Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


II-BOB. MUHIT VA EKOLOGIK OMILLAR HAQIDA TUSHUNCHA



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189
Bog'liq
ekologiya

II-BOB. MUHIT VA EKOLOGIK OMILLAR HAQIDA TUSHUNCHA 
Muhit  organizmning  fiziologik  qobig‘i  hisoblanib,  har  qanday  muhit  fizik, 
kimyoviy  va  boshqa  omillarning  majmui  bilan  namoyon  bo‘ladi.  Muhit 
tushunchasi  fanda  turli  ma’nolarni  anglatadi.  Bular  ekologik,  geografik,  fizik, 
falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. 
Ekologiyada 
muhit
  deganda  tirik  organizmni  o‘rab  turgan  fizik
 
qurshov 
e’tiborga  olinadi.  Muhit  –  tevarak-atrofdagi  o‘zaro  bog‘lanishlardagi  shart-
sharoitlar va ta’sirlar majmuidir. Soddaroq qilib aytganimizda, organizmlarni o‘rab 
olgan barcha omillar yig‘indisini tushunamiz. 
Odatda  tabiiy  va  sun’iy  muhitlar  ajratiladi.  Tabiiy  muhitni  suv,  quyosh, 
shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil 
etadi.  Sun’iy  muhit  inson  tomonidan  yaratilgan  bo‘lib,  bunda  insonning  mehnat 
mahsuli  yotadi.  Tabiiy  va  sun’iy  muhitlar  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liq. 
Ularning  mavjudligini  ekologik  muhit  tushunchasi  ifodalaydi.  Ekologik  muhit 
tabiiy  va  sun’iy  atrof-muhit  bo‘lib,  tirik  mavjudotlar  sub’ekt  va  ob’ekt  ta’sirlar 
sifatida qatnashib, ta’sirlar soni esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish 
sharoitini  keltirib  chiqaradi.  Ekologik  muhit  muayyan  ekologik  tizim  hisoblanib, 
uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin. 
Tabiiy  ekotizim  yoki  ekosfera  hayotni  rivojlanishiga  imkon  beradigan 
yerning  tavsifi  va  abiotik  jismlarning  majmuidan  iborat.  Ijtimoiy-iqtisodiy  tizim 
esa, insonning barcha atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini 
bildiradi. 
Ekologik  muhit  muvozanatda  yoki  muvozanat  buzilgan  holatlarda  bo‘ladi. 
Tirik  organizmlarning  hayoti  o‘zgarmagan  shart-sharoitlar  va  ta’sirlar  barqaror 
holatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muhitning shart-sharoitlari va ta’sirlar 
buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi. 
Ekologik  muhitning  buzilishi  atmosferaning,  yer  osti  suvlarining 
ifloslanishi,  qattiq  chiqindi  moddalarning  to‘planishi  va  ozuqaning  zaharlanishi, 
shovqinlarning  ko‘payishi,  radioaktiv  moddalar  va  boshqalarning  ta’sirini  ortib 


22 
 
borishida  ko‘rinadi.  Inson  tabiat  qonunlarini  chuqurroq  o‘rganish  o‘rniga  hayot 
muhitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi.  
Sayyoramizda  tirik  organizmlar  bir-birlaridan  keskin  farq  qiluvchi  o‘ziga 
xos  to‘rtta  muhitda tarqalgan. Ulardan ikkitasi, ya’ni  suv va havo  muhitlari  o‘lik, 
tuproq  muhiti  oraliq  va  organizm  (muhit  sifatida)  tirik  xususiyatga  ega.  Har  bir 
hayot muhiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun har xil yashash joylaridan 
iborat.  Masalan,  suv  muhiti  quyidagi  yashash  joylari  sifatida  uchrashi  mumkin: 
chuchuk va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va h.k. 
Havo  va  tuproq  ham  nihoyatda  xilma-xil  yashash  joylarini  tashkil  etadi.  Tirik 
organizmlar  (o‘simliklar,  zamburug‘lar,  hayvonlar)  ham  parazit  va  simbiontlar 
uchun muhit sifatida o‘ziga xosdir.  
Sayyoramizda  tirik  organizmlar  bir-birlaridan  keskin  farq  qiluvchi  o‘ziga 
xos  to‘rtta  muhitda  tarqalgan  ekan,  dastlab  hayot  ulardan  biri  hisoblangan  suv 
muhitida  kelib  chiqqan.  Keyinchalik  tirik  organizmlar  quruqlikka  chiqib,  tuproq 
hosil bo‘lishida qatnashadilar va uni egallaydilar. Shuningdek, havo va boshqa bir 
tirik  organizmni  ichida  yoki  sirtida  ham  tarqalganlar.  Demak,  bizga  ma’lum 
bo‘lgan  tirik  tabiat  va  uning  tarkibiy  qismlari  hisoblangan  zamburug‘lar, 
o‘simliklar  va  hayvonlar  ana  shu  muhitlarda  yashashga  moslashganlar.  Xo‘sh 
moslashishni  o‘zini  qanday  tushunish  lozim?  Moslashish  yoki  adaptatsiya  ayrim 
individlar,  populyatsiyalar  tur  yoki  jamoalarning  morfofiziologik,  xulqiy  va 
axborot - biotsenotik xususiyatlarining majmuidan iborat bo‘lib, boshqa individlar, 
populyatsiyalar,  tur  yoki  jamoalar  bilan  yashash  uchun  kurashda  g‘olib  chiqishga 
sababchi bo‘ladigan, shuningdek abiotik muhit omillarining ta’siriga chidamliligini 
ifodalaydi. Moslashish turli daraja va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.  
Moslashishning  ko‘rinishlariga  kelsak,  morfologik,  fiziologik  va  xulqiy 
moslashishlar ajratiladi. 
Morfologik  moslashishlarga  misol  qilib  suv  muhitida  gidrobiontlarning 
suvni  qarshiligini  kesib  yurishga  mos  tana  tuzilishi,  shuningdek,  plankton 
organizmlarning  suvda  osilgan holda  yashashi  kabilar  hisoblansa, harorat omiliga 
moslashish  molekulyar  darajadan  boshlab  to  biotsenotik  darajagacha  kuzatilishi 


23 
 
mumkin.  Ko‘pchilik  o‘simliklar  ortiqcha  qizib  ketishdan  saqlanish  uchun  boshqa 
o‘simlik  turining  soyasida  o‘sadi.  Bu  yerda  moslashish  biotsenotik  darajada 
namoyon  bo‘lmoqda.  O‘simliklar  dunyosida  cho‘l  sharoitida  minimum  suv 
sarflashga  moslashish  sifatida  barglarning  reduksiyalanishi  yoki  butunlay 
bo‘lmasligi kabilarni ko‘rsatish mumkin. 
Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko‘ra ovqat hazm qilish 
sistemasida  fermentlarning  ma’lum  turlarini  uchrashi  yoki  cho‘lda  yashovchi 
hayvonlarning  suvga  bo‘lgan  talabni  qondirish  uchun  yog‘larning  biokimyoviy 
oksidlanishdan  foydalanishi  kabilar  kiradi.  O‘simliklarda  kuzatiladigan  fotosintez 
jarayoni  ham  boshqa  biokimyoviy  jarayonlar  kabi  atmosferadagi  gazlar  tarkibiga 
bog‘liqdir. 
Xulqiy yoki etologik moslashishlar asosan hayvonlar uchun xos bo‘lib, turli 
shakllarda  namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  tashqi  muhit  bilan  hayvon  tanasi  o‘rtasida 
normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay sharoitli joyni 
izlab  topish,  shuningdek,  qushlar  va  sut  emizuvchilarda  sutkalik  va  mavsumiy 
ko‘chib yurishlari ma’lum. Asalarilarning uyalarini haddan tashqari qizib ketganda 
qanotlarini  qoqib  uyani  sovutishi.  Hayvonlar  faqat  harorat  omiliga  xulqiy 
tomondan  moslashib  qolmay,  balki  namlik,  yorug‘lik  va  boshqa  ko‘pchilik 
ekologik  omillarga  ham  moslashadi.  Xulqiy  moslanishlar  yirtqichlarning  o‘ljani 
izidan  yurish,  kuzatish  kabilarda  hamda  o‘ljaning  javob  reaksiyalarida  ham 
ko‘rinadi.  O‘simliklarda  ham  ma’lum  hulqiy  moslashishlar  kuzatiladi,  masalan, 
quyoshninig  haddan  ortiq  issiq  nurlaridan  asralish  uchun  ayrim  turlar  barglarini 
yoki  gulbarglarini  yig‘ib  oladi  yoki  aksincha,  quyosh  nurlari  tomon  buriladi 
(nomozshomgul, kungaboqar va b.).  
Omillar  atamasi  bilan  muhit,  atrofdagi  organizm  yoki  ularning  jamoasini 
sharoit  va  elementlarining  vaqt  va  makonda  dinamik  xilma-xilligi  tavsiflanadi. 
Omil  tirik  organizmlarga  to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  ta’sir  etuvchi  muhitning  ayrim  bir 
tarkibiy qismidir. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish