Said Ahmad "Qorakoʻz majnun"



Download 38,4 Kb.
bet2/11
Sana18.01.2022
Hajmi38,4 Kb.
#387624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beknazarova Azi taqriz (2)

«Uloqda» hikoyasi

Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasi yangi o'zbek adabiyotida yaratilgan dastlabki hikoyalardandir.

Sizga ma'lumki, o'zbek yozma adabiyoti XX asrga qadar, asosan, she'riy shaklda (aruz vaznida) yaratilgan g'azal, ruboiy, qasida, doston, hikoyat, noma kabi asarlardan iborat edi. Bunday asarlarning ko'plab namunalari bilan Siz ulug' bobomiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimiz ijodi orqali tanishsiz va kelgusida yanada kengroq tanishib borasiz.

XX asrning boshlariga kelib O'rta Osiyoda juda kuchli ma'rifatpar­varlik harakati boshlanib, maktab- maorif sohalari qatori, badiiy ijodda ham yangicha usulda, hayotga yanada yaqinroq yondashuvchi, sodda jonli tilda hikoya qiluvchi adabiyot maydonga kela boshladi. Bu ada­biyotning asoschilari Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda, Hoji Muin, Abdulhamid Cho'l­pon va Abdulla Qodiriylar edi. Ular Turkiston o'lkasining so'nggi asrlarda ilmsizlik va jaholat tufayli asoratga, qoloqlikka yuz tutganidan qattiq qayg'urar va bu chirkin hayotni yaxshilash choralarini izlar edi­lar. Shu maqsadda qisqa muddatda xat -savod chiqaradigan maktablar ochib, unda yosh bolalami o'qitar, ularga zamonaviy bilimlar berib, o'lkamizni rivojlangan, madaniy bir mustaqil davlatga aylantirish uchun mehnat qiladigan yigit -qizlarni tarbiyalashni orzu qilur edilar. Maktab­maorif bilan bir qatorda matbuot, teatr va badiiy adabiyot sohalarini ham yangi davr talablari asosida barpo etish, shakllantirish va isloh etish maqsadini ilgari surgan edilar. Mana shunday olijanob niyat ­millatimizning nurli istiqbolini orzulab Abdulla Qodiriy ham yangicha badiiy asarlar yaratish yo'lida tinimsiz izlandi va ijod qildi. Siz o'qib chiqqan «Uloqda» hikoyasi yozuvchi bobomizning ana shunday izlanishlari mahsuli, ayni chog'da zamonaviy o'zbek adabiyotining birinchi namunalaridandir. Hikoya 1915-yilda yozilib, 1916-yilda Toshkentda alohida kitobcha sifatida nashr etilgan.

Badiiy asarlarda bir-biriga zid bo'lgan narsa va hodisalar, masalan, yorug' va qorong'i, quvonch va g'amginlik, kulgi va fojialarni tabiiy yonma-yonlikda tasvirlab, kayfiyat paydo etish usuli mavjud bo'lib, uni mutaxassislar kontrast deb ataydilar. Badiiy mahorati kuchli bo'lgan yozuvchilar ana shunday kontrast usulida mohirona foydalanib, asarlarining ta' sir quvvatini favqulodda kuchaytirib yuborishga eri­shadilar. Abdul1a Qodiriy ijodining ilk davrlaridayoq shunday mahorat ko'rsata olgan usta san'atkor yozuvchi edi.

«Uloqda» hikoyasida adib quvonch bilan o'limni yonma-yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutishga undaydi, behuda narsalarga umrni sarflamay, ma'rifatga, ma'naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashash g'oyasini ilgari suradi. .

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Abdul1a Qodiriy hayoti va faoliyatining ilk davrida o’z safdoshlari bilan birga ma'rifat uchun, xalqimizni qoloqlik, xurofot va yomon odat hamda bid'atlardan xalos etish uchun kurashdi. Uning bu davrdagi ijodi to'liq ana shu maqsadga yo'naltirilgan edi. «Uloqda» hikoyasi yozuvchining ilg'or g'oyalarni badiiy tasvirlashda mahorat kasb eta boshlaganini ko'rsatuvchi hamda o'quvchining didi va saviyasini o'stirishda o'ziga xos ahamiyatga molik asarlaridan biri sifatid, o'zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam joy oldi.

Siz hayotingizda «falonchi voqeani hikoya qilib berish» qabilidagi so'zlarni ko'p eshitgansiz. Lekin biz ta'rif berib, izohlamoqchi bo'layotgan hikoya aytib berish yoki gapirish ma'nosida emas. Badiiy adabiyotda «hikoya» deb ataluvchi alohida adabiy janr mavjud. Uning ta'rifi quyidagicha:

Hikoya - yozuvchi tomonidan kuzatilgan, idrok etilgan ibratli voqea va hodisalarni ixcham shaklda badiiy ifoda etuvchi nasriy asar. Unda bir yoki "bir necha qahramonlar ishtirok etib, hayotiy yoki xayoliy hodisalarning muhim bir jihati tasvirlab beriladi.


Download 38,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish