Biologik ifloslanish -
ekotizimga unga yot bo’lgan organizm turlarning
kiritilishi va ularning ko’payishi. Mikroorganizmlar bilan ifloslanishga
bakteriologik yoki mikrobiologik ifloslanish ham deyiladi.
Biologik monitoring -
ekologik monitoringning ifloslangan tabiiy muhitda
tirik organizmlarning hayot kechirishini kuzatadigan turi.
Biologik soat -
organizmlarda tabiat hodisalari va fasllarning o’zgarishi
bilan bog’liq bo’lgan fiziologik, biokimyoviy o’zgarishlar.
Biologik tiklash choralari -
tuproq, suv va oqava suvlarga oqib ketgan
ifloslantiruvchi moddalardan va neft mahsulotlari qoldiqlarini yo’qotish yoki ularni
tozalash uchun tirik organizmlar, masalan, bakteriyalardan foydalanish.
241
Biotexnologiya -
1) inson ehtiyojlariga muvofiq tirik organizmlar va
ekotizimlarni o’zgartirish yo’llari va usullarni o’rganadigan biologiya va
texnologiya oralig’idagi ilmiy yo’nalish 2) biologik agentlar yordamida inson
uchun foydali mahsulotlar yetishtirish va boshqa natijalarga erishishning usul va
uslublari.
Biotop -
hududning o’simlik va hayvonlarning ma’lum turlari uchun
yashash sharoiti yoki muayyan biotsenozning shakllanishi uchun mos bo’lgan bir
jinsli qismi.
Biotsenoz -
o’simliklar, zamburug’lar, hayvon va mikroorganizmlarning
o’ziga xos tarkibiga hamda o’zaro va atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatlarga
ega majmuasi. Atama K. Mebius tomonidan 1877 y. kiritilgan.
Biotsid -
1) tirik organizmlarni batamom yo’q qilish yoki ularga ziyon
yetkazish xusuiyatiga ega modda; 2) keng hududlarda barcha jonzotlarni ongli
ravishda yo’q qilish.
Geotop -
yirik masshtabli geotopolik izlanishlarda o’rganiladigan eng kishik
bir jinsli taksonomik birlik. Kam qo’llaniladigan atama.
Geofit -
qayta yangilanish (o’sish) kurtaklari va zahiraviy oziq moddalari
yer osti organlarida bo’lgan o’simliklar (quruq dashtlarda ko’proq uchraydi).
Gidroponika -
o’simliklarni tuproqsiz, oziqlantiruvchi eritmalarda o’stirish.
Bunda o’simliklarning ildiz tizimi oziqlantirish mohiyatiga ega bo’lmagan qattiq
substratda yoki suv, yoxud havoda rivojlanadi.
Degazatsiya -
(bekor qilish, olib tashlanishni bildiruvchi qo’shimsha va gaz)
1) ifloslangan joy, transport vositalari, oziq- ovqat mahsulotlaridan ifloslantiruvchi
moddalarni olib tashlash, neytrallash 2) suvga eritilgan gazlarni yo’qotish uchun
suvni tozalash.
Deflyatsiya -
shamol ko’chirib yuruvchi mineral parshalari bilan tog’ jinslari
va tuprogning sovurilishi (yemirilishi), silliqlanishi va tarashlanishi.
Invaziya -
ekologiyada ma’lum bir hududga uning uchun begona turning
bostirib kirishi, hamjamoaga yangi turlar kirishi. Tibbiyotda- organizmga parazit-
hayvonlarning rivojlanishi.
242
Do'stlaringiz bilan baham: |