Teshiklarni xoninglash. Xoninglashning (xoning-jarayon) moxiyati shundan iboratki, dastlab razvyortkalangan, jilvirlangan yoki yo‘nib olingan teshik aylanadigan hamda ylgarilanma-qaytma harakatga ega bo‘lgan abrazivli qo‘zg‘aluvchan oltita (ba’zan, undan ham ko‘p) to‘sinchali maxsus kallak (xon) bilan mexanik usulda pardozlanadi. Abraziv to‘sinchalarning radial yo‘nalishdagi harakati mexanik, gidravlik yoki pnevmatik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Xoninglash natijasida silliq va yaltiroq, yuqori sinf aniqligidagi va tozaligidagi sirt hosil bo‘ladi. 10-20% texnik moy va kerosin aralashmasi bilan sovutiladi, aralashma ajralib chiqadigan abraziv zarralarni ham olib ketib turadi.
Xoninglash dastgohdarini gidravlik surgichli, bir va ko‘p shpindelli qilib tayyorlanadi.
Teshiklarni ishqalash (o‘lchamig‘a etkazish). Ishqalash jarayonining mohiyati shundan iboratki, cho‘yandan yoki misdan tayyorlangan ishqalagich yordamida toza ishlov berilgan sirtdan g‘adir-budirlikni yo‘qotishni tushuni-ladi.
Kichik diametrli teshiklarni hosil qilish usullari.
mm gacha qalinlikdagi po‘lat va 5 mm gacha qalinliqdagi rangli metallardan tayyorlangan detallarda 3,5 mm gacha diametrli teshiklar hosil qilishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
Konduktor bo‘yicha parmalash.
Dastlab kernlab olib, so‘ng parmalash.
SHtamplarda teshik hosil qilish.
YUqorida ko‘rsatilgan usullarda hosil qilingan teshiklarning diametr bo‘yicha aniqligi va o‘lararo masofalarining aniqligiga yuqori talab qo‘yilgan bo‘lsa, bu teshiklar yakuniy o‘lchami olingunga qadar shtamplarda kalibrlanadi.
Konduktor bo‘yicha parmalash yuqorida ko‘rsatilgan kichik diametrli teshiklarni hosil qilish usullaridan unumdorligi pastligi va quyi aniqlikka erishishi bilan farq qiladi. Konduktor bo‘yicha parmalashda konduktorni o‘rnatishga yoki unga detalni joylashtirishta, mahkamlashga va parmalab bo‘lingandan keyin detalni olishga vaqt ko‘p sarf bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi vtulka va parma orasida tirqish mavjudligi tufayli hosil bo‘ladigan xatolikka konduktorni tayyorlash xatoligi ham qushilib, hosil qilingan kichik diametrli teshikning aniqligi past bo‘ladi. Konduktor bo‘yicha parmalanganda, koordinata bo‘yicha markazlararo masofa aniqligi 0,05 mm ga erishiladi.
Dastlab kernlab olib, so‘ng parmalash kernlovchi shtamplar yordamida seriyali va yalpi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Kernlovchi shtamplar detallardagi parmalanadigan joylarini aniq belgilash uchun xizmat qiladi. Ular qimmatbaho konduktorni almashtirgan holda mayda seriyali ishlab chiqarishda ham qo‘llanishi mumkin.
Kern bo‘yicha parmalashda markazlararo masofa aniqligi konduktor bo‘yicha parmalashga nisbatan yuqori bo‘ladi, aniqlik koordinata bo‘yicha 0,03 mm ga etadi.
Parallel o‘qyai kam sonli teshikli detallarda kern bo‘yicha parmalash kichik parmalash dastgohlarida amalga oshiriladi; agar detalda teshiklar soni ko‘p bo‘lsa, kern bo‘yicha parmalashda yuqori unumdorli, ko‘p shpindelli parmalash yarim avtomat va avtomatlar qo’llaniladi. Bitga parmalovchi 4—5 ta dastgohga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Detalda bir paytda, detal o‘lchamiga qarab, 2 tadan 25 tagacha teshik hosil qilish mumkin.
Biroq hozirgi ko‘lamdagi ishlab chiqarishda yassi detallarda parallel o‘qli kichik diametrli teshiklar hosil qilish uchun unumdorli va aniq usul — shtamplarda teshik hosil qilish usuli qo‘llanilmokda.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, teshik o‘yuvchi shtamp yordamida bir paytning o‘zida (polzunning bir marta yurishida) ko‘p sonli teshiklar (20 ta va undan ortiq) hosil qilinadi. Bunda konduktor bo‘yicha va kern bo‘yicha teshik hosil qilishga nisbatan markazlararo masofa yuqori aniqlikka erishiladi.
YAssi detallarda teshiklar o‘qlarining parallelligi yuqori aniqpikda olinishi talab qilinsa (diametri bo‘yicha 0,005 mm, markazlararo masofalari bo‘yicha 0,0075-0,01 mm), parmalash operatsiyasidan yoki teshik hosil qilin-gandan keyin yakunlovchi operatsiya — shtamplarda teshik-larni kalibrlash operatsiyasi qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |