Bioindikatorlar -
ishtiroki, soni yoki rivojlanish xususiyatlariga ko’ra tabiiy
jarayonlar, muhit sharoiti yoki antropogen o’zgarishlarning ko’rsatkichlari sifatida
xizmat qila oladigan organizmlar.
Biologik hovuzlar -
oqovalarni biologik usulda tozalashda qo’llaniladigan
hovuzlar. Mustaqil ravishda tez oksidlanuvchi organik moddalar bilan to’yingan
oqovalarni mikroorganizmlar va suv o’tlari yordamida tozalashda yoki sanoatning
tozalash inshootlari hamda tabiiy suv qabul qilivchi havzalar o’rtasidagi oraliq
ob’ekt sifatida foydalaniladi. Suvning o’zini-o’zi tozalash xususiyati asosida
qishloq xo’jaligida o’g’it, yoki o’g’it ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida
qo’llaniladigan loyqasimon massani yigadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |