksimum  chegaradan  tashqariga  chiqadigan  omillar  - 
cheklovchi omillardir. 
Turlarning  shimolga  tomon  siljishiga  harorat  omilining  yetishmasligi  ta’sir 
etsa,  qurg‘oqchil  rayonlarda  (janubda)  namlik  yoki  yuqori  haroratning  ta’siri 
cheklovchi hisoblanadi. Demak, cheklovchi omillar turlarning geografik tarqalishni 
ham belgilaydi. Cheklovchi omillar faqatgina abiotik omil bo‘lib qolmasdan, balki 
biotik  omillar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Gulli  o‘simliklar  turlarini  biror  joyga 
iqlimlashtirishda  ularni  changlatuvchi  hasharotlar  cheklovchi  omil  bo‘ladi. 
Cheklovchi omillarni aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. 
 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish