1.1-rasm. O’z-o’zidan uyg’onuvchi generatorning blok sxemasi.
Bu sistemaning o’z-o’zidan uyg’onishidir. Demak, xar bir o’z-o’zidan uyg’onuvchi generator musbat teskari bog’lanishli kuchaytirgichdan iborat bo’lar ekan. Unda kirish signali vazifasi teskari bog’lanish kuchlanishi bajaradi (1.1-rasm). Shunga ko’ra (1.1) ifoda generatsiya shartlari deb ataladi. Uning birinchi ifodasi fazalar balansi yoki fazalar sharti deb, ikkinchi esa, amplitudalar balansi yoki amplitudalar sharti deb ataladi.
Fazalar sharti teskari bog’lanish zanjirining chiqish kuchlanishi kirish signalining o’rnini bosa olishini ifodalasa, amplitudalar sharti bu kuchlanishning tebrnishi tutib turish uchun etarligini ifodalaydi.
K, kattaliklar chastotaga bog’liq miqdorlardir. Shuning uchun (1.1) generatsiya shartlari yakka chastota uchun, yoki bir vaqtda bir nechta chastota (chastota spektri) uchun bajarilishi mumkin. Agar ular yakka chastota uchun bajarilsa, generator sinusoidal (kosinusoidal) tebranishlar xosil qiladi va garmonik tebranishlar generatori bo’ladi. Agar generatsiya shartlari chastotalari spektri uchun bajarilsa, garmonik bo’lmagan tebranishlar xosil bo’ladi va generator relaksacion tebranish generatori bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, (1.1) generatsiya shartlari tebranish xosil bo’lishining zarur shartidir. Lekin xosil bo’ladigan tebranishlarning statsionar amplitudasi va tebranish shaklini boxalash uchun etarli emas.
Amali jixatdan amplitudalar sharti birdan kattaroq qilib olinadi . Bu xosil qilinadigan tebranishlar amplitudasining o’sishini ta’minlashi kerak. Lekin generator kuchaytiruvchi elementining xarakteristikasi egri chiziqli bo’lgani uchun uning cheksiz o’sishiga yo’l qoymaydi, ya’ni amplitudaning o’sishini chegaralaydi.
LC- generator yuqori chastotali generator bo’lib, musbat teskari bog’lanishli rezonans kuchaytirgichdan iborat. Uning tuzilish sxemalari xilma-xil bo’ladi va turli belgilar asosida bir- biridan farqlanadi. Masalan, teskari bog’lanish zanjirining ulanish usuliga qarab generatorlarga ajiraladi. Manbaning nagruzka konturi bilan bog’lanishiga qarab generator sxemasi ketma- ket va parallel manbai deb ataladi. Ketma-ket manbai sxemada kolektor yoki stok tokening o’zgarmas tashkil etuvchisi nagruzka konturidan o’tsa, parallel sxema bundan mustasno bo’ladi. Unda o’zgarmas va o’zgaruvchang tashkil etuvchilar bir- biridan ajratilgan bo’ladi.
1.2- rasmda LC- generatorning soddalashtirilgan prinsipial sxemasi ko’rsatilgan. U teskari bog’lanish zanjiri transformator bog’lanishli ( g’altak) ketma- ket manbali sxemadir. Unda xosil bo’ladigan tebranishlar, asosan, narguzka konturining parametrlari bilan xarakterlanadi.
Rezonans vaqtida kontur sof rezitiv tabiatiga ega, chunki .
Do'stlaringiz bilan baham: |