S. Sofiyev hayot faoliyati xavfsizligi fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/94
Sana04.06.2022
Hajmi3,87 Mb.
#635143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
AGR DORI SELEKSIYAGA uslubiy ko\'rsatma 2021

AMALIY MASHG’ULOT № 1 
 
Mexnat xavfsizligi to’g’risida yo’riqnoma
Mashg’ulot maqsadi 
Ishchilar va hizmatchilarni xavfsiz ishlashga o’rgatish usullari bilan 
tanishish. 
Mashg’ulotlar to’plami. 
1. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’tkaziladigan yo’riqnomalarni turlari 
va muddatlari: 
I. Kirish yo’riqnoma: 
II. Ish joyidagi birlamchi yo’riqnoma: 
III. Takroriy yo’riqnoma: 
IV. Navbatdan tashqari yo’riqnoma: 
V. Joriy yo’riqnoma: 
2. Muassasa rahbarlarining ishchilar o’rtasida yo’riqnomalar
o’tkazishdagi roli. 
3.Kirish yo’riqnoma sxemasi: 
Ish joyidagi birlamchi yo’riqnoma sxemasi. 
O’tkazilgan yo’riqnomalarni rasmiylashtirish, xujjatlashtirish qoidalari. 
Mashg’ulotga ko’rsatmalar 1966 yildan boshlab qishloq xo’jaligi 
tashkilotlarida fermerlar, ishchilar, dehqonlar, brigadirlar va muxandis-texnik 
xodimlarni xavfsiz ishlash usullariga o’qitish joriy etiladi va dasturi 
chiqariladi. 
Bundan tashqari har bir ishchi, qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan nizomga (1) binoan GOST 12.0.004-79 ni talablarini hisobga 
olgan holda xavfsizlik texnikasi bo’yicha kirish; ish joyidagi birlamchi, 
takroriy, navbatdan tashqari va joriy yo’riqnomachilardan o’tishlari kerak. 
Ishga qabul qilinayotganlar ma’lumotlari, mazkur kasb yoki vazifasidagi ish 
stajlaridan qat’iy nazar hamda komandirovkaga kelganlar, ishlab chiqarish
ta’limi yoki praktikaga kelishgan o’qituvchi va talabalar kirish 
yo’riqnomachilardan o’tkaziladi. 
Xo’jalik rahbarlari yangi ishga kiruvchilarni kirish yo’riqnomasidan 
o’tmagunlaricha, ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqqa imzo qo’ymay
turadilar. Kirish yo’riqnoma gruppa qilish yoki individual (yakkama-yakka) 
xolda maruza yoki suhbat tariqasida mehnat muhofazasi xonalarida yoki 
maxsus jihozlangan xonalarda o’qitish va agitatsiya propaganda ishlarining 
zamanaviy texnik vositalari yordamida o’tkazilishi kerak. 
Kirish yo’riqnomani bosh mo’taxassislar, ularga esa xo’jalik rahbarlari 
mehnat mudofasi muxandisini ishtirokida o’tkazadilar. 
Kirish yo’riqnomani namunaviy sxemasi 1-ilovada keltirilgan. 
Xo’jalikdagi tarmoq va maxalliy xususiyatlarni hamda ishlovchilarni 
kasbini hisobga olgan xolda ma’muriyat kirish yo’riqnomani sxemasiga 
qo’shimchalar kiritish mumkin. 



Kirish yo’riqnoma o’tkazilganligi to’g’risidagi maxsus jurnal 
to’ldiriladi. Jurnal formasi 2-ilovada keltirilgan. 
Ish joyidagi birlamchi, takroriy navbatdan tashqari va joriy 
yo’riqnomalarni bevosita ishlab chiqarish uchastkasining boshliklari 
(brigadir, ustaxona mudiri, ferma mudiri, mexanik va tashqarilar o’tkazdilar 
va bu xaqda maxsus jurnalga (3-ilova) hamda yo’riqnomadan o’tuvchini 
shaxsiy kartochkasi (4-ilovaga) rasmiylashtiriladi. Bunda yo’riqnoma 
o’tkazuvchini va yo’riqnoma o’tuvchini imzolari bo’lishi shart. Navbatdan 
tashqari yo’riqnoma rasmiylashtirilayotganda uni o’tkazilish sabablari 
ko’rsatiladi. O’ta havfli va zararli ishlarga kiruvchilarga ish joyidagi 
birlamchi yo’riqnomadan o’tishlaridan oldin vazirlik, kasaba uyushmasi,
davlat nazorat organlari bilan kelishilgan xolda tasdiqlangan mahsus dastur 
asosida o’tkaziladi. 
Hamma ishga yangi qabul qilinganlar, bir bo’limdan boshqa bo’limga 
o’tkazilganlar, safarga kelganlar, ishlab chiqarish ta’limi yoki amaliyotga 
kelishgan o’quvchi va talabalar, bajarayotgan ishlari o’zlari uchun yangi 
hisoblangan hamda xo’jalik yoki korxona xududida qurilish-montaj ishlarini 
bajarayotgan quruvchilar ish joyidagi birlamchi yo’riqnomadan o’tkaziladilar. 
Mashina va mexanizmlarni moslamalarni texnik parvarish qilishda, 
boshqarish va tamir qilishda uskunalarni ishlatishda, mahsulot va xom 
ashyolarni saqlashda qatnashmaydigan shaxslar ish joyidagi birlamchi 
yo’riqnoma o’tkazilmaydi. Bunday shaxslarni ro’yxati tuziladi va uni xo’jalik 
yoki korxona rahbari maxalliy xokimiyat bilan kelishilgan holda tasdiqdan 
o’tkaziladi. 
Ish joyidagi birlamchi yo’riqnoma xavfsiz ishlash meyorlari tizimi 
talablarini hisobga olgan holda tuzilgan mehnat muhofazasi ko’rsatmalari 
bo’yicha hamda ish joyidagi birlamchi yo’riqnoma dasturi (5-ilova) bo’yicha 
individual (yakka) xolda ko’rgazmali qurollar va himoya vositalari 
yordamida xavfsiz ishlashning qoida va usullarining namoyish qilgan xolda 
o’tkaziladi. 
Ish joyidagi birlamchi yo’riqnomadan o’tishgan ishchilar dastlabki 2-5 
smenalarda (ish staji, malakasi, ishning harakteriga qarab) ish bo’limining 
boshlig’ini nazoratida ish bajaradilar. O’ta havfli ishdagilarga bundan ortiqroq 
muddat quyilishi mumkin. Shundan keyin ularni mustaqil ishlashga 
o’tkaziladi va bu xaqda ish joyidagi yo’riqnomani hisobga olish jurnali (3-
ilova) va hamda shaxsiy varahasi (4 – ilova) ga rasmiylashtiriladi. 
Takroriy yo’riqnomadan malakalari, ma’lumotlari va ish stajlaridan qat’iy 
nazar hamda ishchilar har 6 oyda bir o’tkazib turiladi. Ish joyidagi birlamchi 
yo’riqnomadan ozod qilinganlar takroriy yo’riqnomadan ham ozod qilinadi.
Takroriy yo’riqnoma dasturi asosida mehnat muhofazasi qoida va 
ko’rsatmalari bo’yicha, ishchilarni individual (yakka) yoki uyushtirilib 
o’tkaziladi. 
Navbatdan tashqari yo’riqnoma mehnat muhofazasi qoidalari va 
texnologik jarayonlar va moslamalar, uskunalar, natijaviy mahsulot va xom 



ashyolar hamda xavfsiz ishlashga ta’sir qiluvchi tashqari faktorlar 
o’zgarganida, xavfsiz ish bajarish talablarini buzilishi natijasida bahtsiz 
hodisa, avariya, portlash va yong`in ro’y berganda yoki shunday hodisa 
bo’lishi mumkin bo’lganida: O’ta havfli ishdagilarni kamida 30 kun, tashqari 
ishlardagilarni kamida 60 kun ish staji hamda tanaffus ro’y berganda 
ishchilarni individual yoki gurux holida uyushtirilib, ish joyidagi birlamchi 
yo’riqnoma dasturi bo’yicha o’tkaziladi. 
Joriy yo’riqnoma ishchilarni ruhsatnoma-naryad yozilgan ishlarni 
bajarishlari oldindan o’tkaziladi bu haqda ruhsatnoma-naryadga qayd qilib 
qo’yiladi. 
Yo’riqnoma o’tkazuvchi yo’riqnomadan o’tuvchini bilimini tekshirib, 
sinov qilib ko’radi. Agar sinovdan qoniqarsiz o’tsa ishga qo’yilmaydi va 
yo’riqnomadan takror o’tishga majbur. 
Qishloq xo’jaligida ish turlarini hisobga olgan xolda kuz, qish 
mavsumida kurslar tashkil qilinadi va bunda kolxozchilarni, ishchilarni, 
brigadirlarni , chorvadorlarni, quruvchilarni, masterlarni va tashqari 
mutaxassislar o’qitiladi. Kurslarda o’qitish O’zbekiston qishloq xo’jalik 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 32 soatga mo’ljallangan dastur asosida 
olib boriladi. 
Kurslarda taxsil olganlarni bilim va malakalari xo’jaliklarda tashkil 
qilingan maxsus komissiya tomonidan tekshirilib ko’riladi. Kurslarda 
o’qiganlar 
maxsus 
«Xavfsizlik 
texnikasi 
bo’yicha 
kurslarda
shug’ullanuvchilarni hisobga olish jurnali (6-ilova)» ga yozib qo`yiladi. 
Kurslarni tashkil qilish va o’tkazish xo’jalik rahbarlariga yuklatiladi. 
Elektr qurilmalarini texnik parvarishdan o’tkazuvchi va ishlatuvchi, qozon 
qurilmalarida, yuk ko’taruvchi mashina va moslamalarda, bosim ostida 
ishlovchi qurilmalar kabi, ishlatilayotganda o’ta havf tug’dirib turuvchi 
ob’ektlarda ishlovchi kolxozchi, ishchi va hizmatchilar maxsus kurslarda 
o’qitiladilar.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish