Saidova iroda alisherovna natyurmort ishlashda kompozitsiya qonun qoidalarining ilmiy ahamiyati


Rahim Ahmedovich Axmedov natyurmortlari



Download 2,95 Mb.
bet14/20
Sana01.06.2023
Hajmi2,95 Mb.
#947372
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
ИРОДА .Маг.Дисс.

Rahim Ahmedovich Axmedov natyurmortlari

Raxim Axmedov “Natyurmort” 1982 y. xolst, moybo’yoq, 60х64,5.


Raxim Axmedov “Natyurmort” 1979 y. xolst, moybo’yoq, 130x150.




Raxim Axmedov “Natyurmort” 1986 y. xolst, moybo’yoq


Raxim Axmedov “Natyurmort” 1979 y. 90х100, xolst, moybo’yoq




Laylo Abdubakirovna Salimjonova
Hozirgi zamon, O`zbekiston tasviriy san`atining manzara, portret, natyurmort va maishiy janrlarida barakali ijod qilayotgan, o`zbek rassomlaridan yana biri, Laylo Salimjonovadir.
Laylo Abdubakirovna Salimjonova 1936 yilda Samarqand viloyatining Urgut shahrida tug`ulgan. Layloning otasi huquqshunos, onasi uy bekasi edi. Ushbu oila 1941 yilda Toshkentga ko`chib keladi. Oilada san`atga dahldor kishi bo`lmasada, Laylo o`rta maktabning 8-sinfini tamomlab, o`zining qiziqishi tufayli P.P.Ben`kov nomidagi Respublika badiiy bilim yurtiga o`qishga kiradi. Bilim yurtini 1957 yilda muvaffaqiyatli bitirib, shu yilning o`zida teatr va rassomlik institutining tasviriy san`at fakultetiga hujjat topshiradi. Institutni 1963 yilda tamomlaydi. U yerda Laylo, N. Qo`ziboyev, T.Oganesov, P.Ahmedov kabi ustoz rassomlar qo`lida san`at sirlarini o`rganadi. Yosh rassomni marg`ilonlik kashtachi qizlarning betak- ror va ajoyib ishlari nihoyatda qiziqtirib qoladi. Shu boisdan u diplom ishi uchun “Marg`ilon kashtachilari” mavzusini tanlaydi.
“Saodat” jurnalining bosh muharriri shoira Zulfiya, Laylo Salimjonovani 1963 yilda, ya`ni u hali talabalik davridayoq mazkur jurnalga ishlashga taklif qilgan edi. Shu tariqa Laylo Abdubakirovna Salimjonova bu jurnalda 30 yil mobaynida bosh rassom bo`lib ishladi. Keyinchalik u “Guliston” jurnalida ham faoliyat ko`rsatdi. Bu yillar mobaynida iste`dodli rassom O`zbekiston rassomlar uyushmasining a`zosi bo`ldi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi unvoniga saza- vor bo`ldi.
Laylo Salimjonova o`tgan asrning 60-70 illaridagi ko`rgazmalarda asosan portret janridagi asarlari bilan qatnashar edi. Uning bu janrdagi “Jamila Juma-yeva”, “Bahri G`ulomova”, “Zulfiya” kabi asarlari diqqatga sazovordir. Keyin- chalik u “Halima Xudoyberdiyeva”, ”Onalik”, “Yashnarxon portreti”, “Singlim portreti”, “Ma’mura Boboyeva”, “To’quvchi qizlar”, “Farida portreti”, “Arxitektor M. Xudoynazarova”, “Dilorom Qambarova”, “Zamira Hidoyatova”, “Hamro Rahi- mova” kabi yana o`nlab betakror ortretlarni yaratdi. Birgina “Hamro Rahimova” asarining yaratilishi tarixiga nazar tashlasak, qiziq hikoyaning guvohi bo`lamiz. Rassomasar yaratishga material to`plash maqsadida xalq o`yinchoqlari ustasi Hamro Rahimovaning uylariga borib, ularning xonadonlarida bir necha kun mehmon bo`ladi. Laylo Salimjonovani betakror o`yinchoqlarning yaratilish bos- qichlari nihoyatda qiziqtirib qoladi. Bu jarayonni o`z ko`zi bilan ko`rgan rassom shu ondayoq yaratilajak asarining kompozitsiya yechimini topadi. Laylo Salimjo- nova ustaning mehnat jarayonida xomak eskizlar ishlar ekan, ba’zida uni savol- larga ko`mib tashlar edi. Shu tariq “Hamro Rahimova” suvrati yaratilgan. Qiziq tomoni shundai, bu asardagi turli yosgdagi bolakaylar tasviri umuman qaxramonga notanish va rassom tomonidan kiritilgan.
“Ustaning hovlisida bu quvnoq bolalarning ko`rmagan bo`lsam-da, o`zimda bolalar timsolini ham asarga kiritish istagi paydo bo`lgan”, – deydi, asar muallifi.
Laylo Salimjonova tabiatni tasvirlashda ham o`z yo`nalishga ega. Bunga “Soy bo`yida”, “Oq tosh”, “Varrak”, “Hovlida”, “Qoratosh”, “Tog`da kuz” kabi asarlarini kuzatish orqali yana bir bo amin bo`lamiz. Ayniqsa, “Tog`da kuz” asari ham mazmun, ham kompozitsiya jihatidan chuqurroqdir. Asarda ilgari surilgan g`oya – kuz faslining go`zalligi, musaffolik, sokinlikni tarannum etishdan iborat- dir. Savlatli tog`lar, barglari sarg`aygan bog`lar, qirg`og`I toshlar bilan o`ralgan zilol suvli soy va boshqako`plab manzara unsurlari, yuqori tasviriy mahorat bilan ishlangan. Laylo Salimjonova gularni juda sevadi. Uning “Xrizontema natyurmorti”, “Oq gular”, “Moviy fondagi natyurmort”, “Xrizontemalar” kabi asarlarini kuzatib , gullardagi go`zallik – rassom ijodining asosiy mavzusi deyish mumkin.
1991 yilda yaratilgan “Xrizontemalar” nomli natyurmortida rassom gullar- ning guldonda tartibsiz joylashuvi, ularning issiq rangli fonda jilolanishi, hamda qisman ko`ringan stolning perespektiv holati orqali asar kompozitsiyasini yaxlit namoyon etadi. Laylo Salimjonova mo`yqalamiga mansub asarlar, Angliya, Iordaniya, Isroil, Hindiston kabi ko`plab davlatlargacha yetib borgan. Uning “Qora qahva” nomli natyurmorti esa, Angliyalik mashhur shaxsiy kolleksioner tomonidan sotib olingan. Laylo Salimjonova yurtimiz rassomlarining keksa avlodiga bo`lishiga qara- may, hanuzgacha ijod bilan band. U o`z suhbatlarida Z. Inog`omov, M.Saidov asarlarini sevishini, jahon san’ati namoyondalaridan Van Gog ijodiga o`zgacha hurmat bilan qarashini e’tirof etadi.
Laylo Salimjonovaning ijodi oilasiga ham tasir qilgan. Buni rassomning ug`li Ahmad Boboyev ijodida yaqqol ko`rish mumkin. U kino sohasida rassom bo`lib ishlaydi. Qizi Lola Boboyeva ham onasi kasbini ezozlab, dezaynerlik san’- atini egallagan. Uning ishlari AQSH hamda Parij ko`rgazmalarida muvaffaqiyat bilan namoyish qilingan. Laylo Salimjonovaning turmush o`rtog`i Baxtiyor Boboyev ham mashhur o`zbek rassomlaridan biridir.
Tasviriy san’at inson aql idrokining kengaytrib uning tevarak atrof munosabatini ustiradi. U iqtidorli va estedotli yoshlarni shakillanuvi uchun keng imkonyatlar ochib beradi. Shu kabi kishi qalbida go’zallik hislarini, ezgulikni, tabiatga, Vatanga bo’lgan muhabbatni oshiradi. Tarixiga, milliy urf odatlariga bo’lgan qiziqishni oshiradi va uni ulug’laydi. Shuningdek yoshlarni sabr toqatli, chidamli bo’lishlarida ularda mehnat qilish ko’nikmalarini shakllanishida ham yordam beradi.
Shunday ekan tasviriy san’atda asarlarini kuzatar ekansiz beixtiyor ko’z odingizga jonajon o’lkamiz tabiat ko’rinishini ijod qilgan ajoyib mo’yqalam ustalari ishi bilan g’ururlanamiz, haykaltaroshlar, me’morlarning yaratgan asarlari ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Bunyod etilgan qurulishlar el ravnaqidir. Yoshlarni estetik dunyo qarashini shakllanishida, mahorat bilan yaratilgan tasviriy san’at asarlarining o’rni nihoyatda kattadir. Rassom asarlarini kuzatish bilan birgalikda, badiiy tahlil qilishning ham ahamiyati beqiyos. Mustaqillik yillarida ijod qilgan rassom istedodli mo’yqalam ustasi, rangtasvirda ko'plab asarlar yaratganligi bilan ajralib turadugan ustoz pedagog professor G’ofir Abdurxmonovdir. U kishi tasviriy san’atining ko’pgina janrlariga dadil murojat qila olgan. Rassom ayniqsa mavzuli kompozisiyalar ishlashda manzara, natyurmort, portret janrlarida samarali ijod qiladi. G’ofir Abduraxmonov asarlarini kuzatsangiz undagi go’zal ko’rinishlar nozik chizgilar, rassomnig naqadar nafis didli ekanligidan dalolatdir. Sharqimizning chiroyli tabiati, sof havosi, yeri, sarviqor tog’lari, ser meva bo’g’lari, usimligi, hayvonot dunyosi, qo’yinki barcha–barchasi inson qalbiga shunchalik yaqin. Rassom G'ofir Abdurahmonovning asarlaridan “Baqqol” deb nomlangan natyurmort asarini badiiy tahlil qilinsa qo’yudagicha ta’riflash mumkin.
Rassomning “Baqqol” asarini tomosha qilar ekansiz be ixtiyor turli hayollar 81
olamiga chumasiz. Tasvirda aks etgan buyumlarni birma – bir ko’zdan kechirar
ekansiz, qandaydir ko’nglingizda mayin iliqlik sezasiz. Qalban yuzingizga tabbasum yugurganday bo’ladi.
Asar sizni huddi o’zi bilan so’zlashishga chorlayotgandek tuyiladi. Kompozisiya jihatidan murakkab tuzilgan bu natyurmotda uy ro'zg'or buyumlari, mevalar, rangli matolar ranglar orqali jonli ifodalangan. Natyurmortning orqa ko'rinishida milliy mis ko'za, uning yuqori qismida qovun hamda kartinaning chap tomonini o'rta qismida yana bir qovun tasvirlari joylashgan. Bu uchala predmetni rassom shunday joylashtirganki, notyurmort tuzish qoidalaridan mohirona foydalanilgani yaqqol ko'rinib turibdi. Natyurmortning oldi qismida tarozi va uning toshlari joylashishi, mazmunni ochib berishga hizmat qiladi. Shuningdek, natyurmortda sopol idishga solingan turli xil mevalar hamda uy ro'zg'or buyumlari ko’rinib turibdi. O’tmishimizni eslatuvchi jundan to’qilgan milliy ko’rinishli gilam ham o’z o’rnida joylashtirilgan.
Asarning kompozisiya jihatidan mukammaldir. Rassom G'. Abdurahmonov "Baqqol" natyurmortini rangtasvirda ifoda etib, undagi buyumlar shaklini, materialligini, yorug' - soyalarni, tekisliklarni aniq ko'rsatib bera olgan. Asarning haqoniyligi har bir predmetga nazar solinsa, go'yoki ularni qo'lingiz bilan ushlab ko'rishigiz mumkindek bo’ladi. Chunki, undagi barcha narsalar tasviri bo'yoqlar yordamida asli kabi tabiiy tasvirlangan. "Boqqol" natyurmortini zo'r mahorat bilan tasvirlangan asar deb hisoblanadi. Asarni tahlil qilar ekanmiz ayniqsa mis ko'zaning orqa tomonida, xiyol ko'rinmas qilib tasvirlangan piyolaga, e’tibor berib qaralsa kishi diqqatini tortadi. Naryurmortda tashqi tamoni qizil rangda ifodalangan piyola, atayin natyurmortni qiziqarli chiqishi uchun bir oz ko’rinmas qilb joylashtrilganligini, yoki piyolani to’liq ko’rinadigan qilib tasvirlasa ham bo’lar edi degan savol beixtiyor yodga keladi. O'z - o'zidan ko'rinib turibdiki "Baqqol " natyurmorti kishini fikrlashga, o'ylashga, shuningdek, tomosha qilishga chorlaydi. Kishilar badiiy estetik didini shakllanishiga, xizmat qiladi. Rassom Abdurahmonovning mustaqillik yillarida yaratgan asarlarini, erishgan yutuqlarini takidlab “San’at” jurnalining 3/2012-sonida “An’analar davomchi” nomli maqolasida Urimbay Nurtayev shunday yozadi. “2001 yilda G. Abdurahmonov, V. Akudin, M. Ahmedov, M. Sodiqov, Yu. Chernishev, Ya.Salpinkidi, I. Bahromov, I.Shin, D. Mursalimov singari O’zbekistonning taniqli rassomlari bilan birga “Oqtosh" ijod uyida ijodiy safarda bo’ldi. Uning ushanda yaratgan Oqtosh vodiysi va tog choqqilari tasvirlangan rangtasvir asarlar turkumida haqiqiy o’ziga xos uslubi namoyon bo’ldi. “Oqtosh. Chashma oqmoqda”, “Oqtosh. Tong”, “Tun”, “Oqtoshda kuz”, “Oktosh. Sukunat” - ushbu kartinalar koloristik gammasi jixatidan ham, kompozision tuzilishiga ko’ra ham juda ajoyibdir.
G’. Abduraxmonovning zamonaviy manzaralarida Xumson va G’ilonning tog chuqqilari, ilonizi yullar, bahorda gullagan boglar, kuzgi daraxtlarning oltin rang shox va yaproqlari tasvirlanadi.Ular juda hayotiy aks ettiriliganidan xuddi ko’rib turganday bo’lasan kishi. Ularda ranglar qalashtirib tashlanmagan. Shu boisdan tomoshabinning nigohi go’yo bo’yoqlarning yupqa surtmasidan o’tib, voqeylikning poyonsiz sarhadiga singib ketadi”. Mana shunday ijodkor rassomlarni, ularning asarlarini juda ko’plab keltrishimiz mumkin.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish