Ishqalash (o‘lchamiga etkazish). Ishqalash dastlab jilvirlab olingan detal sirtlarini yakunlovchi pardozlash uchun xizmat qiladi. Tashqi silindrik sirtlarni ishqalash abraziv mikrokukunni (o‘lchami 3 mkm dan 20 mkm gacha kattalikdagi donachali) moy yoki maxsus pasta bilan dastlab yopishtirib olinadigan (bunda ishqalovchi sirtga abraziv donachalarni botirish tushuniladi) cho‘yandan, bronzadan yoki misdan tayyorlanadigan ishqalagich yordamida amalga oshiriladi. Abraziv kukunni tayyorlash uchun korund, xrom oksidi, temir oksidi va boshqalardan foydalaniladi. Pastalar abraziv kukun va kimyoviy aktiv moddalardan tarkib topadi. Ular turli tarkibga ega bo‘ladi. Masalan, voskni va parafinni moy va kerosin bilan aralashtirilgan pastalar qo‘llaniladi. Yakka tartibli ishlab chiqarishda va taxmirlash ustaxonalarida detallarning tashqi silindrik sirtlari, masalan, vallarning bo‘yinlari, ishqalanuvchi detal o‘lchami bo‘yicha charxlangan, mis, bronza, vtulkalar ko‘rinishidash ishqalagich yordamida oddiy tokarlik dastgohdarida amalga oshiriladi. Vtulka bir tomonidan qirqilgan bo‘lib, unga pasta surkaladi yoki tekis yupqa qatlamda mayda korund kukuni mashina moyi bilan surkaladi. Keyin vtulka qisqichiga o’rnatiladi. ishlov beriladigan detalga kirgiziladi. Qisqkchni bolt bilan torta borib, bir tekkisda kul yordamida ishkalagichni aylanuvchi detalga kiritiladi. Ishkalashda detalni suyuq mashina moyi yoki kerosin bilan moylab turish foydali bo’ladi.
10.4-rasm. Dumaloq jilvirlash sxemalari: sirtni jilvirlash
Ishqalash uchun diametrga 5—20 mkm atrofida qo‘yim qoldiriladi. Ishqalash paytida detalning aylanish tez-liga 10 — 20 m/min bo‘ladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda ishqalash maxsus ishqalovchi dastgoh larda amalga oshiriladi.
Tebranuvchi qayroqlar yordamida mexanik ravishda o‘lchamiga etkazish (superfinish). Superfinish yassi, dumalok botiq, egilgan, tashqi, ichki va shunga o‘xshash sirtlar o‘ta toza ishlov berish usulidan iborat. Bu usul avtomobil sanoatida eng ko‘p qo‘llaniladi. Superfinish tebranuvchi qayroqlar yordamida sirtlarga ishlov berishni nazarda tutadi, bunda uchta, ba’zida esa undan ham ko‘p yo‘nalishlarda harakatlar operatsiyaga oshadi, Detalning aylanishi dan tashqari qayroqlar bo‘ylama va tebranuvchi harakatga ega bo‘ladi. Asosiy ishchi harakat bo‘lib qayroqning tebranma harakati xizmat qiladi. Bunda qayroqlarning yurishi 2 — 6 mm ni tashkil etadi, ikkilanma tebranishlar esa minutiga 200 ming martagacha bo‘ladi. Superfinishning g‘oyasi "takrorlanmaydigan iz" degan tamoyil asosida bo‘lib, bunda har bir alohida abrazivning donachasi bitta yo‘ldan ikki marta o‘tmaydi. Superfinishda kesish tezligi juda ham past 1 dan 2,5 m/min gacha bo‘ladi.
10.5- rasm. Markazsiz jilvirlash sxemalari: a—umumiy sxemasi; b—bo‘ylama surish orqali jilvirlash; v- ko‘ndalang surish orqali jilvirlash
jilvirtosh doirasi
ishlov beriladigan detal
yetaklovchi jilvirtosh doirasi, 4- tayanch (pichok)
Do'stlaringiz bilan baham: |