Sadulloyeva shahloning


Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari



Download 78,87 Kb.
bet5/5
Sana04.04.2022
Hajmi78,87 Kb.
#528301
1   2   3   4   5
Bog'liq
TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA SINF RAXBARINING PEDAGOGIK MAHORATI

2.2. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
– pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;

  • ulg’atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.

Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
a) fan to’garaklari;
b) mohir qo’llar to’garaklari;
v) duradgorlik to’garaklari;
g) sport to’garagi;
d) badiiy havaskorlik to’garagi.
O’rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi.
Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni dunyo qarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
– o’quvchilarning sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;
– sinfdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish;
– umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
– o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
– tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish;
– tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
–tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
– sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.
Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Sinfdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo’lsa-da, o’sha maktablarning o’ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko’rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Og’zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar.
3. Ko’rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar huquq-targ’ibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari, maqsad va vazifaaari.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do’stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o’zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan muhitdan himoya qilish.
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning uchun: – yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko’maklashish, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg’otish;
– o’quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o’stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
– har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko’rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
– insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg’onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo’lanishi lozim.
– vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o’zaro munosabat-muloqotni o’rganish, o’z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo’lib turish, O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O’zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog’iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
– qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o’zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya;
– mustaqil davlatimiz – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o’z xalqining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to’g’ri tushuntirmoq kerak;
– turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish;
– sog’lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo’lish istagini shakllantirish;
– yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim :
– tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;
– yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish;
– milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
– shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o’quvchilar o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo’lish,
Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O’smir yigit va qizlar nafaqat bo’lg’usi katta hayotga tayyorgarlik ko’radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o’ziga xosligi shundaki, to’garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o’smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm – farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalr ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagoglarning har biri o‘zicha, paypslab ijodiy izlanish olib boadi, Ayni bir xil savollarni: shaxslar bilan, pedagoglar jamoai bilan qanday qilib til topish mumkin? Qanday qilib qisqa muddat ichida tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning haqqoniy manzarasiga erishmoq kerak?
Tarbiyalanuvchilarni pedagogik talablarni bajarishga qanday qilib majbur etish mumkin? Qanday qilib yaxshi pedagogik ruhiyatni saqlab qolish va o‘z kuch –qo‘vvatini oqilona sarflash mumkin? Degan savollarni muttasil takrorlaydi va hakoza.
Bu kabi savollarga javob berish uchun pedagogdan odatdan tashqari kuch – g‘ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlar olib boirishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql idrokni, o‘z topilmalarining qimmatini aniqlash qobiliyatini talab qiladi. Pedagogika fani bilan tarbiya san’atining o‘zviy aloqadorligi zarurki, u yuksak kasb mahoratini ta’minlaydi. Pedagogika fikrlashga o‘rgatadi, murakkab pedagogik muammolarni hal qilish uchun to‘g‘ri yo‘l yo‘riq va ilmiy asoslangan yo‘llarni ko‘rsatadi, pedagogning pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasi va texnikasi bilan qurollantiradi. Biroq texnikaning tarkibiy qismlari bilan mahorat o‘rtasidagi nisbatning dialektik muammolarini to‘g‘ri hal qilish uchun tayyor andazalar, mutloqo aniq tavsiyalar qaerda bo‘lishi mumkin, qaerda bo‘lishi mumkin emas, degan savolga javob berishi mumkin.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o‘rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o‘rtasida g‘oyat murakkab bog‘liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O‘quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish bo‘lmaydi.
Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tahlil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir – biriga bog‘liq bo‘ladi va alohida tarzdi amalga oshirilmaydi. Maqsadni amlga oshirish usuli – bo‘lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo‘yish uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma’lum darajada qo‘llanilgan har qanday vosita natija beradi, hatto biror sababga ko‘ra maqsad aniq ifodalanmagan bo‘lsa ham natija bervermaydi.
Sinf rahbari lavozimiga tayinlash ta'lim muassasasi direktorining buyrug'i bilan amalga oshiriladi va rahbarning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi. Majburiy shart - bu oliy yoki pedagogik ma'lumotning mavjudligi.
Sinfda bolalarni tarbiyalash, maktabdan tashqari rivojlantirish va bolalarni tarbiyalashni tashkil etish, maktab va ta'lim muhitida bolalar va bolalar jamoasi manfaatlarini himoya qilish, o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashni tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Tajribada mavjud bo‘lgan pedagogik vositalarning ikkitasini ko‘rib chiqamiz.
Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar Bilan bog‘liq bo‘ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan bosqichida ta’sir ko‘rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag‘batlantirish bir xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to‘siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli – tuman ko‘irinishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Ikkinchi: ayrim vositalarni qo‘llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin bo‘lgan o‘zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog‘liq bo‘ladi. jamoa muomala sharoitida vositalarni qo‘llash minut sayin o‘zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqazo qiladi.
Hozircha biz ko‘proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy faoliyatda esa vositalar, maqsadlar va natijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g‘oyat turli – tuman ehtiyojlar va daxvolarning avj olishi bilan to‘la bo‘ladiki, bu barcha jonli manzara doimo bir kishining – pedagog tarbiyachining diqqat markazida bo‘lishi lozim.
Agar pedagogik san’at haqida gapirganda, chamasi, uning asosiy ko‘rinishlari – o‘quvchilarga umidbaxsh faraz bilan yondoshish, talab va ishonchning birligi, uning shaxsga avayla munosabatda bo‘lish, uni hurmat qilishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Pedagogik umidbaxshlik hatto eng qarovsiz o‘quvchi ham o‘zida ko‘pgina ijobiy narsalarga egadir, degan ishonchga asoslangan.
Pedagogik mahorat o‘ziga o‘quvchilar haqidagi, ularning psixologiyasi to‘g‘risidagi, ta’lim muassasasi haqidagi, ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyani tashkil etadi, pedagog, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o‘z ishining chinakam ustasi bo‘la olmaydi, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andazalarni ishlatishdan nariga o‘tmaydi.
Biroq zamonaviy sinf rahbariga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi – maxsus bilimlar va malakalar: o‘quvchilarni kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, bu muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir – biriga o‘tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo‘ladi.
Sinf rahbari yangi tajribalarni o‘rganar ekan, o‘zining hayotiy bilmini, his etgan va anglagan narsalarini, o‘z tajribasini aslo kamsitmasligi kerak. Sinf rahbarni keng va dadil tajribachilik ishlariga yo‘llash zarur.
Sinf rahbari nixoyatda maxsulyatli va murakkab vazifani bajaradi. U
sinfdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o‘quvchilarning murabbiysi, sinfni tashkil etadi xamda kamolot tashkilotchilari, o‘qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi. Sharqning benazir olimi, donishmand Abu Ali inb Sino o‘zining "Donishnoma" kitobidatarbiya va ta'lim xususida fikr, yuritib, har bir shaxsning o‘ziga xos nihoyasini o‘zi-o‘zidan paydo bo‘lmasdan, balki shaxs rivojlanishi jarayonida qay tarzda vujudga kelishi juda aniq tasvirlab bergan. Ya'ni, endi tug‘ilgan go‘dakda faqat tinahissiyot bo‘lishini, shaxsning boshqa psixologik xususiyatlari:diqqat, idrok, xotira, tafakkur esa shaxs tarbiyasi davomida paydo bo‘lishini alohidauqtirgan. Demak, shundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilarda,darsga kirgan vaqtdafaqattina hissiyot xukmron. O‘quvchidan yuqorida ta'kidlangan ketma-ketlik (diqqat, iroda, idrok, xotira, tafakkur) esa o‘z o‘rnida kelishi va ular tafakkurida yuqori darajali bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish o‘qituvchining mahoratiga bevosita bog‘liqdir.
So‘nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o‘quv yurtining sinf rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o‘quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar qo‘yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida sinf birlashib o‘quv yurtini tashkil etadilar. Aloxida sinf jamoalari ko‘lga kiritgan ta’lim vatarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o‘quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Shu nuqtai nazardan sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. SHuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni sevadigano‘qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o‘quvchining o‘qishgabo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi xayoti rejalarini amalga oshirish, o‘quvchilarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, o‘z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
SHuningdek,sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. CHunki, tashkilotchilik tushunchasining o‘zi keng maxnoga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarnitashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funktsiyasi bir necha elementlarga bog‘liqdir:
A. O‘tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Sinfda o‘tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo‘lib, ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiy ishlarni o‘tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Sinf rahbari oldiga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun o‘z oldiga aniq vazifa qo‘ya bilish lozim.
E. Sinf rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o‘tazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxsla va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‘g‘ri
taqsimlash, ishga boshqa o‘qituvchilarni, ota-onalar, o‘quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Sinf rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi.
1. Har bir o‘quvchini shaxs sifatida o‘rganish.
2. O‘quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish.
3. Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash.
4. Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish.
5. Fan o‘qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini ( koordinatsiyalash) birlashtirish.
6. O‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlash.
7. Sinf rahbari fan o‘qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‘p qirrali muhim vazifalarini bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar qo‘ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi. Demak yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat..
1.Yuqori g‘oyaviylik va onglilik.
2 Sinf rahbari katta obro‘ga ehtiromga va hurmatga ega bo‘lishi
3 Pedagogik mahorat
4 Madaniy qobiliyatning mavdudligi
5 Pedagogik odobga ega bo‘lish
6 Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromda bo‘lish
7 Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bulish
8 Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lish
9 Sinf rahbari kasbini yuqoriga ko‘tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo‘lish.
Ta’lim jarayoni o‘qituvchi ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir.Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan o‘qituvchilik mahorati hech qachon bir yo‘nalishda qotib qolmasligi kerak.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, zamonaviy maktabni boshqarish murakkab, ko‘p komponentli tashkiliy tuzilishlarga ega bo‘lib, bunda asosiy maqsadga, ya’ni o‘quvchilarni hayotga tayyorlash, ularni mehnatga va murakkab ijtimoiy shart-sharoitlarga mustaqil ravishda tezroq moslashishlarini ta’minlashga erishishda ta’lim muassasasidagi barcha subyektlarning sa’y harakatlarini shu maqsad yo‘lida birlashtirish, o‘zaro hamkorlik muhitini yaratish muhimdir. Maktabda to‘garak ishlarini tashkil etish „Barkamol avlod“ bolalar markazlari xalq ta’limi tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, asosiy vazifasi o‘quvchi-yoshlarning maktabdan va sinfdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ajdodlarimizning necha ming yillik madaniy merosini bugungi kun yutuqlari bilan boyitib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazishdan iborat. Maktabdan tashqari ta’limni milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, hududiy o‘ziga xoslik asosida tashkil etib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh qilish davr talabiga aylandi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan davlat talablari ilmiy va hayotiy jihatdan asoslangan bo‘lib, „Barkamol avlod“ bolalar markazlarining ta’lim-tarbiyaviy mazmuni va uni o‘zlashtirish darajasining zaruriy quyi chegarasini belgilaydi hamda baholash mezonlarini aniqlab beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida „Madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish“ zarurligi ta’kidlangan. Ta’lim sifatini yaxshilash, tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini belgilaydi. Bola sog‘lom va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun uning qalbida o‘qishga intilish hissini o‘stirish, ongida kasb-hunar va mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, Vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga mehr-muhabbatni tarbiyalash lozim. Bola o‘zi o‘rganayotgan hunarning jamiyatdagi o‘rnini chuqur anglashi lozim. Ustozlar an’anasini davom ettirish, mehnatsevarlik fazilatlari, aqlli va tadbirkor bo‘lish, halol mehnat qilish hissi bolada ilk mashg‘ulotdan boshlaboq shakllana borishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Asosiy adabiyotlar.
1.Shavkat Mirziyoev, Miromonovich Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- Toshkent: «O'zbekiston», 2016.
2.I.A.Karimov. Yuksakma’naviyat – yengilmaskuch. – T.: Ma’naviyat, 1998.
3. Barkamolavlodorzusi. – T.: «Sharq» nashriyoti, 1999 yil.
4. O.Musurmonova. Ma’naviyqadriyatdarvayoshlartarbiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1996 yil.
5. Inomova K.M. Oilada bolalarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi T: Fan, 1999.
6. Jo‘rayev A.J. «Tarbiyaviy darslarni o‘tish». T.: “O‘qituvchi”, 1994.
7. G.Mo‘minova, A.Jo‘rayev. Sinf rahbari - sinf tarbiyaviy soatlar tashkilotchisi. “O‘qituvchi”. NMIU. T.: 2012 y
8. R.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.Xoliqberdiyev. Pedagogika. Toshkent, O‘qituvchi. 1998-yil.
9. Karimova V. “Psixologiya” T., “O’qituvchi” 2001 y.
10. K.Hoshimov “Pedagogika tarixi antalogiyasi” “O’qituvchi” T., 1999 y
11. O’.Asqarova, M.Xayitbaev, M.Nishonov “Pedagogika” T., “Talqin” 2008 y
12. O. Hasanboyeva “Oila pedagogikasi” T., “Aloqachi” 2007 yil


INTERNET SAYTLARI:
http: www.ziyo.net.uz.
http: www.pedagog.uz.
http: www.edu.uz.
http: www.referat.uz.


Download 78,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish