Sahnaviy asarning xatti-harakat tahlili



Download 1,28 Mb.
bet4/9
Sana17.01.2020
Hajmi1,28 Mb.
#34939
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hatti-harakat lotin


2.3. Voqea

Voqea - hayotdan olingan lavha bо‘lib, bitta xatti - harakatga omil bо‘lgan shart-sharoitlar yig‘indisidir. Vaqt va makonda sodir bо‘layotgan xatti-harakat - voqeadir. Shu yerda, odatdagi tushinchamizdagi favqulodda sodir bо‘lib о‘tgan va keyingi harakatni keltirib chiqaradigan hodisani voqea deya atashimiz bilan, G.A.Tovstonogov va A.O.Katsman talqinidagi sahnaviy voqelik tushunchasini farqlay bilishimiz lozim bо‘ladi. Ularning ta’biri bо‘yicha voqea bо‘lib о‘tib ketgan hodisa emas, makon va vaqt birligida sodir bо‘layotgan harakatdagi jarayondir. Sahnada berilgan vaqt va makon kesimida kechayotgan hayot, harakat jarayonini Tovstonogov “событие” - “voqea” deb ataydi. Misol uchun, Shahar hokimi Anton Antonovich Xlestakovning oldiga mayxonaga kirib kelishi (N.V. Gogolning “Revizor” asari) pyesadagi “hayot va erkinlikka tahdid” yoki “qamoq xavfi” deb belgilangan asosiy voqeaning yetakchi shart-sharoiti bо‘lib qoladi. Bu voqeaning yetakchi hatti - harakati “har kimning о‘z joni, hayot-mamoti uchun kurashi”. Ayni ana shu makon va zamonda bо‘layotgan kurash, harakat tomoshabin diqqatini jalb etmog‘i darkor. Boshqa bir misol: Chatskiyning Moskvaga Famusovlarnikiga kelishi (A. Griboyedovning “Aql balosi” pyesasi). Bu hodisa keyinchalik “kutilmagan mehmon”, yoki “oshga tushgan pashsha” deb belgilangan asosiy voqeaning yetakchi shart-sharoiti bо‘lib qoladi. Tovstonogovga V.I.Dal lug‘atidagi событовать sо‘zining etimologiyasi yaqinroqdir. Ya’ni “kimningdir, kim bilandir birgalikdagi turmushdoshligi”, bir voqeada yashamoqlik.

Shunday qilib, favqulodda sodir bо‘lib о‘tgan hodisani - yetakchi shart-sharoit deb, kо‘z о‘ngimizda vaqt va makonda sodir bо‘layotgan harakat jarayonini - voqea deb belgilash, Tovstonogov - Katsman xatti-harakat tahliliy uslubiga muhim va ahamiyatli yangicha yondoshuv qо‘llaganliklari demakdir. Bu yerda maqsadga erishish yо‘lidagi harakat jarayoni yaxlit kо‘rinishga ega bо‘ladi.

K.S.Stanislavskiy ta’limotiga kо‘ra maqsadga erishish yо‘lidagi harakat, moslamalar bilan boyitib boriladi, о‘z navbatida moslamalar harakatga aylanadi. Misol uchun, siz sotuvchisiz, ishingizda pul kamomadi aniqlandi va sizga kamomadni qoplash uchun katta miqdordagi pul zarur bо‘lib qoldi. Siz pul topish manbayini qidirasiz, dо‘stlaringizdan qarz olmoqchi bо‘lasiz. Kimdandir iltimos qilasiz, kimdandir talab qilasiz, kimgadir yalinasiz. Sо‘rash, talab qilish, yalinish - bu harakatmi yoki moslamami? Birinchi qaraganda harakatdek tuyuladi. Ammo bu - moslamadir. Modomiki, yetakchi shart-sharoit (harakatga undovchi sodir bо‘lgan hodisa) - “kamomad, mablag‘ ishlatib yuborganlik” bо‘lib, “kamomadni qoplash” - voqea bо‘lsa, har qanday yо‘l bilanpul topishlik” sizning harakatingizdir. Manbani qidirish, iltimos qilish, talab qilish, yalinish va h.k. - bu vosita, maqsadga erishish yо‘lidagi moslamalardir. Qahramonning mazkur voqeadagi “pul topish yо‘lini qidirish” xatti-harakati, uning “nomusini saqlab qolish” oliy maqsadiga borib taqaladi.

Voqea - insonlarning mazkur voqeada, kichik doiradagi shart-sharoitda kechmishini belgilaydi. Harakat - mazkur voqeadagi aniq maqsaddan kelib chiqadi. Mintaqadagi turmushdoshlik kichik doiradagi shart-sharoitga bog‘liq ekan, kichik doiradagi sharoitning о‘zi nima?

Tahlilning asosiy unsurlaridan biri bо‘lgan, berilgan shart-sharoitlar tо‘g‘risida batafsilroq tо‘xtalamiz. Ma’lumki, teatrdagi ijodiy jarayon sehrli “agarda” degan ibora yoki fikrdan boshlanib, aktyor о‘zining tasavvuri orqali hayotiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantiradi. Berilgan shart-sharoitlar, kо‘plab “agarda”lar tasavvurni qо‘zg‘atadi va harakatni ishga tushiradi, uning rivojlanishini ta’minlaydi. Muallif, inson tushib qolishi mumkin bо‘lgan kо‘plab vaziyatlar yig‘indisini saralaydi. Tahlil jarayonida kо‘plab vaziyatlarni aniqlash, bir tizimga keltirish, tartibga solish uchun ularni shartli ravishda uch doiraga bо‘lib о‘rganish maqsadga muvofiqdir.

*Kichik doiradagi sharoit - bir voqea ichidagi kurash jarayonini, harakatni belgilaydi.

*О‘rta doiradagi sharoit - butun pyesani qamrab olgan bо‘lib, inson-rolning asar davomidagi uzluksiz yetakchi xatti-harakatini belgilaydi.

*Katta doiradagi shart-sharoit - pyesa voqealaridan tashqarida bо‘lib, inson-rolning oliy maqsadini belgilaydi.

Inson - rolning oliy maqsadi (pyesani emas) - insonning orzu-havasi, hayoli, baxt tо‘g‘risidagi armonlari, hayotining bosh maqsadidir (katta doiradagi shart-sharoit). Oliy maqsad tushunchasi obyektiv xarakterga ega. Insonnning butun hayoti bir maqsadga, bir orzuga intilish bilan о‘tsada, u asl maqsadni yashirishi, quruq sо‘zlar, safsatalar bilan atrofdagilarni aldashi mumkin va о‘zini subyektiv tarzda oqlashi mumkin. Inson amalga oshirayotgan harakat va intilishlarini, u yoki bu vaziyatda о‘zini topishini kuzatish orqali uning yetaklovchi maqsad sabablarini sinchkovlik bilan kuzatilsa, amaliy ishlar orqali payqash mumkin. Ba’zan, inson, о‘zi sezmagan holda, о‘z-о‘zini aldab bо‘lsa hamki, о‘z harakatlarining mantiqiyligini tо‘la-tо‘kis tushunib yetmay, beixtiyoriy ravishda amalga oshirishi mumkin. Beixtyoriylik nazariyasi Z.Freyd tomonidan olg‘a surilgan bо‘lib, uning ruhiyat tahlili (psixoanaliz) bizga inson ruhuyatining eng mubham, chuqur joylarigacha kirib borishga yordam beradi. Rolning xatti-harakat tahlilida inson faoliyatining asl mohiyatini izlash va anglash muhim ahamiyatga egadir.

Harakat (kichik doiradagi shart-sharoit) uzluksiz yetakchi harakat bilan (о‘rta doiradagi sharoit) bog‘langanidek, uzluksiz yetakchi harakat oliy maqsad bilan (katta doiradagi sharoit) bog‘lanadi. Ularni kattadan-kichikka yoki kichikdan-katta doiradagi shart-sharoitga о‘tishi qonuni orqali aniqlab olish mumkin. Ya’ni, harakatni - yetakchi harakat va oliy maqsaddan kelib chiqib belgilash, yoki yetakchi harakatni oliy maqsad va harakatdan kelib chiqib belgilash mumkin. Bu tushunchalar о‘zaro bir-biriga bog‘liqdir.

Barcha sharoitlar bir doiradan ikkinchisiga о‘tishi mumkin. Biz о‘rta, katta doiradagi sharoitlarni о‘rganmay turib, kichik doiradagi sharoitlarni mantiqan tuzib chiqa olmaymiz. Masalan: davr, siyosat, ijtimoiy hayot (katta doiradagi sharoitlar) insonlarning oliy maqsadiga, yetakchi harakatiga va bularning bir bо‘lagi bо‘lgan voqealardagi xatti-harakat va munosabatlarga ta’sir о‘tkazmasdan iloji yо‘q. Chunki о‘rta va katta doiradagi sharoitlar, kichik doiradagi sharoitni vujudga keltiradi. Bir doirada mavjud bо‘lgan sharoitlar boshqa doiradagi sharoitni о‘rganishga yordam beradi.

M.Gorkiyning “Vassa Jeleznova” asaridan olingan parcha orqali qahramonlar xatti-harakatlarini aniqlashga urinib kо‘ramiz. Vassa Jeleznova о‘z erini “bartaraf” etmoqchi bо‘lgan sahnasi. Mazkur sahnadagi qahramonlar maqsadlarining asl sabablarini aniqlash jarayonida biz barcha doiradagi shart-sharoitlarni о‘rganishga majbur bо‘lamiz, chunki ularning hammasi bir-biriga bog‘liqdir. Vassaning eri Sergey isnodga qoldiradigan jinoyat qilgan - voyaga yetmagan qizni zо‘rlagan. Bu sharmandalik oilaning nomusiga tajovuz qilmoqda va eng muhimi Vassaning oliy maqsadi (katta doiradagi shart-sharoit) - oilaning obro‘si, boyliklarini avaylab-asrash va kо‘paytirishga qaratilgan urinishlarini barbod qilishi mumkin. Oilaning obro‘si, davlati, bо‘yi yetgan qizlarnig kelgusi taqdiri (о‘rta doiradagi shart-sharoitlar) xavf ostida. Mazkur sahnadagi yetakchi shart-sharoit - “sud xavfi”dir. Ishni “yopdi-yopdi” qilish uchun kо‘rilgan choralardan natija chiqmadi. Faqat bitta yо‘l qolgan. Ya’ni “aybdorni yо‘q qilish!”. Vassaning maqsadi: Sergeyni о‘z ixtiyori bilan о‘z joniga qasd qilishga undash, oilasini isnoddan qutqarish, Vassani esa, qotillik kabi dahshatli gunohdan xalos qilish. Vassa Jeleznova shafqatsiz, о‘z maqsadiga erishish yо‘lida hech narsadan qaytmaydi. Ammo, u shiddatli qarshilikka duch keladi. Sergey yaralangan yirtqich kabi yashashga intiladi. Vassa о‘z maqsadiga yaxshilikcha erishaolmagach erini zaharlashga qaror qiladi. Keyinchalik shunday ham qiladi. Biroq uning maqsad va o‘zini shunday tutishga majburlagan о‘rta doiradagi shart-sharoitni nazardan qochirib bо‘lmaydi. Uni bu qadar qahri qattiq bо‘lishiga olib kelgan, о‘z yaqinlariga, shu jumladan о‘g‘li, kelini Rashel, qizi Tatyanaga shafqatsiz bо‘lishiga olib kelgan sabablari bor. Ikkinchi kо‘rinishdagi Vassaning monologi uning tiynatini - xarakterini о‘zgarishiga olib kelgan omillarni tushinib olishga yordam beradi. Avvalgi munisa, eri tomondan xо‘rlangan, haqoratlangan ayol, vaziyatlarning taqozasidan kelib chiqib, yig‘ib-tergan, topib tо‘plangan boyliklarini erining suyuqoyog‘ligi, axloqsiz, buzuqligi tufayli sovrulib ketgan boyliklarini qayta tiklash va nafaqat tiklash, kо‘paytirishdek mashaqqatli vazifani о‘z zimmasiga oladi. Albatta bunday ishlar undan mustahkam iroda, tiynati - xarakterini berahm bо‘lishiga, uddaburonlik, ma’naviy qadriyatlarini о‘zgartirishga majbur qilgan. Mazkur parchada berilgan shart-sharoit doirasida xatti-harakatni aniqlash jarayonida, katta va о‘rta doiradagi shart-sharoitlarni, qahramonlarning uzluksiz xatti-harakatini (сквозное действие), oliy maqsadini ham oydinlashtirishga majburmiz. Chunki parchadagi vaziyat va holatlar pyesadagi vaziyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ish jarayonida katta va о‘rta doiradagi shart-sharoitlar, holatlar sekin-asta aktyorning ongiga singib, ikkinchi plan, Ya’ni sо‘z ostidagi fikrlash jarayoniga о‘z ta’sirini о‘tkazmay qolmaydi.

Yana bir qonuniyatni eslatib qо‘yishimiz kerak. Ya’ni, berilgan sharoitni keskinlashtirish qonuni. Bu hayot qonuni emas, ammo teatrning asosiy qonuni, sahnaviy hayot qonuni. Aks holda harakat о‘zining eng muhim sifati - faollik va shiddatini yо‘qotib qо‘yadi.



Shart-sharoitlar hamma narsani: maqsad, vazifa, xatti-harakatlarni belgilaydi. Sharoit ikki turda mavjud: Ya’ni insonga bog‘liq bо‘lgan va insonga bog‘liq bо‘lmagan sharoitlar. Sharoitni oldindan bashorat qilib bо‘lmaydi. «Bandasini emas, yaratganning aytgani bо‘ladi» - degan gap bor. Harakatga turtki bо‘ladigan sabab va omillarni tushinish uchun berilgan shart-sharoitlarni saralash kerak bо‘ladi. Avval aytib о‘tganimizdek, drama asarlarida muallif tomonidan behisob shart-sharoit taklif etilgan bо‘lib, sahnalashtirish jarayonida ularga kо‘plab shart-sharoitlar qо‘shiladi. Garchand katta doiradagi berilgan shart-sharoit pyesa matnidan tashqarida bо‘lsa hamki, bu sharoitlar pyesa negizida mavjud. Ya’ni, tarixiy davr, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol, insonlar va tabaqalarning о‘zaro munosabatlari va shakllari va h.k. О‘rta doiradagi sharoit bu pyesaning о‘zida mujassam bо‘lgan - mavzu, g‘oya, mazmundir. Bu doiradagi sharoit kichik doiradagi harakatlarni mantiqan belgilab beradi. Kichik doiradagi sharoit esa aktyor - timsolning maqsad va harakatini belgilaydi.

Shart-sharoitlarni о‘rganish, tahlil qilish jarayonida pyesaga asos bо‘lgan boshlang‘ich shart-sharoit bilan (исходное предлагаемое обстоятельство) harakatga undovchi yetakchi shart-sharoitni (ведущее предлагаемое обстоятельство) aniqlash muhim ahamiyatga ega.



Boshlang‘ich shart-sharoit - asar (pyesa, parcha, etud) davomida о‘zgarmaydi. U pyesa negizida yashiringan bо‘lib, muallifning dardini, tashvishini qamrab olgan bо‘ladi. Misol uchun, “Momaqaldiroq” asarida A.N.Ostrovskiyni tashvishga solgan “soxtalik, ikkiyuzlamachilik” hukmronlik qilgan atrof muhit. V.Shekspirning “Romeo va Juletta” asarida “ikki oilaning о‘zaro fojiaviy nizolari”.

Maqsadni belgilovchi sharoit - muallif tomonidan berilgan yetakchi shart-sharoitdir. Misol uchun: Romeo va Julettaning baldagi uchrashuvi va ularning sevgisi - Shekspir pyesasining yetakchi shart-sharoiti bо‘lib, ularning «birga bо‘lish» oliy maqsadini belgilab beradi. Qolgan barcha shart-sharoitlar mana shu yetakchi shart-sharoit bilan ziddiyatda bо‘ladi. Mazkur vaziyatda shahar zodagonlari Montekki va Kapulettilarning «о‘zaro qarama-qarshiligi, nizosi» boshlang‘ich shart-sharoit bо‘lib ikki sevishgan yoshlarni qovushishi yо‘lidagi о‘tib bо‘lmas tо‘siqdir. Yetakchi shart-sharoit asosiy qahramonlarning maqsadini belgilaydi, qolgan sharoitlar qarshi chiqadi, ularning maqsadga erishish yо‘lida tо‘sqinlik qiladi.

Kichik doiradagi shart-sharoit shaxsga bevosita ta’sir о‘tkazib, maqsad sayin kurashishga, aniq harakatga undashi lozim. Agar shunday vaziyat yuzaga kelmasa u yetakchi shart-sharoit bо‘la olmaydi. Dramaturgiyada qarama-qarshilik, kurash jarayoni, ziddiyat muhim qonun hisoblanadi. Romeo va Julettaning “balkon sahnasi”dagi visol kechasi. Ular о‘rtasidagi qaynoq muhabbat, doimo birga bо‘lishlikni istagi - (yetakchi shart-sharoit va maqsad) va ikki oilaning о‘rtasidagi nizo, dushmanlik sababidan - (boshlang‘ich berilgan shart-sharoit) bu uchrashuvning naqadar xatarligi ekanligi ularning psixofizik holatiga, xatti-harakatlar tusiga, sur’at hamda maromlariga ta’sir о‘tkazadi.

Voqeani yetakchi shart-sharoit belgilab beradi va u, berilgan vaqt va makon birligida, nima bо‘lyapti? - degan savolga javob beradi. Voqea - tomoshaviy bо‘lib, kо‘z о‘ngimizda sodir bо‘ladi va harakatga keltiruvchi omil hisoblanadi.

Chizma shaklida u quyidagicha kо‘rinishga ega:



Yetakchi shart-sharoit

A___________ k______ V



Boshlang‘ich shart - sharoit.

A V: yashash mintaqasi, jarayon - voqea

Voqea - ishtiroqchilarning hamturmushligi, umrguzaronligi.

Boshlang‘ich shart-sharoitdagi maqsadli harakat «A» voqeaga olib keladi, yangi sharoit vujudga kelishi bilan yangi maqsad - «V» sari yangi harakat paydo bо‘ladi. «K» - konflikt, ziddiyat bо‘lib, boshlang‘ich va yetakchi shart-sharoit о‘rtasida qarama-qarshilikni paydo bо‘lishini belgilaydi.

Bu jarayonni Shekspirning hammaga ma’lum «Romeo va Juletta» asari asnosida tushintirishga harakat qilib kо‘ramiz. Pyesa Montekki bilan Kapuletti xizmatkorlari о‘rtasidagi tо‘qnashuvdan boshlanadi. Bu boshlang‘ich voqea. Avvalari talqin qilinganidek kirish qismi (ekspozitsiya) emas - voqeadir. Chunki voqea deganimizda, kо‘z о‘ngimizda maqsad sari mazmunli intilish, harakat namoyon bо‘ladi. «Kirish qismi» deganimizda esa aktyor uchun psixofizik harakat kо‘zga kо‘rinmaydi. Bu iborada aktyor ijodiga turtki beradigan aniqlik yо‘q. Kurashishga kirishishdan avval badantarbiya mashqiga о‘xshagan gap bо‘ladi. Dastlabki daqiqalardanoq tomoshabin diqqatini tortib qо‘lga olish, keskin voqealar rivojiga, asar mazmuniga qiziqtirish muhimdir. Shekspir asarining boshlang‘ich voqeasini tahlil qilib kо‘rar ekanmiz, voqeani nimadan boshlanganligini aniqlaymiz. Deylik «janjal», «mushtlashuv», «olishuvga tayyorgarlik» va nihoyat о‘zaro «qarama-qarshilik, nizo»ni kо‘ramiz. Demak boshlang‘ich voqea, boshlang‘ich berilgan shart-sharoit zamirida yotipti. Biz tahlil qilayotgan holatda bu narsa «ikki oilaning bema’ni dushmanligi, qarama-qarshiligi, nizosi»dir. Shunday holatda mantiq yuzasidan qaraydigan bо‘lsak pyesaning g‘oya va oliy maqsadini yorituvchi bosh voqeasi (pyesadagi eng sо‘ngi voqea) - «Yarashuv» bilan tugashi kerak. «Yarashuv» fe’ldan (yarashmoq) yasalgan ot gap bо‘lagidir. Shuni alohida ta’kidlab о‘tish kerakki, voqealar nomlanishiga gap bо‘lagi bо‘lmish fe’l tarkibini kiritish aktyor tassavurini psixofizik harakatga undovchi sifatida uyg‘otishga xizmat qiladi.

Berilgan shart-sharoitni о‘zgarishi yoki maqsadga erishilishi natijasida voqea о‘z yakunini topadi. Maqsadning hosil bо‘lishi murakkab jarayon va u ruhiy holat bilan bog‘liq. Voqea tomoshabin kо‘z о‘ngida kechishi va qiziqarli bо‘lishi, barcha harakat qiluvchi personajlar voqeada yashashi, birgalikda voqealar ichiga shо‘ng‘ishi, hissiy holatlarni boshdan о‘tkazishi zarur. Voqea obyektiv xarakterga ega, harakat esa har bir aktyor-timsolning subyektiv munosabatlaridan kelib chiqadi. Misol uchun, bordiyu “yong‘in” sodir bо‘lsa (bu obyektiv hodisa - zohiriy haqiqat), har kimning bu voqeaga о‘z munosabati va harakati bо‘ladi (bu subyektiv - botiniy harakat). Kimdir olovni о‘chirmoqchi bо‘ladi, kimdir о‘z mulkini qutqaradi, tо‘plangan odamlar orasida kimdir hamdardlik bildiradi, ehtimol kimdir ich-ichidan xursand bо‘lar. Biroq hamma berilgan vaqt va makonda voqeada ishtirok etadi, yashaydi.



Voqeani rejissor belgilab beradi. Aktyor esa kichik doiradagi shart-sharoitlarda harakat qiladi. Rejissor - voqealar tizimini yaratishda mohir bо‘lishi zarur, chunki voqeasiz sahnaviy hayot bо‘lmaydi.

Tayanch iboralar: voqea; sehrli “agarda”; berilgan shart-sharoitlar; yetakchi shart-sharoit; kichik doiradagi shart-sharoit; о‘rta doiradagi shart-sharoit; katta doiradagi shart-sharoit; inson - rolning oliy maqsadi; harakat; uzluksiz yetakchi harakat; oliy maqsad; boshlang‘ich voqea; bosh voqea; ekspozitsiya; voqealar tizimi.

Savollar:

  1. Tovstonogov va Katsman ta’limotida voqea qanday aniqlanadi?

  2. Berilgan shart-sharoitlarni saralash mohiyati.

  3. Kichik doiradagi sharoit о‘z ichiga nimalarni oladi?

  4. О‘rta doiradagi sharoit о‘z ichiga nimalarni oladi?

  5. Katta doiradagi sharoit о‘z ichiga nimalarni oladi?

  6. Inson va rolning oliy maqsadi nima orqali aks ettiriladi?

  7. Harakatning uzluksiz yetakchi harakat bilan, uzluksiz yetakchi harakatning oliy maqsad va sharoitlar doiralari bilan qanday munosabati bor?

  8. Boshlang‘ich berilgan shart-sharoit nima?

  9. Boshlang‘ich voqea nima?

  10. Bosh voqea nima?

  11. Voqeaning chiziqli tizimi.

2.4. Baholash

Bir voqeadan ikkinchisiga о‘tish - baholash orqali amalga oshiriladi. Aktyor ijodida bu о‘ta muhim, qiziqarli va murakkab psixofizik jarayon.

Voqealarni tabiiy baholash psixofizik jarayon bо‘lib, unda quyidagi bosqichlar mavjud: (Katsman bо‘yicha)

  • Diqqat manbayining о‘zgarishi. Diqqatni tortgan manbaga e’tibor qaratish.

  • Quyidan yuqorigacha bо‘lgan unsurlarni yig‘ish. Manba alomatlarini, xislat va xususiyatlarni anglash, ma’lumot tо‘plash (yuzaki e’tibordan chuqur anglashgacha)

  • Eng yuqori darajadagi alomat kо‘zga tashlanishi bilan yangi munosabat tug‘iladi: hissiy, aqliy. Bular yangi maqsadni maydonga keltiradi.

  • Ana shu bir holatdan boshqasiga о‘tish asnosida sukut, - pauza, “jonsiz” holat paydo bо‘ladi. Ya’ni eski holat hali batamom “о‘lgani” yо‘q, yangisi esa tug‘ilib о‘lgurmagan.

  • Yangi maqsad paydo bо‘ladi, yangi marom - ritm tug‘iladi, yangi harakat va yangi voqea boshlanadi.

Lekin har bir manba, har bir sharoitga nisbatan о‘zgacha ahamiyat berilishi mumkin. Shunday sharoit va voqelik bо‘ladiki, garchand u ishtirokchining xatti-harakatiga ta’sir kо‘rsatmasada unga albatta ahamiyat berish, munosabat bildirish kerak bо‘ladi. Ana shunday о‘tkinchi hodisalar - faktlar aktyor – qahramon holatiga ta’sir etsa-da, uning maqsad, vazifa hamda harakatini о‘zgartirmaydi. Voqea esa, agar u yerda yangi yetakchi shart-sharoit vujudga kelsa, vazifani о‘zgartirishlikni talab qiladi, maqsad va harakatga ta’sir о‘tkazadi.

Voqeani baholash psixologik jarayoniga yanada aniqlik kiritilsa, bizning nazarimizda, quyidagicha kechadi:



  1. Biologik holatdagi о‘zimiz sezmagan, ong osti kо‘rinishidagi harakat. (Kutilmagan dahshatli hodisa rо‘y berganda sо‘zsiz harakat yoki baqirib yuborib, qochish va shunga о‘xshash holatlar);

  2. Manbaga e’tibor qaratish;

  3. Anglash. Tushunishga harakat qilish, fikrlash, idrok qilish. Yangi sharoitda fikrlar oqimining tug‘ilishi muhim ahamiyatga ega. (Katsman bо‘yicha xislatlarni, alomatlarni jamlash);

  4. Eng yuqori darajadagi alomat kо‘zga tashlanishi, idrok etilishi bilan, yangi maqsadni maydonga keltiradigan yangi munosabat tug‘iladi: hissiy, aqliy;

  5. Ana shu bir holatdan boshqasiga о‘tish asnosida sukut, - pauza, “jonsiz” holat paydo bо‘ladi. Ya’ni eski holat hali batamom “о‘lgani” yо‘q, yangisi esa tug‘ilib о‘lgurmagan.

  6. Qaror qabul qilish;

  7. Yangi maqsad paydo bо‘ladi, yangi marom - ritm tug‘iladi, yangi harakat va yangi voqea boshlanadi.

Baholash jarayonining ikkala ta’rifi inson ruhiyatida kechadigan holatlarni kо‘zda tutadi. Faqat Katsmanning baholash ta’rifida biologik holatdagi о‘zimiz sezmagan, ong osti kо‘rinishidagi harakat tushirib qolingan. Insonning tashqi ta’sirlarga javobini (reaksiya) tahlil qilar ekanmiz, ong osti kо‘rinishidagi beixtiyoriy harakatni ham nazarda tutishimiz kerak. Misol uchun, favquloddagi hodisa: avariya, yaralanish, sirg‘alib ketish, kutilmagan uchrashuv va h.k. Sahna sharoitida tashqi ta’sirlarga beixtiyoriy javob tug‘ilishi aktyorning shart-sharoitga berilib ketishiga bog‘liq. Kо‘p hollarda, eng murakkab va tomoshabin uchun eng qiziqirali ta’sirlanish jarayoni, aktyorlar tomonidan bee’tibor qoldirib ketiladi. Aktyor harakat davomida baholash, munosabat bildirishni hech qachon unutmasligi kerak.

Munosabat bildirish, baholash - insonga xos bо‘lgan muhim layoqat bо‘lib, о‘zini qurshab turgan muhitga nisbatan hissiy, aqliy, ma’naviy, jismoniy harakatni talab qiladi. Eng muhimi, sahnada kutilmagan, qiziqarli baholashni keltirib chiqarishdir. Baholashda qahramonning psixologiyasidan kelib chiqqan munosabatlarni, holatini aniqlamoq, belgilamoq о‘ta muhim hisoblanadi. Bu “kichik doiradagi” shart-sharoitga nisbatan unda uyg‘ongan munosabat, tuyg‘udir. “О‘rta doiradagi” shart-sharoit “kichik doiradagi” shart-sharoitga mantiqiy ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun, vaziyatdan kelib chiqib, shart-sharoitlarni saralash, tanlay bilish kerak. Munosabat psixologik qurilma bо‘lib, inson ma’naviyatiga, uning dunyoqarashi, tarbiyasi, e’tiqodiga bog‘liqdir. Aktyor va rejissor personajning fakt va voqealarga munosabatini hamda asar ishtirokchilarining о‘zaro munosabatlarini oldindan, tahlil orqali, ongli ravishda belgilab, miyaning ong osti qatlamiga singdirish va shu bilan beixtiyoriy harakatni ta’minlanishiga harakat qilishlari kerak. Bu yо‘l ongli tahlildan, ong osti harakatga va undan beixtiyoriy, yuqori ong ustki ijodga yetishish yо‘lidir.

Voqeani baholashda bir harakat sо‘nadi, yakun topadi va boshqa harakat paydo bо‘ladi. Bu vaqt va makonda aks etadi. Voqeadan voqeaga о‘tish jarayonida baholash, munosabat bildirishda ikki narsani hisobga olish zarur. Ya’ni, sahnada vaziyatni anglash, baholash, idrok etish jarayonini vaqt jihatdan mumkin qadar uzaytirmoq, ikkinchidan - yetakchi sharoitning о‘zgarishini va baholashni qalbidan о‘tkazmoq, jonli ishonarli ijro etib bermoq muhimdir.

Tayanch iboralar: hodisalarni baholash; voqeaga munosabat; psixik jarayon; ta’sirlanish; diqqat manbayi; unsurlarni yig‘ish; munosabat bildirish; ong; ong osti harakat; anglash; holat va marom; jismoniy faoliyat; ruhiy faoliyat; ixtiyoriy harakat; beixtiyoriy harakat; idrok etish jarayonini uzaytirmoq; jonli ishonarli ijro etib bermoq.

Savollar:


  1. Sahnaviy baholash nima?

  2. Tovstonogov hamda Katsman ta’limotidagi baholashning organik jarayoni nimadan iborat?

  3. Hodisa va voqealarni baholashdagi ruhiy jarayon.

  4. Teatr sana’tining uchta ustuni.

  5. Psixofizik faoliyatda birinchi о‘rinda nima turadi?

  6. Voqelikni baholash nimaga asoslanadi?

  7. Munosabat nimaga asoslanadi?

  8. Hodisa nima?

  9. Voqea nima?

  10. Hodisalarni baholashda ruhiy jarayon nimaga tayanadi?


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish