Fenilalanin va tirozin almashinuvining buzilishi bilan bog‘Iiq
kasalliklar
Turli to ‘qimalarda fenilalanin va tirozin almashinuvida qatnashuv-
chi fermentlar nuqsoni bilan bog‘liq bir necha irsiy kasalliklar
m a’Ium.
224
Fenilketonuriya. SogTom insonlar jigarida fenilalaninning ko‘p
bo‘lmagan qismi (-1 0 %) fenillaktat va fenilatsetilglutaminga
aylanadi. Fenilalanin katabolizmining fenilalaningidroksilaza ka-
talizlaydigan bu yo‘li tirozin o ‘zgarishi buzilganda asosiy bo‘ladi.
Bunday o ‘zgarish giperfenilalaninemiya va siydikda alternativ yo 1
metabolitlarining — fenilpiruvat, fenilatsetat, fenillaktat va fenilat-
setilglutamin miqdorining ko‘payishi bilan kechadi. Fenilalanin
gidroksilaza nuqsoni fenilketonuriya (FKU) kasalligiga olib qiladi.
FKUning 2 xil shakli farqlanadi.
Klassik FKU — fenilalaningidroksilaza genidagi mutatsiyalarga
bog‘liq irsiy kasallik, ferment faolligining pasayishi yoki to liq
inaktivlanishiga olib keladi. Bunda fenilalanin konsentratsiyasi qonda
20 - 30 marta (m e’yorda — 1,0 - 2,0 mg/dl), siydikda m e’yorga
(30 mg/dl) nisbatan 100 — 300 marotaba ortadi. Fenilpiruvat va
fenillaktat konsentratsiyasi siydikda, m e’yorda umuman bo‘lmagani
holda, 300 - 600 mg/dl ga yetadi.
FKUning eng og‘ir ko‘rinishlari — aqliy va jism oniy livojlanish-
ning ortda qolishi, qaltirash sindromi, pigmentatsiyaning o zgarishi-
dir. Davolanmaganda bemorlar 30 yoshgacha yashashi mumkin.
Kasallikning chaqaloqlarda uchrash chastotasi — 1:10 000. Kasal
lik autosom-retsessiv turda nasldan-naslga o tadi. FKUning og ii
ko‘rinishlari miya hujayralariga fenilalanin, fenilpiruvat, fenillak-
tatlam ing yuqori konsentratsiyalarining toksik ta siri bilan bog‘liq.
Fenilalaninning yuqori konsentratsiyalari tirozin va ti iptofanning
gematoensefalik to‘siq orqali o ‘tishini chegaralaydi va neyiome-
diatorlar (dofamin, noradrenalin va serotonin) sintezini tormozlaydi.
Variantli FKU (kofermentga bog‘liq giperfenilalaninemiya) —
H4BP metabolizmini nazorat qiluvchi genlardagi mutatsiya oqibatidir.
Klinik ko‘rinishlari klassik FKU ko‘rinishlariga yaqin, lekin aynan
to ‘g ‘ri kelmaydi. Kasallikning uchrashi — 1 min chaqaloqqa 1 -
2 holat. H4BP nafaqat fenilalaninning gidroksillanish reaksiyalari
uchun, balki tirozin va triptofan uchun ham kerak, shuning uchun
bu koferment yetishmaganda bu 3 aminokislotaning metabolizmi,
shuningdek neyromediatorlar sintezi ham buziladi.
Hozirgi vaqtda FKUga javobgar gen mutatsiyasining tashxisini
DNK diagnostikasi usullari (restriksion analiz va PZR) yordamida
o ‘tkazish mumkin.
225
Tirozinemiyalar.
Tirozin
katabolizmining
jigardagi
ba’zi
o ‘zgarishlari tirozinemiya va tirozinuriyaga olib keladi. 3 turdagi
tirozinem iya tafovut qilinadi.
I tur tirozinem iya (tirozinoz). Kasallik sababi fumarilatsetatni
fumarat va atsetoatsetatga parchalanishini katalizlaydigan fumariat-
setoatsetatgidroksilaza fermenti nuqsonidir. To‘planadigan meta-
bolitlar b a’zi fermentlar va aminokislotalar transport tizimlarining
faolligini pasaytiradi. Bu o ‘zgarishning patofiziologiyasi murakkab.
Tirozinozning o ‘tkir shakli chaqaloqlar uchun xosdir. Klinik ko‘ri-
nishlari — diareya, qusish va o ‘sishdan orqada qolish. Davolanmasa
bolalar 6-8 oyda jig ar yetishmovchiligidan nobud bo‘ladi. Surunkali
shakli o ‘xshash, lekin kam simptomlarga ega. 10 yoshda oMim
sodir bo‘ladi. Bemorlar qonida tirozin miqdori m e’yorga nisbatan
bir necha marotaba yuqori. Davolash uchun tirozin va fenilalaninni
kam saqlagan parhezdan foydalaniladi.
II tur tirozinemiya (Rixner-Xanxort sindromi). Kasallik sababi
— tirozinam inotransferaza fermentining nuqsoni. Bemorlarda
qonda
tirozin
konsentratsiyasi
ko‘paygan.
Kasallikka
ko‘z,
terining jarohatlanishi, yaqqol rivojlanmagan aqliy zaiflik, harakat
koordinatsiyasining buzilishi xosdir.
Chaqaloqlar tirozinemiyasi (qisqa davrli).
Kasallik para-
gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotaga aylantiruvchi para-
gidroksifenilpiruvatdioksigenaza fermenti faolligining pasayishi
natijasida vujudga keladi. Natijada bemorlar qonida para-gidrok-
sifenilatsetet, tirozin va fenilalanin konsentratsiyasi ko‘payadi.
Davo- lashda oqsil va vitamin C kam saqlaydigan parhez beriladi.
Alkaptonuriya («qora siydik»). Kasallik sababi — gomogentizin
kislota dioksigenazasidagi nuqson. Bu kasallik uchun siydik bilan
ko‘p miqdorda gomogentizin kislotaning ajralishi xarakterli, u havo
kislorodi bilan oksidlanib, qora pigmentlar - alkaptonlar hosil qiladi.
Bu metabolik o ‘zgarish XVI asrdayoq yozilgan bo‘lib, kasallikning
o ‘zi 1859-yiIda yoritilgan. Kasallikning klinik ko‘rinishlari boflib,
havoda siydikning qorayishidan tashqari, biriktiruvchi to ‘qimaning
pigmentatsiyasi (oxronoz) va artrit hisoblanadi. Uchrash chastotasi
— 1 mln chaqaloqqa 2-5 holat. Kasallik autosom-retsessiv tipda
nasldan naslga o ‘tadi. Hozirgi vaqtgacha nuqson genning geterozigot
tashuvchilarini diagnostik aniqlash usullari topilmagan.
226
Albinizm. Metabolik o ‘zgarishning sababi — tirozinazaning
tug‘ma nuqsoni. Bu ferment melanotsitlarda tirozinning DOFAga
aylanishini katalizlaydi. Tirozinaza nuqsoni natijasida melanin
pigmentlarining sintezi buziladi. Albinizmning (lotincha
cilbus
—
oq) klinik koTinishlari — teri va soch pigmentlarining boim asligi.
Bemorlarda kolpincha koTish pasaygan, yorugTiqdan qoTqadi.
Bunday bemorlar uzoq vaqt quyosh ta ’sirida bo‘lsalar, teri saratoni
rivojlanadi. Kasallikning uchrash chastotasi - 1:20000.
Katexolaminlar sintezining buzilishi turli nerv-psixik kasalliklami
keltirib chiqarishi mumkin, patologik o ‘zgarishlar ulaming pasayishi
va ko‘payishida ham kuzatiladi.
Parkinson kasalligi. Kasallik miya qora substansiyasida dotamin
yetishmaganda rivojlanadi. Bu eng keng tarqalgan nevrologik kasallik
(60 yoshdan oshgan insonlar o ‘rtasida uchrash chastotasi - 1:200).
Bu patologiyada tirozingidroksilaza, DOFA-dekarboksilaza faolligi
pasaygan. Kasallik uch asosiy simptom bilan kechadi: akineziya
(harakatlar chegaralangan), rigidlik (mushaklar zo ‘riqishi), tremor
(qaltirash). Dofamin gematoensefalik to ‘siq orqali o ‘ta olmaydi va
dori vositasi sifatida ishlatilmaydi. Parkinsonizmni davolashning
quyidagi tamoyillari taklif qilinadi:
° dofaminning o‘tmishdosh preparatlari bilan o ‘rnini bosuvchi
davolash (DOFAhosilalari) — levodop, madopar, nakom va
boshqalar;
° MAO ingibitorlari bilan dofamin inaktivlanishini kamaytirish
(deprenil, nialamid, pirazidol va boshqalar).
Depressiv holatlar ko‘pincha nerv hujayralarida dofamin va
noradrenalin miqdorining pasayishi bilan bogMiq. M iyaning chakka
qismida dofamin gipersekretsiyasi shizofreniyada kuzatiladi.
Xartnup kasalligi. Triptofan almashinuvining maxsus buzilish-
lariga xosdir. Siydik bilan ko‘p miqdorda indolilatsetat, indolilat-
setilglutamin va indikan ajralishi, ammo indolilsut kislotaning
nor- mal miqdorda ajralishi tufayli, ehtimol, metabolik o ‘zgarish
tripto- fan almashinuvining 1-reaksiyasi bilan bogMiq bo‘lib, asosan
dekar- boksillanish sodir boMadi. Terida pellagrasimon jarohatlanish,
psixik o ‘zgarishlar, atakinez hamda giperaminoasiduriya kuzatiladi.
Zamo- naviy dalillarga ko‘ra, Xartnup kasalligidagi metabolik
nuqson tripto- fanning ichakda so‘rilishi hamda triptofan va uning
227
almashinuv mah- sulotlarini buyraklarda reabsorbsiyasining irsiy
buzilishiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |