4. Zamonaviy boshqaruvga yondasha bilishi qobiliyati qaysi xodimga tegishli hisoblanadi?
a) menejer
b) marketolog
d) gid tarjimon
e) turoperator
5. Butunjahon mehmonxonalar assotsiatsiyasi qachon tuzilgan?
a) 1946- yil
b) 1985- yil
d) 1970- yil
e) 1959- yil
17- mavzu. TURIZM XIZMATLARIDA MARKETING
TADQIQOTLARINI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI
Reja:
17.1. Turizm xizmatlarida marketing faoliyatining mazmuni
17.2. Turizmda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish
17.1. Turizm xizmatlarida marketing faoliyatining mazmuni
Hozirgi paytda turizm oqimi turizm sohasi rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida turizm xizmatlar bozoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm xizmatlar bozori qanchalik kengaysa va bozorda turistik mahsulotlar qanchalik ko‘paysa, ushbu bozorda turizm mahsulotlarini oluvchilar soni ham ko‘payadi. Turistik bozorda turistik mahsulotlarning ko‘payishi o‘sha bozor joylashgan mamlakatlarda turizm sohasining rivojlanganligini ko‘rsatadi. Marketning birinchi ma’nosi – «bozor»; ikkinchi ma’nosi – «bozorda sotish yoki sotib olish»; uchinchi ma’nosi – bozorbop, bozorgir, haridorbop so‘zlarida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida marketing faoliyati mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan, talab va takliflarning biri-biriga to‘g‘ri kelishi uchun erkin va raqobatli almashuvdan iborat bo‘ladi. Marketingning mazmuni hozirgi vaqtda turizm marketingining ta’rifi ko‘proq quyidagi olimlarning xulosalari bo‘ycha berilmoqda. Kvartalnov V.A.24 – «Marketing bu-mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchining – iste’molchiga harakatlanishi faoliyatidir. Turizmda tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan – iste’molchiga oqimi jarayonlari har xil talqinda berilmoqda. Turizm marketingi turistik mahsulotni sotish va reklama qilish faoliyatigina emas. Bu turizm marketingining bir tomonigina xolos. Marketing turizmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va bu tovar va xizmatlarni bozorga chiqarishini ta’minlash, sotish tizimini – maqsadli, strategik boshqarish faoliyatidir». Durovich A.25– «Marketing – bu zamonaviy biznesni boshqarishning bozor tizimini o‘zida mujassamlashtirgan iste’molning hamma tomonlarini, talablarini diqqat bilan tizimli o‘rganish natijasida o‘sha iste’molchiga moslashgan ishlab chiqaruvni tashkil qilish va iste’molchilar, haridorlarni jalb qiladigan tovar va xizmatlarni bozorga chiqarish tizimidir». Ahmadxo‘jayev H. va boshqalar26– «Marketing falsafasi quyidagicha – korxona sotilishi mo‘ljaldagi darajada foyda miqdorlari oldindan ta’minlangan mahsulotni ishlab chiqarishi lozim». Marketing faoliyati ishlab chiqarishni oldindan belgilangan hajmlarda va muayyan texnik – iqtisodiy taklifnomalarga javob beradigan, ya’ni sotilishini, firmaning eng yuqori foyda olishini, yoki bozorda mustahkam mavqe egallashni ta’minlay oladigan, raqobatbardoshli mahsulotni, bozor talabini o‘rganish va uni hisobga olish orqali mavjud ehtiyojni ko‘paytirib, uni to‘la ta’minlashga qaratilgan». Kotler F.27– «Marketing bu – ayirboshlash asosida talab va ehtiyojni qondiradigan kishilik faoliyatining turi. Marketing – tadbirkorlik faoliyatining falsafasi va instrumenti».
Do'stlaringiz bilan baham: |