[ Gipotalamus |
5
0
14.3-rasm.
Erkak jin siy gormonlari
sintezi va sekretsiyasining
boshqarilishi
Testosteronning nishon-a’zolariga embrional Volf tuzilm alari,
spermatogoniylar, mushaklar,
suyaklar, buyraklar va m iya kiradi.
Boshqa steroid gormonlar singari androgenlar ham hujayra ichiga
kirib retseptor bilan bogTanadi va xromatinning m a’ lum sohalaridagi
genlami faollaydi, natijada bu genlaming
oqsil mahsulotlari
androgenlaming biologik effektini yuzaga chiqaradi.
Androgenlaming fiziologik ta’siri organizm hayotining turli
davrlarida turlicha namoyon bofiadi. Embrionda androgenlar ta sirida
Volf yo‘ llaridan tuxumdon ortiqlari (epididim is), urug‘ chiqaruvchi
yo ‘ l va urug‘ pufakchasi hosil bo‘ ladi. Homila o‘g ’ il bo‘ Isa, m iyasida
m askulinizatsiya jarayoni sodir bo‘ ladi.
Androgenlar organizmga
kuchli anabolik ta’sir ko'rsatadi va hujayra bo‘ linishini tezlashtiradi,
shuning uchun prepubertat davrda androgenlar miqdorining ortishi
organizmning tez o ‘sishi, skelet mushaklarning kattalashishi,
suyaklaming o‘sishiga olib keladi. Lekin shu bilan birga androgenlar,
343
o ‘sish zonalarining suyaklashishi va naysimon suyaklar epifizlarining
suyak diafizlari bilan birikib
ketishini kuchaytirgani uchun, bo‘y
o‘ sishini to‘xtatadi. Androgenlar teri va sochlar strukturasini
o‘zgartiradi, ovoz boylam larini qalinlashtirishi va hiqildoq hajmini
kattalashtirishi hisobiga
ovoz tembrini pasaytiradi, yog‘ bezlari
sekretsiyasini stim ullaydi.
Erkak jin siy gormonlari asosan jigard a 17-ketosteroidlar hosil
bo lish y o ‘ li bilan parchalanadi. Testosteronning yarim
parchalanish
davri bir necha o‘n daqiqadan ortmaydi. Katta yoshli erkaklarda o
zgarm agan testosteronning 1 % dan ortiq bo‘ lmagan qismi siydik
bilan
chiqib ketadi, qolgan asosiy qismi esa jigarda parchalanadi.
Degidroepiandrosteron asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda
chiqib
ketadi. Ayrim
kasalliklarda
17-ketosteroidlar
odatiy
shakllarining siydik bilan chiqib ketishining kam ayishiga ekvivalent
ravishda, androgenlaming gidroksillangan shakllarining siydik
bilan ekskretsiyasi oshgan b o iad i. Ayollarda 17-ketosteroidlar
testosterondan hosil bo‘ lishi m umkinligini ham eslatib o‘tamiz.
17-ketosteroidlar ekskretsiyasi kam bo‘ lgan ayollar orasida sut bezi
takining uchrash chastotasi yuqori bo‘ lishi aniqlangan.
Testosteron
va uning sintetik analogi (testosteron-propionat) sut bezi rakini
davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: