KIRISH.
O’zbekiston Respublikasi fuqorolarning hayoti va sog’lig’ini inson
faoliyatining sohalar bo’yicha muxofazalashda ―Xayot faoliyati xavfsizligi‖
fani asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Respublikamizdagi ijtimoiy - iqtisodiy
isloxatlar natijalari ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muommolarining
inson xayoti xavfsizligiga tasiri masalarini qamraydi. Zero xozirgi vaziyatda
xavfsiz xayotni taminlash masalalari eng dolzarb muommolardan
hisoblanadi.
Ushbu o’quv qo’llanma ishida ishchilar hayot faoliyati havfsizligi
fanini o’zlashtirish davomida faning nazariy, xuquqiy asoslarini, ishlab
chiqarishda mehnat muhofazasi, jaroxat va kassaliklarini tahlil qilish
usullarini, ishlab chiqarishdagi havfli va zararli omillarni kelib chiqishining
ogohlantirish usullarni, havfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berishda,
ommaviy va shaxsiy himoyalanishning uslub va vositalarini, mashina-traktor
agregatlarini, elektr qurilmalarni ishlatishda texnik xavfsizlik talablarini,
yong’in sabablarini, oldini olish va ularni o’chirish usullarini, radiatsion va
kimyoviy holatini baholash usullari, qishloq xo’jalik ob’ektlarining barqaror
ishlashini oshirish yo’llari va usullari, favquloddagi xolatlarda kechiktirib
bo’lmaydigan avariya tiklash ishlarini tashkil qilish va olib borish lozim
bo’lgan masalalarni qamraydi.
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
va
siyosiy
sohalardagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan
barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini yaratib berishga
qaratilgandir. Albatta, munosib hayot sharoitini yaratish ilmiy-texnik
taraqqiyot asosida amalga oshiriladi va bu inson mehnatini yengillashtirish
bilan bir qatorda, turli xil xavfli faktorlarni vujudga keltiradiki, natijada har-
xil ko’rinishdagi baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, shikastlanishlar va kasb
kasalliklari vujudga keladi. Lekin, bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir
inson yaxshi yashashni, ya’ni o’zining moddiy-ma’naviy va ijtimoiy ehtiyoj
4
larini to’liqroq qondirishni istaydi. Aynan shu sababli inson tinimsiz
faoliyatda bo’ladi. Faoliyat insonning yashashi uchun zarur bo’lgan asosiy
shart-sharoitlardan biridir. Mehnat faoliyatning oliy shaklidir. Falsafiy
nuqtayi nazardan olib qaraganda, inson tushunchasiga eng xos aniqlanish
―Harakatdagi insondir‖. Albatta, faoliyat va mehnat shakli turlicha bo’lib, u
hayotdagi ishlab chiqarish, madaniyat, jamoat ishlari, ilmiy ishlar va boshqa
sohalardagi amaliy, intellektual hamda ma’naviy jarayonlarni o’z ichiga
oladi. Ishlab chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun-qoidalar,
standartlar va ko’rsatmalarga amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat
jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi, balki ayrim hollarda
o’limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni o’zining mehnat
faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi barcha
xavfli faktorlardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab etadi.
Aynan ―Mehnatni muhofaza qilish‖ fanining asosiy maqsadi va vazifalari
ushbu masala yechimiga qaratilgan bo’lib, u fanning o’z qonuniyatlari,
uslublari va tamoyillari asosida amalga oshirilgan.
Ruhiy aktiv vositalar, ya’ni dori-darmonlar va alkogol ichimliklarni
qabul qilish ham ruhiy holatni salbiy o’zgarishiga olib keladi. Ruhiy aktiv
vositalarga: stimulatorlar (pervitin, fenamin) va trankvilizatorlar (seduksen,
elenium) kiradi.
Ushbu dorilar asabiylashishni kamaytirib, xotirjamlikka olib kelish
bilan bir qatorda, ruhiy aktivlikni kamaytiradi, reaksiya tezligini susaytiradi,
va uyqusirashga sabab badi. Bu esa, mehnat faoliyati davrida yo’l qo’yib
bo’lmaydigan xatolarga sharoit tug’diradi hamda baxtsiz hodisalarni keltirib
chiqaradi.
Ruhiy faoliyatni maishiy va ishlab chiqarish omillari ta’sirida
o’zgarishi ishlab chiqarish faoliyatidagi muhandis-tashkilotchilar oldiga
ishchining ruhiy holatini nazorat qiluvchi tizimni vujudga keltirish hamda
takomillashtirish zarurligini ko’rsatadi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |