8-sinflar uchun adabiyot fanidan test savollari
1. G’.G’ulomning “Sog’inish” she’rida qanday g’oya ifodalangan?
A) bahaorni sog’ingan ko’ngil holati
B) musofirlikda yurib,yurtini sog’ingan odamning kayfiyati
S) Ota mehri ulug’vorligi D) yorini sog’ingan oshiq intiqligi
2. G’.G’ulomning quyida keltirilgan asarlaridan qaysi biri yorqin avtobiografik xarakterga ega?
A) “Netay” B) “Tirilgan murda” S) “Yodgor” D) “Mening o’g’rigina bolam”
3. G’.G’ulomning bolalar uchun yaratgan asarini toping
A) “Shum bola”, “Bolalik”
B) “Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi”, “Bari seniki “
S) “Shum bola”, “O’tmishdan ertaklar”
D) “Tirilgan murda”, “Sehrli qalpoqcha”, “Shum bola”
4. Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so’raydi qadrin.
Fursat g’animatdir shoh satrlarla,
Bezamoq chog’idur umr daftarin.
Ushbu misralar kimning qalamiga mansub?
A) A.Oripov B) S.Zunnunova S) G’.G’ulom D) Oybek
5. G’. Gulom hikoyalari berilgan qatorni toping.
A) “Puch umidlar” ,“Shum bola” B) “Kim aybdor”, “Hiylai shar’iy”, “Chor bozorchi”
S) “Qizaloq”, “Yigit”, “Soat” D) “Haji qabul bo’ldi”, “Yigit”, “Soat”, “O’jar”
6. Nodira g’azallarida uchraydigan “Mashshota” va “shona” so’zlarining ma’nosini aniqlang.
A) pardozchi,taroq B) mahbub,soch S) oshiq,taroq D) shamshod,burama ,soch
7. Nodiraning turkiy devonidan nechta g’azal o’rin olgan?
A) 260 ta B) 600 ta S)189 ta D) 240 ta
8. Nodiraning «Firoqnoma » asariga yaqin mavzuda qaysi shoir «Ayol » nomli she’r yaratgan ?
A) A.Oripov B) M.Yusuf S) Fitrat D) Zavqiy
9. Nodira o’zining «Firoqnoma » mashsharini qaysi taxallus bilan bitgan ?
A) Nodira B) Mohlaroyim S) Maknuna D) Komila
10.Nodira «Firoqnoma »ning naqorat qismida qo’llagan murojaaj jumla qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) “Ey mug’anniy” B) “Yorab” S) “Yofalak” D) “Ey shohim”
11. Jadidlar o’zbek adabiyotiga qanday yangi janrlarni kirgan?
A) Doston,tuyuq,drama B) Drama,roman hikoya
S) Ocherk,qissa,roman D) Ballada,hikoya,qissa
12. Fitratning «Yopishmagan gajaklar » asari kimgfa atab yozilgan ?
A) Cho’lponga B) A. Qodiriyga S) Boybo’latovga S) S.Ayniyga
13. “O’qit” she’rida kimlar millat dardiga najot sifatida tilga olingan ?
A) shoirlar B) yigitlar S) dehqonlar D) ziyolilar
14. Fitrat o’smirligida “Mijmar” taxallusi bilan she’rlar yozgan.U qanday ma’no anglatadi?
A) “Maqsad” B) “Cho’g’don” S) “Gulxan” D) “Uchqun”
15. XX asr boshlarida taraqqiyotga yangilikka intilgan kishilarni qanday atashgan?
A) mushtariylar B) ma’rifatchilar S) ittihodchilar D) jadidlar
16. Fitratning “O’qit”she’ri sarlavhasi zamirida asosan qanday ma’no yotadi?
17. O’zbek adabiyotida drama janriga asos solgan adib kim?
18. Hamzaning o’zbek dramaturgiyasini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan dramalarini yozing.
19. “O’zbek xotin-qizlariga” g’azali qachon va kim tomonidan yozilgan?
20. Hamzaning “Yig’la,Turkiston” she’rida qanday g’oya ifodalangan?
21. Haqiqat va hurlikni e’tiqodga aylantirgan shoirni toping.
22. Hamzaning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” dramasining so’nggi,to’rtinchi sahnasi qanday tugaydi?
23. G’.G’ulomning “Sog’inish” she’rining qahramoni – otaning xislarini yozing.
24. “Shum bola” asarining qaysi o’rnida G’.Gulomning sharq xalqlari og’zaki ijodidan ijodiy foydalanganligi ko’rinadi?
25. Fitratning 1-she’rlar to’plami qanday nomlanadi va u qachon va qayerda chop etilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |