Safarov, G. R. Tursunova turizm asoslari t oshkent – 2014 I. S. Tuxliyev, R. Hayitboyev, B. Sh. Safarov, G. R. Tursunova


Turizmda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish



Download 15,04 Mb.
bet124/181
Sana28.09.2022
Hajmi15,04 Mb.
#850648
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181
Bog'liq
7.Туризм асослари 2014

17.2. Turizmda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish

Turizm sohasidagi sharoit o‘zgarishi bilan faoliyatlar ham o‘zgarib turadi. Sharoitning o‘zgarishi esa sohada davlat siyosatining o‘zgarishi, zamonaviy ilg‘or tajriba va takliflarning kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, ma’lum bir davlatda yangi turistik ob’ektlarning ochilishi va barpo qilinishi, turizmga milliylik an’analarining ta’siri ham sohada tovarlar ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish sharoitlarini o‘zgartirishni talab qiladi. Bunday sharoitlarda turistik tashkilotlar to‘xtovsiz, doimiy ravishda marketing tadqiqotlarini o‘tkazib turishlari shart bo‘ladi. Aks holda turistik tashkilot bozorda o‘z mavqeini pasaytirib yuborishi mumkin.


Marketing tadqiqotlari tushunchasi nima va bu tadqiqotlar qanday amalga oshiriladi. Ilmiy va amaliyotga bag‘ishlangan adabiyotlarda marketing tadqiqotlarining ma’nosi, ta’rifi turlicha talqin qilinadi. Eslatib o‘tish lozimki, marketingning hozirgi paytda 2000 dan ziyod ta’rifi bor. Lekin qayd qilish lozimki, keyingi 10 yillardagi yaratilgan ilmiy adabiyotlarda marketing tadqiqotlarining eng muhim yo‘nalishlarida umumiylikga e’tibor berila boshlandi. Hozirgi vaqtda marketing tadqiqotlari ta’rifi chet el ilmiy adabiyotlarida ham Rossiyalik mutaxassislar ilmiy adabiyotida ham bir xil ta’rifda berilmoqda.
Marketing tadqiqotlarining ob’ekti – iste’molchilar, iste’molchilar xohlaydigan tovar-xizmatlar xususiyati, raqobatli tovarlar, tovarlarning turlari, servis xizmatlari darajasi, tovarlarni o‘rash va iste’molchilarning istiqboldagi talablari hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlarining predmeti – quyidagilar hisoblanadi:

  • munosabatlar (iqtisodiy, ijtimoiy, shaxsiy);

  • marketing instrumentlarini qo‘llash natijalari (xabardor qilish, sotib olish, iste’molchilarning ehtirosli ta’sirchanligi, raqobatchilarning qarshi tadbirlari);

  • tarkiblar – bozor, talab, taklif, marketing;

  • tavsiflar – turistik mahsulot, iste’molchilarning marketing instrumentlari;

  • marketing tadbirlarining samaradorligi.

Marketing tadqiqotlarining maqsadi–mahsulotning sifati va ko‘rsatkichlarning texnik iqtisodiy parametrlarga mos kelishi, iste’molchilarning talablariga mos kelishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini o‘rganish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq qilish natijasida iste’molchilarning mahsulotlar parametrlari (dizayn, mustahkamlik, ishonchlilik, servis va h.k.) bilan yaqindan tanishish, tanlashini va saralashini ta’minlashdan iborat.
Bozor qonuniyatlari bo‘yicha bozordagi tovarlarni haridor tanlashni, saralashni boshladimi, u albatda harid qiladi. Bu holatda ko‘proq tanlangan tovarlarning reklamasini ishlab chiqarish zarurati, imkoniyatlari yuzaga keladi. Turizmda marketing tadqiqotlarining maqsadini umumiy fikrlarni jamlab quyidagicha belgilash mumkin:

  1. Katta va kichik muammolarni aniqlash.

  2. Korxonaning maqsadli bozorlar bilan aloqalarini quvvatlash.

  3. Harajatlarni pasaytirish.

  4. Yangi daromad manbalarini ishlab chiqish.

  5. Tovar va xizmatlarni sotishning eng qulay usullari va amaliyotini ishlab chiqish.

  6. Haridorlar tomonidan qulay, xushmuomila munosabatlarni yaratish.

Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifasibozorda raqobatchilar faoliyati va ulardan o‘tib ketishni ta’minlash asoslarini yaratishdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun hatto raqobatchilar bilan hamkorlik qilish, kooperatsiyalarga qo‘shilish ham mumkin. Bu maqsadlarga, yechimlarga kelish uchun raqobatchilarning kuchli va kuchsiz tomonlari o‘rganiladi. Ularning bozordagi o‘rni, iste’molchilarning raqobatchilar faoliyatiga, tovarlariga munosabati, raqobatchilarning moliyaviy imkoniyatlari, ularning boshqaruv usullari tahlil qilinadi. Raqobatchilar, «faoliyati» to‘liq o‘rganib chiqilgandan keyin bozorda «liderlik» qilish tadbirlarini ishlab chiqishga o‘tish yoki boshlash mumkin bo‘ladi. Marketing tadqiqotlarining aniq natijalari turistik tashkilotning strategiyasi va taktikasini belgilashga va uni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari turlicha bo‘lib, bu yo‘nalishlarning barchasi ham o‘ziga xos, kerakli natijalarni berishi isbotlangan. Biz turistik tashkilotlarda o‘tkaziladigan marketing tadqiqotlari shakllarining muhimlariga to‘xtalamiz.

Download 15,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish