OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI SAGIDULLAEVA SHAXNOZANING RADIOELEKTRONIKA ASOSLARI FANIDAN “GENERATSIYA SHARTLARI. LC GENERATOR. LC GENERATORNING ISH REJIMI. RS GENERATOR. IKKI KASKADLI RS GENERATOR. BIR KASKADLI RS GENERATOR. IMS INTEGRAL MIKROSXEMADAGI GARMONIK TEBRANISH GENERATORI.”
KURS ISHI
TAYYORLADI SAGIDULLAEVA SH.
QABUL QILDI TAGAEV M.
NUKUS 2022
Mavzu: Generatsiya shartlari. LC generator. LC generatorining ish rejimi. RS generator. Ikki kaskadli RS generator. Bir kaskadli RS generator. IMS integral mikosxemadagi garmonik tebranish generatori
Reja:
I Kirish.
II Asosiy qism.
1. Generator shartlari. LC generator.
2. LC generatorininh ish rejimi.
3. RC generator.
III Xulosa.
IV Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Fizikaviy tajribalar texnikasida va radio elektronikaning ko’p soxalarida elektr tebranishlarini xosil qiladigan qurilmalar katta axamiyatga ega.
O’zgarmas tok manbai energiyasini biror shakil va chostatali o’zgaruvchang tok (kuchlanish) energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma elektr signali generatori deb ataladi. Ayrim xollarda maxsus rejimda ishlovchi yuqori chostatali katta quvvatli kuchaytirgichlar ham elektr signali generatori deyiladi. Qurilmada hosil qilinayotgan tebranishning chostatasi va shakli chiziqli bo’lmagan element xususiyatlariga va qurilmaning sxemasiga bog’liq bo’ladi.
Uyg’otilish – tebranish xosil qilish usuliga qarab generatorlar tashqi va ichki turtki ta’sirida ishlovchi generatorlarga ajiratiladi.
Tashqi turtki ta’sirida uyg’onadigan generatorlar, asosan, rezonans kuchaytirgichdan iborat bo’lib, aslida tebranish manbai bo’lmay, balki kam quvvatli signalni kuchaytirib beradi, xolos. Ular yuqori chostatali generator xisoblanadi. Tebranish chostatasi nagruzka konturining rezonans chostatosiga teng bo’lib amplitudasi tashqi kuch bilan belgilanadi. Bunday generatorlarda tebranish chostotasi kvars kristali orqali berilishi mumkin (kvars generatorlari).
Ichki turtki ta’sirida uyg’onadigan generatorlar o’z - o’zidan tebranish xosil qiluvchi generator bo’lib, ular avtogenerator deb ham ataladi. Ularda tebranish chastotasi va amplitudasi qurilmaning xususiy parametrlari orqali belgilanadi.
Tebranish shakliga sinuslar (kosinuslar) qonuni boyicha o’zgaradigan tebranish ishlab chiqaradigan generatorlar garminik tebranish generatori deb, aks xolda esa, garmonik bo’lmagan – relaksacion tebranish generator deb ataladi.
Garmonik tebranish generatorlari past va yuqori chastotali generatorlarga bo’linadi.Ularga RC va LC – generatorlar misol bo’ladi.
Qurilmada tebranish xosil bo’lish xodisasi generatsiya deb ataladi. Uning vjudga kelishi uchun ma’lum shartlar bajarilishi kerak. Ularni generaciya shartlari deb ataladi.
Kuchaytirgichlarda musbat teskari bog’lanish ( ) bo’lganda kuchaytirgish koeffitsentining teskari bog’lanish parametri K ortish bilan o’sishini, kuchaytirgish jarayoni stabilligi kamayishini aniqlagan edik. Ana shu nostabillik o’z-o’zidan tebranish xosil bo’lishining zarur sharti deb qabul qilinadi. Xaqiyqatan ham
(1.1)
shartlar bajarilganda sistemaning natijaviy kuchaytirgich koeffitsenti cheksizga aylanadi. Bu sistemaga chekli amplitudali signal ta’sir etganda uning chiqishda cheksiz amplitudali tebranish xosil bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Lekin cheksiz amplitudali tebranish fizikaviy ma’noga ega emas. Shuning uchun (1.1) ifoda qurilmaning chiqishida chekli amplitudali tebranish xosil bo’lishi uchun kirish signalining xojati yoqligini ko’rsatadi.