S. Sofiyev hayot faoliyati xavfsizligi fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/94
Sana04.06.2022
Hajmi3,87 Mb.
#635143
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94
Bog'liq
AGR DORI SELEKSIYAGA uslubiy ko\'rsatma 2021

Umumiy holatlar.
Har bir ishchi, kolxozchi, hizmatchi va tashqarilar birinchi tibbiyot 
yordami ko’rsatishni bilishlari kerak. Birinchi tibbiyot yordami vrach yetib 
kelguncha yoki jarohatlanuvchini tibbiyot punktiga jo’natilguncha 
ko’rsatiladi. 
Kerakli jihozlar: 
1. Tekkis taxtachalar. 
2. Tasma. 
3. Jgut. 
4. Karkas sim. 
5. Bint. 
6. Nafas olish uchun shlang. 
7. Zambar (nosilka).
Birinchi tibbiyot yordami ko’rsatishdagi muvaffaqiyatlar yordam 
beruvchining tezkorlik harakatiga, topqirligiga va bilimiga bog’liq bo’ladi. 
Og’ir yaralanganda, qattiq lat yeganda, zaharlanganda, kuyganda va tashqari 
og’ir jarohatlanishlarda birinchi tibbiyot yordami ko’rsatilgandan so’ng 
jarohatlanuvchini tezlik bilan tibbiyot punktiga jo’natish kerak. 


29 


30 
1-rasm.
Suniy nafas berish ko’krak massaj qilish usullari 
1. 
Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi
yordam ko’rsatish

Elektr tokining ta’siriga tushib qolgan odamning xayotini saqlab 
qolish uchun avvalo uni tokning ta’siridan qutqarish kerak. So’ngra birinchi 
tibbiyot yordami ko’rsatiladi. Bu ishlarni aniq, puxta va chaqqon hamda 
ishning ko’zini bilib bajarish kerakki, tokdan qutqaruvchining o’zi elektr toki 
ta’siriga tushib qolmasin. 
Agar o’chirish qurilmasi uzoqdaligi sababli, elektr qurilmasining 
tegishli qismlarini tezlik bilan o’chirish imkoniyati bo’lmasa, 
jarohatlanuvchini ustki kiyimidan tortib elektr qurilmasidan ajratib olish, 
jarohatlanuvchini ustiga tushib qolgan elektr simlarini ko’tarib olib tashlash 
kerak.Ammo yordam ko’rsatilayotganda ehtiyotkorlik choralarini ko’rib 
qo’yish kerak.
Masalan:
elektr simlarini quruq yoki izolyatsiyalangan sopli bolta, 
tesha, lapata yoki tashqari narsalar bilangina kesish mumkin. 
Jarohatlanuvchini faqat ustki quruq kiyimidan, qo’lga har extimolga qarshi
sharf o’rab olgan yoki oyoqning ostiga quruq taxta qo’ygan holda elektr 
qurilmasidan tortib ajratib olish kerak. Agar jarohatlanuvchi biror balandroq 
yerda elektr toki ta’sirida qolgan bo’lsa, u holda uni elektr toki ta’siridan 
qutqarish jarayonida, uni balandlikdan qattiq yiqilib tushmaslik chorasini ham 
ko’rish kerak. 
Jarohatlanuvchini elektr toki ta’siridan qutqarilgandan so’ng unga tezlik 
bilan birinchi tibbiy yordam ko’rsatish kerak.Qanday yordam ko’rsatish 
jarohatlanuvchining holatiga bog’liq.
Agar jarohatlanuvchi hushsiz holatda yotgan bo’lsayu, nafas olayotgan 
bo’lsa uni tekis, yumshoq to’shama ustiga ohista yotqizish, tugmalarini 
yechib toza havo oqimi bilan ta’minlash kerak. Vrach yetib kelgunicha 


31 
nashatir spirtini hidlatish mumkin (agar bor bo’lsa), yuziga suv sochish, 
badanlarini artish va isitish kerak. 
Tiriklik belgilari (nafas olmayotgan, yuragi urmayotgan bo’lsa) 
bo’lmagan holatlarida ham jarohatlanuvchini o’ldiga chiqarib qo’yish 
mumkin emas. Chunki, jarohatlanuvchi tiriklik belgilarinigina yo’qotgan 
bo’lib, klinik o’lim holatiga tushib qolgan bo’lishi mumkin. Bunday 
holatlarda tezlik bilan «og’izdan og’izga» qoidasi bo’yicha sun’iy nafas 
oldirish, tashqaridan yurakni bilvosita (ko’krak qafasini ustidan bosib) massaj 
qilish kerak. Sun’iy nafas oldirilayotganda, nafas olish yo’llarini ravon qilish 
maqsadida, jarohatlanuvchining bo’yni ostiga biror yumshoq materialni 
turmaklab qo’yib, boshini orqa tomonga og’dirish va og’iz bo’shligidagi nafas 
olishga halaqit beruvchi narsalarni olib tashlash kerak. «Og’izdan og’izga» 
usuli qo’llanilayotganda jarohatlanuvchini burni berkitiladi, og’ziga og’iz 
marli yoki ro’molcha orqali maxkam tekizilib qattiq puflanadi. Shundan keyin 
jarohatlanuvchini og’zi va burni bo’shatiladi. Shunda uning o’pkasiga 
yuborilgan havo passiv holatda qaytib chiqadi va har minutiga 12-15 marta 
puflash kerak. Sun’iy nafas oldirish jarohatlanuvchi bir me’yorda nafas ola 
boshlaguncha davom ettiriladi
2
. ( 2-rasm) 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish