3.7. Sо‘z xatti-harakati
Aktyorning eng ta’sirchan qurollaridan biri uning ovozi va nutqidir. K.S.Stanislavskiy va uning izdoshlari sо‘z harakatiga katta e’tibor berishgan. Betxoven asarlarini uchta notada о‘ynab bо‘lmaydi. Shekspir asarlarini sahnalashtirishda mehnatning tо‘rtdan uch qismi sо‘z ustida ishlashga ketganidek, Molyer, о‘zbek mumtoz dramaturglari: Shayxzoda, I.Sulton, Uyg‘un, Alisher Navoi asarlarini tomoshabinga yetkazishlikda sо‘zning о‘rni beqiyosdir. Afsuski, etud ustida ishlash jarayonining о‘ziga xos kamchiliklari ham mavjuddir. Tabiiylikka erishish, hayotiy haqiqatni izlash niqobi ostida bugungi sahnamizda adabiy normalarga rioya qilmaydigan, ifodasiz, sodda, oddiy nutq ustuvorlik qilmoqda. Sahna nutqiga, uning teatrga xos bо‘lgan ta’sir kuchi shunchaki о‘tkinchi gap emas. Asar ustidagi etud kо‘rinishiga ega jismoniy harakatlar topish yо‘lida izlanishlar olib borayotgan rejissor, muallif tomonidan berilgan sо‘zlarga о‘tish jarayonida sahna nutqining boy imkoniyatlari, uning badiiy ifodaviyligini mutlaqo unitib qо‘ymasligi kerak.
Aytganimizdek, dramatik teatr san’atida sahnaviy xatti-harakatni tomoshabinga yetkazib, ifodalab beruvchi eng asosiy vosita - bu sо‘zdir. Nemirovich-Danchenko “Sо‘z - ijod toji” - deb, bekorga aytmagan. Aktyorlik san’atining nazariyasi sо‘zga о‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqib yondoshadi. U sо‘zni ta’sir vosita, yoinki “sо‘z xatti-harakati” sifatida о‘rganadi. Bu nazariya aktyorlik san’atining о‘ziga xosligi, uning talablariga tayanadi. Inson ongiga ta’sir etuvchi eng kuchli vosita sifatida sо‘z, obraz yaratish jarayonida mantiqiy xatti-harakatga asoslangan aktyor ijodida katta ahamiyatga ega. “Sо‘z xatti-harakati” aktyorning barcha xatti-harakatlaridan eng muhimi va eng ta’sirchan harakatdir. Aktyor partnyor ongiga sо‘z orqali qanchalik ustalik bilan ta’sir etsa, tomoshabin ham shunchalik ta’sirlanadi. Aktyorlik san’atida sо‘z qudrati bebahodir. Aktyor sо‘z orqali partnyor tasavvuriga ta’sir qiladi, uning ichki kо‘zgusida zarur manzarani hosil qilishga intiladi. Partnyorning “Qulog‘i uchun emas, kо‘zi uchun” harakat qilmoq zarur, deydi K.S.Stanislavskiy. Demakki, о‘z tassavuridagi fikr-manzaralarini partnyorning tasavvuriga singdirishga harakat qilmoq zarur.
Harakat - irodaviy amaldir. Harakat - jismoniy, sо‘z orqali hamda fikriy faoliyatni о‘z ichiga oladi. Bu jarayonlar о‘zaro bog‘liqlikda kechadi.
Sо‘zlash, gapirish - harakat qilish demakdir. О‘z tasavvurimizni boshqalarga singdirish maqsadi harakatimizni faollashtiradi. Boshqalar sizning tasavvuringizdagi manzarani kо‘rishadimi-yо‘qmi, buning ahamiyati siz uchun muhim emas. Bu tabiat va ongosti kuchlarga bog‘liq. Siz uchun maqsadingizga erishish, partnyor tasavvuriga ta’sir etish xohishi, istagi bо‘lsa bas. Xohish, istak esa xatti-harakatni qо‘zg‘atadi.
“Tomoshabin oldiga safsata qilib chiqib ketish va sо‘z orqali ta’sir qilib harakat qilish bu butunlay boshqa-boshqa narsalardir. Birinchi vaziyatda bu “artistlik” qilish, ikkinchi vaziyatda inson sifatida jonli ijro etish demakdir”.22
Sо‘z orqali bо‘ladigan harakatning uchta sharti bor:
Sо‘z osti ma’nosini aniqlab, ohangini ma’noga qarab topish.
Tasavvur qilish – birlamchidir.
Sо‘z harakatining uchinchi sharti - nutq texnikasi.
1. Sо‘zni ohang bilan о‘qish, о‘rganish, yod olish tavsiya etilmaydi. Faqat tasavvurdagi timsolning munosabati, harakati, maqsad va sabablarga asoslanib sо‘zning tub ma’nosini yetkazish mumkin. Berilgan jihatlar orqali tafakkur qilish lozim. Inson ovozining ohangraboligi, gо‘zalligi va ta’sirchanligi, sо‘z va fikrni qalbdan qalbga baqiriq-chaqiriqsiz, tabiiy ovozda yetkazishga ham bog‘liq.
Aktyor о‘z sо‘zlariga qanchalik tashqi ohang bermasin, qanchalik о‘z hissiyotlarini qо‘zg‘atishga harakat qilmasin, qanchalik ularni о‘z boshidan “kechirishga” urinmasin, agarda о‘z tasavvurida gapirayotgan narsasini kо‘rmasa “sо‘z orqali harakat”ga erisha olmaydi. Sо‘zga atayin ohang berish, sun’iylikka, deklamatsiyaga olib kelishi hammaga ayon. Shu bilan birga, aktyor о‘z ovozining ohang imkoniyatlarini boyitmasa, ulardan foydalanishni bilmasa, sо‘z harakati mantig‘ining murakkab hollarida kerak bо‘ladigan yorqin va ifodaviy nutqni egallashi mumkin emas. Shu bois u о‘z nutqining ohangdorligiga e’tibor qaratishga majbur.
Tashqi quruq ohanglardan xolis bо‘lish uchun aktyor ovoz ohangini harakatning ta’sir kuchiga aylantirishi lozim.
Aktyorlar hunarga aylantirgan bu kabi illatlarga qarshi kurash teskari holatga ham olib kelgan va olib kelmoqda. Sahna nutqining ohangdorligi, aniq va ravonligiga e’tiborsizlik natijasida sо‘z о‘z ta’sir kuchini yо‘qotmoqda, sahnadagi sо‘z harakatlari mujmal bо‘lib, asar ma’nosiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. K.S.Stanislavskiy aktyorlardan hamisha purma’no ta’sirchan xatti-harakatlarni talab qilib kelgan, shu jumladan nutqning ohangraboliliga ham katta e’tibor qaratgan. Ammo u, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri quruq ohang ustida ishlashni inkor etgan. Ohanglar maqsad va vazifalardan kelib chiqib, nafaqat yorqin bо‘lishi, ular jonli, harakatga bо‘ysungan bо‘lishi darkor.
K.S.Stanislavskiy bunday ohanglarning tug‘ilishi qonunlarini belgilab ketgan. Agarda aktyor bu qonunlarga bо‘ysungan holda ijod qilsa (ongli - ixtiyoriy yoki ongosti - beixtiyoriy holda) u sо‘z orqali faol harakat qila oladi. Boshqacha aytganda, ohang shakli harakat mazmunidan kelib chiqsa jonli, maqsadga bо‘ysungan, haqqoniy tus oladi.
Agarda inson о‘z maqsadiga yetishish jarayonida jon kuydirsa, gapirayotgan sо‘zlarga befarq bо‘lmasa va bu sо‘zlar qalbini larzaga solsa uning nutqi ham ta’sirchan, ovozi esa ohanglarga boy bо‘ladi. О‘z taassurotlarni yorqin ifodalab bermoqchi bо‘lgan inson ovozining butun kо‘lamidan (diapazonidan) foydalanishga harakat qiladi. Nafaqat ohanglarning turli ranglaridan, qarama-qarshi ranglardan ham foydalanish nutqning ifodaviyligani boyitadi.
2. Tasavvurdagi manzaralar (видение) - birlamchidir. Aktyor qо‘liga olgan rol matnida pyesa ishtirokchisi tasavvurining natijasi berilgan, tasavvurdagi manzaralar esa matn ortida qolib ketgan bо‘ladi. Agarda aktyor matnni sinchiklab о‘rganish, sо‘z osti ma’nolarni ochish orqali, shu tasavvurdagi manzaralarni tiklamasa, agarda uning har galgi ijrosida, har bir sо‘zida bu manzaralar tasavvurida tiklanmasa, bunday aktyor sо‘z orqali partnyor va tomoshabinlarga ta’sir etolmaydi.
Sо‘z orqali munosabatga kirishish jarayonida tasavvurning о‘rni asosiy ahamiyatga egadir. Rol yodlash orqali emas tasavvur qilish orqali о‘zlashtiriladi. Tasavvurning mumkin qadar yorqinlashtirilishi, berilgan shart-sharoitni keskinlashtirilishi aktyor ifodaviyligining belgisidir. Ijodkor qobiliyatining darajasini uning tasavvur va hayolot salohiyati belgilaydi. Ijodiy salohiyat esa ta’sirchanlikka, tasavvurning qudratiga bog‘liq. Odatda, kо‘z о‘ngimda kо‘rganimni - gapiryapman harakatlari bir-biriga mos tushadi. Ba’zan kо‘rganim bilan gapirganim bir-biriga tо‘g‘ri kelmaydi. Bir narsani kо‘ryapman, boshqa narsani gapiryapman. О‘zaro munosabat vaqtida hamsuhbatning tasavvurini uyg‘otish kerak bо‘ladi. Boshqacha qilib aytiladigan bо‘lsa hamsuhbatning qulog‘iga emas, «kо‘ziga», tasavvuriga, hayolotiga ta’sir о‘tkazish zarur. Rol ustidagi ishning dastlabki bosqichida, qahramonning qiyofasi hali tasavvurimizdan uzoqroq bо‘lgani boisidan, qahramon va о‘zimizga yaqin bо‘lgan berilgan shart-sharoitlarga murojaat etganimiz maqsadga muvofiqdir. Bunda etud orqali berilgan shart-sharoitlarni asta-sekinlik bilan о‘zlashtirish, boyitish va tasavvurni uyg‘otish nazarda tutilmoqda. Albatta qahramonga xos bо‘lgan tasavvur manzalarini birdan uyg‘otish anchayin mushkuldir.
3. Nutq texnikasi. Tomoshabin va eshituvchi sо‘z orqali sahnada sodir bо‘layotgan jarayonning ma’nosini anglab boradi.
Timsol - obraz ifodaviyligini yaratish jarayonida nutq texnikasi katta ahamiyatga ega. U sahna nutqining asosiy omillaridan biridir. K.S. Stanislavskiy, obraz ichki dunyosini yorqin va aniq ifoda etilishida timsolga mos ovoz va nutqidan foydalanishga katta e’tibor bergan. “Kechinma” maktab aktyori faqat ovoz va nutq texnikasini egallagandagina о‘zida bо‘lib о‘tayotgan obraz kechinmalarini ifodalab berishi mumkin. Agarda aktyorning ovozi о‘ziga bо‘ysunmasa, imkoniyatlari past bо‘lsa, nutqi ravon bо‘lmasa, diksiya va orfoepik normalardan uzoq bо‘lsa aktyor ijrosida shakl va mazmun bir-biriga zid keladi va “kechinma san’atning” mohiyati buziladi.
Nutqida kamchilik bor bо‘lgan aktyor partnyor ongiga ta’sir etish jarayonida muammolarga duch bо‘ladi, chunki sо‘z orqali ifoda etiladigan fikr va taassurotlarini yetkazib berishga qiynaladi. Sо‘z talaffuzining buzilishi mazmunga putur yetkazadi. Agarda aktyorda nutq nuqsonlari bо‘lmasa-da sо‘zning undosh tovushlarni yamlab, unlilarni qisqartirib gapirsa, talaffuzi aniq bо‘lmasa, demak u, birinchidan, gapirgan gapi nima haqida ekanligini tasavvur qilmayotganligi yoki sо‘zlar nima maqsadda gapirilayotganligini bilmasligi haqida dalolat beradi. Ikkinchidan, u nutq texnikasini egallamagan bо‘ladi. Shunga о‘xshash barcha vaziyatlarda aktyor о‘z tasavvuridagi manzaralarini sо‘z orqali ifodalab berishga ojizlik qiladi.
Sо‘z ta’sirining kuchi о‘ta muhimligini anglagan holda barcha teatr bilim yurtlarida “Sahna nutqi” faniga yakka tarzda о‘qitish uchun soatlar ajratilgan. Bu darslarda bо‘lajak aktyor va rejissorlarni sо‘z harakati va uning ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan yuksak texnikani egallash vazifasi qо‘yilgan. Ammo shunga qaramasdan sahna nutqining bugungi ahvoli aytarli yaxshi emas. Bu holat ham obyektiv, ham subyektiv sabablarga bog‘liq. Obyektiv sabablar: tabiiyki, teatr о‘z taraqqiyotida estetik qarashlarini zamon talablarga mos о‘zgartirib borishga majburdir. Kinematografiya, televideniye ta’siri ostida tomoshabinlarning qabul qilish talabi, didi о‘zgargan va teatr balandparvozlik, deklamatsiya, teatrliylikdan voz kechib, tabiiylikka, hayotiy haqiqatga, naturalizmga intila boshladi. Bu sahna nutqiga ham о‘z ta’sirini о‘tkazdi.
Lekin, ikkilamchi san’at deb yuritiladigan rejissura va aktyorlik san’atida aniq qonun va qoidalarsiz, ichki tushuncha va sezgilarga tayanib ijod qilish “mumkin” degan fikr yursa (chunki bu san’atlar dramaturgiyaga asoslangan va tayyor sо‘zni qalqon qilib olishlari mumkin), “Sahna nutqi” fani ma’lum muqim qoida va qonunlarga bо‘ysunadi. Nafas va ovoz qо‘yish, talaffuz - diksiya, orfoepik normalar haqida tasavvurga ega bо‘lish kamlik qiladi, ular haqida aniq bilim va kо‘nikmalarni egallash, tajriba ortirish muhimdir. Mutaxassis bо‘lmasdan turib ham nutq haqida fikr yuritish mumkin. Ovoz bormi-yо‘qmi, nutqi ravonmi- yо‘qmi, talaffuzi tо‘g‘rimi-yо‘qmi, bularni hamma sezishi mumkin. Ammo nutqning nozik tomonlarini faqat mutaxassis aniqlashi mumkin. Aktyorning nafasi tо‘g‘ri qо‘yilganligi, ovozning qaytargichlarga yо‘naltirilganligi, jarangdorligi, qо‘lami kengligi; maqsad, xatti-harakat, tasavvurga bо‘ysundirilgan ohanglarining rang-barangligi; matn ustida ishlash kо‘nikmalari bormi-yо‘qmi va h.k., bularga faqat mutaxassis javob berishi mumkin. Bо‘lg‘usi rejissor va aktyorlar “Sahna nutqi”ning bunday murakkab sohalarini tajribali pedagog-mutaxassis boshchiligida jiddiy о‘zlashtirishlari lozim.
“Aktyor sо‘zning haykaltaroshi bо‘lishi kerak” - deydi K.S. Stanislavskiy.23
P.Yershov о‘zining “Sо‘z va sо‘zsiz harakat mantig‘i” (Логика словесных и бессловесных действий) kitobida gap tuzish mantig‘iga katta e’tibor qaratgan. “Gap tuzishning ichki psixik tomoni borliqni uzuq-yuluq, tasodifiy bog‘liq qismlarga bо‘lib emas, shu borliqning о‘zaro bog‘liq jihatlarini jamlagan holda yaxlit kо‘ra olishlik bilan bog‘liq. Gap yasashning (лепка фразы) tashqi fizik tomoni uning aniq va ravshan ifodalanishi, ohangida esa uning grammatik hamda ma’noviy qurilmasi aks etmog‘i lozim.
Sо‘z harakatining bu ikkala tomoni bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Agarda aktyor ichki kо‘zgu bilan gapirayotgan gapining nima haqida ekanligini anglasa, ma’no va mag‘zini chaqib, nimani va nima uchun gapirayotganini bilsa, u bu haqda atayin о‘ylab о‘tirmaydi, gap о‘z-о‘zidan о‘z shakl-shamoyilini topadi. Va uning aksi, agarda aktyor gap tuzish qoidalarini bilsa, ma’nosini ochishga harakat qilsa bu о‘z navbatida aktyorning tasavvurini qо‘zg‘atishga yordam beradi.
Birinchidan, gapni turli tarzda yasash, tuzish uning ma’nosiga aniqlik kiritadi, boyitadi va ichki kо‘zgu sathidagi tasvirni yorqinlashtiradi.
Ikkinchidan, har bir gapni turlicha ifodalab berish orqali gapga turli ma’no, hatto aks ma’no tusini ham berish mumkin.
Uchinchidan, gapni tuzish va uning ohangini tо‘g‘ri ifodalab berish sо‘zosti ma’noni ochib berishga bog‘liq”. 24
Aktyorning vaqt va makon birligida topgan moslamalari uning qobiliyati haqida dalolat beradi. Bu tamoyil sо‘z harakati va nutqning ohang boyligiga ham taaдluqli. Partnyor ongiga haqiqiy ta’sir etmoqchi inson hech qachon uzoq vaqt davomida bir xil ohangdan, usuldan foydalanmaydi.
Ohang boyligiga erishish uchun aktyor, birinchidan - tasavvurni takomillashtirish, boyitish zarur. Gapirayotgan gapi ostida turgan tasvirni ichki kо‘zgusida yorqin, timsoliy tarzda kо‘rishi kerak. Ikkinchidan - sо‘z va gapning aniq va ravon yetkazish kо‘nikmasiga ega bо‘lishi va uchinchidan - sо‘z harakati uslubiyatidan mohirona foydalanishi zarur. Tomoshabin voqealar oqimini sо‘z orqali anglab yetadi. Sо‘zning aniq va ravon yetib kelmasligi, betaэsirligi, yamlanib, chaynalib gapirish - birinchi navbatda tomoshabinga, qolaversa muallif va о‘z kasbiga nisbatan hurmatsizlik belgisidir.
Tayanch iboralar: matn; sо‘z osti ma’nosi; tasavvur; ma’no ohangi; talaffuz; nutq texnikasi; ovoz, nafas; sо‘z harakati; sо‘z ta’sirchanligi.
Savollar:
Xatti-harakat qaysi jiрatlarni о‘z faoliyatiga qamrab olgan?
Harakatning qaysi jarayonlarida о‘zaro bog‘liqlik bor?
Sо‘z orqali bо‘ladigan harakatning qanday shartlari bor?
Harakat jarayonida tasavvurning о‘rni qanday?
Sо‘z harakatida nutq texnikasining о‘rni qanday?
Fikriy harakat
Fikriy faoliyat - insonga xos bо‘lgan anglash qobiliyati, bizni qurshab turgan borliqni tafakur qililishdir. Fikriy harakat – diqqat bilan biror narsa haqida о‘ylashdir. Bu ham boshqa harakatlarga о‘xshagan, ammo yetakchi shart-sharoitga qarab, ayni vaqtda nima tо‘g‘risida о‘ylash hamda sizni nima bezovta qilayotganligiga bog‘liqdir.
Inson fikrlash jarayonida doimo biron-bir muammo yoki masalaning yechimini topishga harakat qiladi. Fikrlash jarayoni inson xohish va istagiga qarama-qarshi yangi shart-sharoit tug‘ilishiga bog‘liqdir. Ayni shu damda о‘z xohishi, istagi va unga qarshi bо‘lgan sharoit-sharoit о‘rtasidagi tug‘ilgan muammoning yechimini topishga harakat qiladi. Bu sharoitlar haqiqatdan mavjud, yoki bо‘lishi mumkin bо‘lgan, о‘zi о‘ylab chiqargan, yoki taxmin qilgan shart-sharoitlardir. О‘ylayotgan odam о‘zi anglamagan holda turli tashqi harakat bilan ovora bо‘lish mumkin: qо‘lida biror narsani aylantirishi, qalam chaynashi, panjalar bilan taqillatishi, chekishi, iyagini qashilash va h.k.. Ma’lum bir vaqt о‘tgach ana shu mayda harakatlar birdaniga tо‘xtab qoladi. Odam bir damginaga qotib qoldi. Bu holat ayni shu damda yangi fikr, yangi timsol, yangi tassavvur paydo bо‘lganligi haqida dalolat beradi (albatta, bu harakatdan tо‘xtash tashqi omillarga bog‘liq bо‘lmasa).
Fikriy harakat jarayonida kо‘z oldiga keladigan tasavvur obyektlari aktyordan tashqarida bо‘ladi va о‘ziga mos jismoniy hamda plastik harakatlarni talab qiladi.
Fikriy jarayonidagi tasavvur kichik doiradagi berilgan shart-sharoitga bog‘liq. Sо‘zsiz, bu vaziyatda ziddiyat hamda uning yechimi bо‘lishi shart. Ayniqsa bunday vaziyatlar “sukut chegarasi”, “sukut sarhadi” mavjud bо‘lgan sahnalarda namoyon bо‘ladi. K.S.Stanislavskiy “Aktyorning aktyorligi sukut paytida (pauzada) bilinadi” - deb bekorga aytmagan. Ishtirokchi - personajni bezovta qilayotgan muammo fikrlash jarayonida uning tasavvurida yorqin kо‘rinadi hamda shu muammoni hal qilish yо‘llarini qidirish fikrlash harakatida aks ettiriladi. Fikriy jarayonning jismoniy kо‘rinishi kо‘zga kо‘p ham tashlanmaydi. Muhimi, ayni vaziyatda kechayotgan jarayon uchun muqobil harakat topishda. Misol tariqasida Rodenning “Mutafakkir” haykalini olib kо‘rishimiz mumkin. Yoki Nikolay Gritsenko S.Bondarchukning “Anna Karenina” filmida hayotiy ahamiyatga ega muhim muammoni hal etish jarayonida moslama sifatida uzukdan foydalanadi.
Harakatning jismoniy kо‘rinishi aniq belgilanishi barobarinda, aktyorning fikriy harakati har safar badihaviylik va topqirlikni talab qiladi. Fikr hamisha ham sо‘z bilan ifodalanmaydi. Aksariyat paytlarda inson avvaliga timsollar qiyofasini g‘ira-shira kо‘z oldiga keltiradi. Qandaydir sharpalar, tovushlar, rang, shakllar, harakatlar va h.k.. Bu sezgilar, kо‘rinishlar ichki sо‘zga aylantiriladi. Sо‘z - fikrlash natijasi о‘laroq tug‘iladi. Ichki sо‘z orqali fikr shakllanadi. О‘z navbatida ichki sо‘z ishtirokchi - aktyorning ruhiy hayotini gavdalantirishga yordam beradi. Ichki sо‘z badihaviy-topqirlikka (improvizatsiya)ga asoslangan bо‘lib, u tasavvur bilan bevosita bog‘liqdir. Ularni bir qolipga solib qо‘yishlik “о‘lik teatr”ni keltirib chiqaradi. Ichki sо‘z bilan sо‘z harakati bir vaqtning о‘zida faoliyat olib borishi mumkin emas.
“Modomiki men fikrlayapman - demak tirikman” degan matal aktyorlik faoliyatiga juda mos tushadi. A.Qodiriy, Oybek, L.N.Tolstoy, F.M.Dostoyevskiy, N.V.Gogol, E.Xemenguey, Djoys, Prust kabi buyuk adiblarning asarlaridagi qahramonlarning ichki sо‘zlariga professional kо‘z bilan qarashka odatlanish kerak.
О‘qitish uslubiyatida ichki sо‘z, fikrlashga tayanish kerak. Uni hamisha rivojlantirish va dastlabki mashqlardanoq unga alohida urg‘u berish kerak. Albatta bu о‘rinda aktyorlik mahoratining barcha unsurlarini hisobga olib yondoshmoq maqsadga muvofiqdir. Ichki sо‘z bilan tasavvur о‘zaro chambarchas bog‘liq. Shuning uchun sahnaviy diqqat, oddiy jismoniy harakatlarni xotirada saqlab qolish, topqirlikni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar chog‘ida ichki jarayonga, ichki sо‘zga, fikrlashga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi.
Insonning fikriy faoliyati kundalik yashash jarayonida uzluksiz bо‘lib, tasavvurdagi odamlar bilan hamisha muloqotda bо‘ladi. Inson hayotining о‘zi munozaralardan iborat. Hamxona bilan, hamroh bilan, о‘z-о‘zi bilan hamisha ichki muloqotda kirishiladi. Muloqot esa kundalik hayot mazmunini tashkil etadi. Aktyorning sahnaviy faoliyati davomida ichki muloqot uning diqqat markazida turishi shart.
Ayniqsa, sahnadagi hamrohning harakatini qabul qilish, idrok etish jarayonida ichki sо‘z va fikriy faoliyat tо‘xtab qolmasligi shart. Personajning sahnada bо‘layotgan voqealarga aniq munosabat bildirish, ya’ni qabul qilish, idrok etish, baho berish natijasida, aktyorda о‘z-о‘zidan kerakli vaqtda aniq harakat va improvizatsion moslamalar tug‘iladi. Bunda ichki sо‘z va fikriy faoliyat hamisha qо‘l keladi. Aktyorning psixotexnikasi deganimizda, biron bir sahna asarini tahlil qilish asnosida qahramonlarda tug‘iladigan ichki sо‘z va fikriy faoliyat tizimi nazarda tutiladi. Ya’ni, sodir bо‘layotgan hodisalardan kelib chiqib ishtirokchining maqsad va vazifalarini, xatti-harakatini bir tizimga keltirish, munosabatlar sabablarini aniqlash va h.k. Bu - ixtiyoriy, ongli ravishdagi amalni beixtiyoriy, ongosti amaliyotiga aylantirishdan iborat faoliyatdir.
Diqqat bilan mantiqiy fikrlash jarayonining umum qoidalari monolog ustida ishlash paytida qо‘l keladi. Monolog - о‘ylash, fikrlash demakdir. Fikrlash, о‘ylash bilan sahnaviy monolog ijro etish о‘rtasidagi farqi inson о‘ylagan paytida ovoz chiqarmasdan о‘ylaydi, sahnadan monolog о‘qiyotganida esa ovoz chiqarib о‘ylaydi. Ayni “ovoz chiqarib diqqat bilan mantiqiy fikrlash” jarayoni monologni haqiqiy, maqsadga bо‘ysundirilgan harakatga aylantiradi.
Tayanch iboralar: aktyor psixotexnikasi; kichik doiradagi berilgan shart-sharoitda fikriy harakat; “sukut chegarasi”, “sukut sarhadi”; ichki sо‘z va fikriy faoliyat; topqirlik; badihaviylik; “о‘lik teatr”; tasavvurdagi obyektlar; qabul qilish, hazm qilish; baho berish; sahnaviy voqealarga munosabat bildirish; nutq texnikasi; badiiy ifodaviylik; monolog.
Savollar:
Insondagi fikriy faoliyatning о‘rni qanday?
Fikriy faoliyat qanday vaziyatlarga bog‘liq?
Kо‘rish manbyai kо‘pincha qayerda bо‘ladi?
Aktyorning fikriy faoliyati qanday bо‘lishi kerak?
Ichki sо‘z nimalarda aks etadi?
Uslubiyatda nimaga alohida e’tibor qaratish kerak?
Fikriy faoliyat ruhiy jarayonda qanday kechadi?
Qabul qilish va vaziyatni baholashda fikriy faoliyatning о‘rni.
Matnni qanday о‘zlashtirish kerak?
Sо‘z harkati orqali tomoshabinga fikrni yetkazishda, sahna nutqining tutgan о‘rni.
3.9. Amaliy mashg‘ulotlar
Xatti-harakat tahlili rejissor uchun pо‘stlog‘i qalin bо‘lgan yong‘oqdir. Talaba qanchalik kо‘p kitob о‘qigani bilan uni mukammal egallab olishi qiyin. Avvalo mashaqqatli mehnat, tinimsiz amaliy tajribalar о‘tkazish, aktyorlar bilan yuzlab etudlar, mashq qilish orqaligina muvaffaqiyatga erishish mumkin. Mazkur kitobda “qanday qilib” degan tavsiyalarni о‘qigan bilan u amaliyotda tajriba qilib kо‘rilmasa, shaxsiy yutuq va kamchiliklar orqali sinovdan о‘tkazilmagan bо‘lsa hech bir natijaga erishib bо‘lmaydi. Shuning uchun nafaqat о‘qish davrida, rejissor bir umr ijodiy yondoshgan holda xatti-harakat uslubiyatidan tо‘g‘ri foydalana olishi, о‘zida kо‘nikma hosil qilishi kerak.
*Amaliy topshiriqlar: Talabalar mustaqil ravishda avval bir pardali, keyin kо‘p pardali pyesalarni tahlil qilish kerak. Tahlil natijalarini rejissorlar bilan о‘tkaziladigan guruhli mashg‘ulotlarda muhokamadan о‘tkazish zarur. Bundan tashqari bu “aqliy tadqiqotlar”ni aktyorlar bilan birgalikda “vujudiy sinov” orqali sahnada jonlantirishni tinimsiz mashq qilib о‘zlashtirish kerak.
Tahlil uchun tavsiya etiladigan bir pardali pyesalar:
A.Avloniy «Advokatlik osonmi?» (Легко ли быть адвокатом?)
Xamza Xakimzoda «Kim tо‘g‘ri?» (Кто прав?)
«Burungi saylovlar» (Выборы старого времени)
SH.Boshbekov “Charog‘bonlar”
A.S.Pushkin – Kichik fojealar
A.P.Chexov «Yubiley»
«Iltimos»
«Ayiq»
«Tо‘y»
B.Brext «Опасный мальчик»
Golsuorsi «Высшая мера»
«Солнце»
U.Saroyan «Эй, кто нибуд!»
«В горах моё сердце»
V.Rozov «Четыре капли»
A.Vampilov «Провинсиальние анекдоти»
Tayanch iboralar
Pyesaning xatti-harakat tahlili; badiiy asarning mavzu va g‘oyasiga bо‘lgan asos; xatti-harakat tahlili uslubiyati; jismoniy harakat uslubiyati; hatti-harakat tahlilining chizma-loyihasi (sxemasi); oliy maqsad; badiiy asarning ma’nosi; tо‘qima; tasavvur; tо‘qimaning haqqoniyligi; badiiy haqiqat; sezgi; hissiyotlar; о‘ziga xoslik; vaqt va makon san’ati; san’atning sintetik turi; san’atning jamoa turi; sahnaviy ziddiyat; kurash, spektakldagi burilishlar; rol ijro etish, rolni aks ettirish, namoyish etish, rolni boshdan kechirish; sezgini yaratish; taqlidiy teatr; kechinma teatr; insonning ruhiy hayotini harakatga keltiradigan omillar; hatti-harakat; berilgan shart-sharoit; ziddiyatlarni keskinlashtirish qonuni; maqsadlar; vazifalar; moslashuv; badiha topqirlik; fikriy, jismoniy, sо‘z orqali harakatlar; sahnaviy munosabatlar; diqqat manbayi; marom; sur’at; voqea; oliy maqsad; baholash; hodisa; “buyumsiz etud”; aqliy sinov; badan orqali sinash; mavzu; g‘oya; berilgan shart-sharoit; kichik doiradagi berilgan shart-sharoit; о‘rta doiradagi berilgan shart-sharoit; katta doiradagi berilgan shart-sharoit; inson-rolning oliy maqsadi; mavzu; g‘oya; asar sujeti; yetakchi shart-sharoit; jismoniy harakatning haqqoniyligi; asarning uzluksiz yetakchi harakati; inson-rolning uzluksiz yetakchi harakati; oliy maqsad; eng oliy maqsad; inson-rolning oliy maqsadi; boshlang‘ich voqea; asosiy voqea; markaziy voqea; yakuniy voqea; bosh voqea; sо‘z harakati; matn; sо‘z osti ma’nosi; ohang; kо‘rish; talaffuz ravonligi; texnika; dialog - sо‘zlashuv; ruhiy jarayon; monolog ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |