Abraziv asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish
Teshiklarni jilvirlash. Ichki jilvirlash dastgohlarida. Teshiklar quyidagi usullarda jilvirlanadi:
Patronga mahkamlangan holda detalni aylantirib jilvirlash (11.3-rasm).
SHpindelning planetar harakatga ega bo‘lgan dastgohda qo‘zg‘almas holatida jilvirlash (11.4-rasm, a).
Detal mahkamlanmagan va aylanib turgan holatda markazsiz jilvirlash (11.4-rasm, b).
11.3- rasm. Ichki jilvirlash dastgohida teshiklarga ishlov berish sxemasi 1-ishlov beriladigan detal;
- jilvirtosh doirasi
Birinchi usul keng tarqalgan (11.3-rasm). Bu usulda ishlov beriladigan detal sozlanadigan kulachokli o‘zi markazlovchi patronga yoki dastgoh shpindeliga o‘rnatilgan maxsus moslamaga mahkamlanadi. SHunday usulda mah kamlangan detal aylanadi, o‘z o‘qi atrofida katta chastotada aylanadigan dumaloq jilvirtosh doirasi ilgarilanma-qaytma va ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Jilvirtosh doirasining ko‘ndalang va bo‘ylama harakat-lanishining har bir yurishida teshik sirtidan yupqa qatlam ko‘chadi.
Ikkinchi usulda, ya’ni detal qo‘zg‘almas holatda, shpindeli planetar harakatlanadigan gorizontal yoki vertikal dastgohlarda teshik jilvirlanadi. 11.4-rasm a da ichki jilvirlashda
dumaloq jilvirtosh doirasi 2 va detal 1 joylashishi va shpindelning harakatlanish sxemasi ko‘rsatilgan: I — o‘z o‘qi bo‘yicha aylanishi, II — detal ichki sirtiniig aylanasi bo‘yicha planetar harakatlanishi, III — detalning o‘qi bo‘yicha ilgarilanma-qaytma harakatlani-shi va IV — ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi, ya’ni ko‘ndalang surish. Bunday turkumdagi dastgohlarda oddiy jilvirlash dastgohlarida jilvirlashning imkoni bo‘lmagan detallarning tashqi silindrik sirtlarini ham jilvirlash mumkin.
Bu dastgohlar unumdorligi past bo‘lganligi sababli faqat goqori unumdorlikka ega bo‘lgan dastgohlarda jilvirlashning imkoni bo‘lmagan yirik detallarni jilvirlashda qo‘llaniladi.
Jilvirlashning uchinchi usuli — markazsiz jilvirlashdir. Bu usulda mahkamlanmagan holda aylanib turgan detaldagi teshiklarni quyidagi sxema bo‘yicha jilvirlanadi (11.4-rasm, b). Tashqi diametri bo‘yicha dastlab jil-
virlab olingan detal uchta roliklar yordamida yo‘naltiriladi va tutib turiladi. Katta diametrli rolik 1 yetaklovchi bo‘lib hisoblanadi; u detal 2 ni aylantiradi va shu Bilan birga detalning jilvirtosh doirasi 3 ning katta tezlikda aylanib ketishdan saqlab turadi. YUqorigi ezuvchi rolik 5 detalni yetaklovchi rolik 1 ga va pastki tutib turuvchi rolik 4 ga tiraydi. Uchta rolik orasida qisilgan dstal yetaklovchi rolik 1 ning tezligiga teng bo‘lgan tezlikka ega bo‘ladi.
Detalni almashtirishda ezuvchi rolik 5 detalni bo‘shatish uchun chap tomonga suriladi, bu esa yangi detalni qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda almashtirishga imkon beradi.
Markazsiz jilvirlashda teshik diametri bo‘yicha IT11 va xattoki, IT 12 kvalitet bo‘yicha ishlov berish aniqligiga erishish mumkin. Bu usulni diametri 10 mm dan 200 mm gacha bo‘lgan teshiklarni ichki jilvirlashda qo‘llash mumkip. Bu usul dumalash podshipniklarining halqalarini jilvirlashda keng qo‘llaniladi. Markazsiz jilvirlashda jilvirlaiganteshiklarning‘o‘lchamlariniavtomatikravishdao’lchash mumkin.