Sabirov B. A. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanidan



Download 2,27 Mb.
bet43/76
Sana21.03.2022
Hajmi2,27 Mb.
#505385
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
Bog'liq
ichki yonuv dvigatellari

Ko‘p keskichli tokarlik dastgohlarida ishlov berish. Tokarlik ishlov berishda operatsiyalarni konsentratsiya-lash tamoyilini bir paytda bir necha sirtlarga bir necha keskichlar yordamida ko‘p keskichli dastgohda ishlov berish orqali amalga oshiriladi. Bunday yarim avtomat dastgoh-lar seriyali va yalpi ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Odatda, ko‘p keskichli dastgohlar ikkita oldingi va ketingi supportga ega. Oldingi support ko‘ndalang hamda bo‘ylama harakatga ega bo‘lib, val va aylanma jismli boshqa detallarni bo‘ylama yo‘nish uchun xizmat qiladi. Ketingi support faqat ko‘ndalang harakatga ega bo‘lib, toresni yo‘nish, ariqchalar kesish, shakldor yo‘nish uchun xizmat qiladi. Ko‘p o‘rinli supportlar 20 tagacha keskich bilan qurollanishi mumkin. Markazlari orasidagi masofasi katta bo‘lgan ko‘p keskichli dastgohlar ikkita oldingi va ikkita ketingi supportga ega bo‘ladi. Supportlarning harakati avtomatlashtirilgan: ishlov berishni yakunlab supportlar boshlang‘ich holatiga avtomatik ravishda qaytadi. Dastgoh ham avtomatik ravishda o‘chadi, ishchi faqat zagotovkani o‘rnatadi, uni dastgohdan bo‘shatadi va dastgohni yurgizadi.
Ko‘p keskichli dastgohlarda detallarni markazlarga, qisqichlarga eki patronlarga o‘rnatib ishlov beriladi.
Ko‘p keskichli dastgohlarda asosiy va yordamchi vaqtning qisqarishi natijasida mehnat hajmi va dastgohda bajariladigan ishlar hajmi keskin kamayadi.
10.1-rasmda valni bir keskichli (a) va ko‘p keskichli (b) tokarlik dastgohlarida yo‘nish ko‘rsatilgan. Birinmi holatda supportning keskich bilan yo‘lining uzuiligi l ga teng, ikkinchi holatda - keskichlarning har biri o‘z uchastkasida bir vaqtning o‘zida harakatlaiadi, shuning uchun supportning va har bir keskichniig yo‘l uzunligi l/3 ga teng bo‘ladi, chunki supportda 3 ta keskich o‘rnatilgan.

10.1-rasm. Val yo‘nish sxemapari
l l

Birinchi holatda asosiy vaqt
t = Sn ; ikkinchi holatda 1 ta
=
3Sn
bu yerda l — ishlov

beriladigan sirt uzunligi, mm; p shpindelning minutiga aylanishlari soni, min; S —surish, mm/ayl.
Ko‘p keskichli yo‘nishni har xil bo‘lgan uchta usulda amalga oshirish mumkin.
Birinchi usul — bo‘ylama surishli yo‘nish (10.2-rasm, a). Bunda har bir keskich ma’lum

bir diametrga o‘rnatilgan. Birinchi keskich (1)
l1 + l2 + l3 = L
uzunlikdagi yo‘lni bosib o‘tadi,

keskich (2) l2 + l3 yo‘lni, keskich (3) l3 masofani bosib o‘tadi.
Ikkimchi usul - avval qirqib, keyin bo‘ylama surish orqali yo‘nish (10.2-rasm, b, v).
Bu usulda (1), (2) va (3) keskichlar birinchi usuldagi kabi valning ketidan zagotovkaga ketma-ket ishlov bermaydi, balki zagotovkaning turli nuqtalaridan ishlov berishni birdaniga
boshlaydi. Avval support ko‘ndalang yo‘nalishda harakatlanadi (maxsus andoza yoki lineyka yordamida), keskichlar kerakli chuqurlikni yo‘nadi, keyin support bo‘ylama yo‘nalishda
harakatlanadi. Valning har bir pog‘onasi (l1,l2 ,l3 ) bitta keskich yordamida yo‘niladi, buning
natijasida support eng uzun pog‘ona l1 uzunlik bo‘yicha harakatlanadi. Bu usulni keskichlarning bir marotaba o‘tishida barcha qo’yimni kesib olish mumkin bo‘lgan sharoitda qo‘llash mumkin.
Bu usulning boshqacha ko‘rinishi 10.2-rasm, v da ko‘rsatilgan; bunda supportning
yurish yo‘lini qisqartirish maqsadida uzun pog‘ona l1, ikki va undan ortiq keskichlar yordamida yo‘niladi. Agar har bir pog‘onaning uzunligi eng qisqa pog‘ona uzunligiga taxminan karrali bo‘lsa, har bir keskichning yurish yo‘li shu eng qisqa pog‘ona uzunligiga teng bo‘ladi. 10.2» rasm

(a) da ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha har bir keskich o‘tadi.
l1 = l2 = l1 / 2
uzunlikka teng yo‘lni bosib



10.2-rasm. Ko‘p keskichli dastgohda valni yo‘nishning uchta usuli

Uchinchi usul - ko‘ndalang surish orqali yo‘nish (10.2-rasm, g). Bu usulda har bir keskich



o‘ziga tegishli pog‘onani ko‘ndalang surish
Sкун
orqali yo‘nadi, bunda har bir keskichning

kengligi o‘ziga tegishli pog‘onaning kengligiga teng bo‘ladi. Bu usul chegaralangan qo‘llanishga ega; uni vallarning silindrik, konussimon va shakldor kalta bo‘yinlariga ishlov berishda qo‘llash mumkin.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish