Said Ahmad "Qorakoʻz majnun"



Download 38,4 Kb.
bet7/11
Sana18.01.2022
Hajmi38,4 Kb.
#387624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beknazarova Azi taqriz (2)

Odil Yoqubov

XX asrning ikkinchi yarmida mamlakatimiz miqyosida muhim evrilishlarning yuzaga kelishi xalq madaniy-maʼrifiy turmush tarzini jiddiy ravishda oʻzgartirib yubordi. Millatning maʼnaviy mustaqillikka erishish jarayoni iqtisodiy, siyosiy va madaniy jabhalarni tubdan isloh qilishga ehtiyoj tugʻdirdi. Jamiyatning barcha sohalarida kuzatilayotgan demokratik yangilanish – millatning ozodlik, oʻz taqdirini oʻzi belgilash yoʻlidagi intilishlari adabiyotshunoslik oldiga muhim vazifalarni, muammolarni koʻndalang qoʻydi. Badiiy ijodning muhim halqasi hisoblanadigan poetika ilmiy-amaliy sarhadlarni toʻgʻri tayin etish, adabiy-nazariy tahlillarning yangicha uslubiy-janriy takomilini yuzaga chiqardi.

Ayniqsa, istiqlol davriga kelib jamiyat hayotida axloqiy mezonlarni yangilash va uni haqqoniy baholash ehtiyoji tobora kuchayib borayotganligini takidlash joizdir. Yangi davr oʻzbek adabiyoti, xususan, roman janri shakliy tadrijida inson maʼnaviyati hamda maʼrifati yaxlitligining doimo dolzarbligini eʼtiborga olsak, masala mohiyati yanada oydinlashadi. Chunki bir tomondan, badiiy tizimdagi ruhiyat tasviri va ifoda turfaligining butunligi badiiy mushohada mantiqiy rivojlanish qonuniyatlarini uygʻunlashtirsa, ikkinchi tomondan, real borliqdagi mavjud hayot andozalari va unga mos ravishda psixologik talqin voqelikni tadqiq etishning oʻzgacha tamoyillarini yuzaga chiqardi. Ushbu holat badiiy tizim – roman janri qonuniyatlarining ichki va tashqi yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Mazkur jihatlar soʻz zargari Odil Yoqubov ijodini ham chetlab oʻtgani yoʻq, albatta.

Adabiyotshunos U. Normatov eʼtirof qilganidek, “Adib asarlari avvalo hayotiyligi, haqqoniyligi, davrning oʻtkir ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy masalalarini dadil oʻrtaga qoʻyganligi, inson va uning qalbi haqidagi haqiqatning yangi qirralarini ochishga qaratilganligi, keskin dramatizmi, teran gumanizmi, inson hayoti xususidagi ehtirosli bahs-munozaralari bilan ajralib turadi. Yozuvchi oʻzbek romani poetikasiga koʻpgina yangiliklar olib kirdi, polifonik roman namunalarini yaratdi.” Adib izlanishlarida roman syujetining oʻziga xosligi va teran falsafiy mantiq uzviyligi, ruhiyat tasviri va ifoda mustaqilligining uzviy birligi yetakchilik qiladi. Demak, Odil Yoqubov yaratgan badiiyat solnomalarini jiddiy tadqiq qilish kunimizning dolzarb muammolaridan biri boʻlib turgani shubhasizdir. Adib romanlarida xarakter yaratish mahorati oʻziga xos ravishda kechadi. Xoh u zamonaviy mavzuda boʻladimi, xoh tarixiy mavzudami, qaysi muammoni tasvirlashdan qatʼiy nazar, Odil Yoqubov zukko kitobxonni inson qalbiga yaqinlashtirib qoʻyadi. Kitobxon ham aynan ushbu jarayon ishtirokchisiga aylanadi. Jonli tasvir boʻyoqlarida qahramon iztiroblarini, quvonchu shodliklarini xuddi oʻzinikidek qabul qiladi. Bu kabi xususiyatlar adib ijodiy kredosining muhim, ajralmas halqalarini tashkil etadi desak, mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.

Roman janri inson borligʻi hamda davr ruhiyatini izchil va teran, yaxlit va tugal ifodalash xususiyatiga egadir. Badiiy shakl qahramon ruhiy dunyosini batafsil ochish barobarida voqelikka boʻlgan ongli-sogʻlom munosabatni ham sharhlaydi. Tashqi muhitning bevosita va bilvosita inson yashash tarziga taʼsirini ifodalash, koʻrsatish, oʻz munosabatini ham bildirib oʻtish janr qonuniyatlari sirasiga kiradi. Shu maʼnoda, roman mavjud voqelik silsilasida yangi hamda muhim ahamiyatga molik falsafiy-axloqiy muammolarni ilgari suradi. Odil Yoqubovning “Diyonat” romani ham bundan mustasno emas. Vaqtida “voqea” boʻlgan asarlar qatoridan joy olgan ushbu roman hayotning muhim qirralarini oʻzida jamlay olganligi bilan ham qadrlidir. Bir qarashda roman psixologik asardek tuyuladi. Unda turfa xarakterlarning botiniy ifodasi yetakchilik qiladi. Romanda muallif ijodiy niyati va tafsilotlar rang-barangligi qahramon nutqi bilan qorishib ketadi hamda xotira-esdaliklar uygʻunlashuvini yuzaga chiqaradi. Qahramon hayoti bilan davr voqeligining oʻzaro ziddiyati asar falsafasini – diyonat, or-nomus, iymon-eʼtiqod kabi insoniy sifatlarning mohiyatini ilgʻab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu oʻzaro murosasiz jang, shaxs oʻzligini anglashga daʼvat etadi. Shunga qaramay “Diyonat” ijtimoiy talqin ustuvorlik qilgan asar hisoblanadi: “Mingbuloqdan keladigan bir ariq suv dam oftobda kumushday yarqirab, dam ariq tagidagi giyohlar rangida ajib tovlanib, daryoday hayqirib oqmoqda edi. Haydar ariqqa yetmasdanoq kiyimlarini yechib, bedazorga otib yubordi-da, hurkak otday oldindan dir-dir titrab, oʻzini suvga otdi. Muzday buloq suvi aʼzoyi badanidan oʻt chiqarib yuboribdiki, u jonholatda suvda oʻynoqlab, oʻzini u qirgʻoqdan-bu qirgʻoqqa otdi, lekin zum oʻtmay tanasi suvga oʻrganib, allaqanday tinchib qoldi. U tol shoxini ushlab, suvda chalqancha tushib yotdi-da, koʻzini yumdi. Nazarida, goʻyo suv emas, kimningdir muloyim qoʻli uning horgʻin tanasini mehr bilan silayotganday, har bir hujayra, har bir asab tolasiga orom berib, sevib silayotganday tuyuldi.”

Muallif tabiat manzarasini tahlil markaziga olib chiqadi. Parchada oʻziga xos mazmun kasb etib, unda qahramon ichki dunyosi, yashash maydoni va falsafiy dunyoqarashi aks ettiriladi. Haydar obrazi tadrijiga nazar tashlasak, uning hayot yoʻli oʻzgachaligi koʻzga tashlanadi. Boʻlajak olim toʻq oilada voyaga yetadi. Uning otasi Otaqoʻzi millioner raislardan biri. Qalbi faxr va gʻururga toʻla yigitcha togʻasi Normurod Shomurodovni dastavval uncha tushunmaydi. Koʻngliga ishq olovi tushgan personaj turmush mohiyatiga kirib borgan sayin domlani anglay boshlaydi. Aslida qahramonda yuzaga kelgan evrilish tashqi voqelikka boʻlgan munosabat shaklida aniqlik kasb etadi. Tevarak-atrofda roʻy berayotgan hodisalar uni oʻylashga, fikrlashga majbur etadi. Endi u ilgari faxrlanib yurgan otasi boshi berk koʻchaga kirib qolganligini anglaydi. Biroq endi tavba va tazarruga oʻrin yoʻq! Muallif qabariq tasvir prizmasida inson idrokini band etgan ijtimoiy-ruhiy muammolarni koʻndalang qoʻyadi. Xotiralar dinamikasida qayta tiklangan imkoniyat asar leytmotivini tashkil qiladi. Adib yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, adashishlarni mantiqan aniq tasvirlaydi. Lekin baholashni emas, inson dunyoqarashidagi evrilishlarni koʻrsatishni birinchi planga chiqaradi.

Yozuvchi romanlaridagi umumiy bir sifat shundan iboratki, u shaxs psixologiyasining oʻrab turgan muhit xarakteri bilan murosa-madora qilmasligida qabarib koʻrinadi. Uning yaratgan qahramonlari jamiyat hayotida, kundalik turmushida roʻy berayotgan nohaqliklaru adolatsizliklar, koʻzboʻyamachiliklaru firibgarliklarga qarshi murosasiz kurash olib boradi. “Diyonat” ham oʻz davrining mahsuli boʻlibgina qolmasdan, XX asr nasrining barmoq bilan sanarli asarlari sirasida turishini hech kim mubolagʻaga yoʻymasa kerak. Badiiy asar shundayki, sof sanʼat namunasi yillar, asrlar oʻtsa hamki eskirmaydi, har qanday tuzum va davr qobigʻidan yorib oʻtib, odamzod kelajagi uchun beminnat xizmat qilaveradi. Shu maʼnoda Odil Yoqubov olamning goʻzalligi, insoniyatning shu goʻzallikka munosabatini, gumanizm mohiyati va qadr-qimmatini butun ijodi badiiy toʻqimalariga yoyilib ketgan milliy maʼnaviyat ifodasiga singdiradi. Odamzodning ruhiy barkamolligi, ezgu maqsadi haqidagi falsafiy teran tasvir yoʻnalishi adibning dunyoqarashi va nazariy tasavvuri kengligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ijodkorning har bir asarida, xoh u kichik janr boʻlsin, xoh u yirik hajmli polotno boʻlsin, diyonat, oqibat va mehr-muhabbat tushunchalari talqini markaziy chiziqni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, sogʻlom eʼtiqod tadriji qahramon xarakterining uzviy qismiga aylanadi. Tasvirdagi aniqlik esa aynan kichikdan kattaga, xususiy hodisalardan hayotiy umumlashmalarga boʻlgan intilishning kuchliligi bilan izohlanadi. Oʻz navbatida yozuvchi gʻoyaviy munosabati xalq ruhiyati, millat istiqbolini atroflicha tahlil qilish vositasida oydinlashadi. Bu munosabat insoniyat kelajagiga ishonch bilan qarash, uni idrok etish va tushunish nuqtai nazaridan mantiqiy yaxlitlik kasb etadi. Aslida ijodiy mantiqning asl mazmuni ham millat irodasi va maqsad-intilishlarini chuqur oʻzlashtirishga borib taqaladi. Chunki, mazkur tushuncha, xarakterli belgini axtarish va unga urgʻu berish mushtarakligidan oziqlanadi.

Adib romanlarida shaxs psixologiyasini jamiyat, tabiat hodisalari bilan omuxta badiiy-psixologik tadqiq etish tamoyili tadriji koʻzga tashlanadi. Darhaqiqat, badiiy talqin doimiy tarzda inson dunyoqarashida namoyon boʻlish tarzining sinoatlari kashfiyotida, koʻngil izhori va ruh falsafasi maʼnolarini anglashda tadrijiy takomillashib, evrilib boradi.

Muhabbat oʻlimdan kuchli” romani


Download 38,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish