S. Sofiyev hayot faoliyati xavfsizligi fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun


-rasm:  Shovqinni tadqiqot etish tajriba qurilmasining sxemasi



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/94
Sana04.06.2022
Hajmi3,87 Mb.
#635143
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
Bog'liq
AGR DORI SELEKSIYAGA uslubiy ko\'rsatma 2021

8-rasm: 
Shovqinni tadqiqot etish tajriba qurilmasining sxemasi

1- Shovqin yutuvchi yuzali operator xonasi (kabinasi); 2-O`lchov 
asbobining mikrafoni; 3-tovush himoyalovchi to`siq (devor); 4-To`siqni 
o`rnatish uchun yo`naltirgich; 5- Tovush kamerasi; 6- Tovush yutuvchi 
qalqon; 7- Shovqinni manbai 8- o`lchov asbobi 
ISHV-1 asbobini ishga tushiring. Unga tokni etarli ekanligini tekshiring. 
Buning uchun ―Ish turi‖ (―Rod-raboti‖) o`chirib yoqgich murivi 
(qo`loqchasi)ni (―Kontr. pitaniya‖) ―ta`minotni tekshirish‖ holatiga keltiring. 
Bunda oldingi paneldagi bildirgich chiroq o`chib-yonishi kerak, asbobni mili 
(strelkasi) esa ―Batareya‖ (7-10 dB) sektoriga qarama- qarshi turishi kerak. 
Bordiyu bu holat sodir bo`lmasa, unda tarmoqni blokini yoki batareyalar 


52 
tekshirilishi lozim. Asbobda o`lchov boshlangungacha, uni 5 min. muddatda 
qizdirish kerak.
Shovqin manbai kamerasida maxsus mo`ljallangan o`yiqda (inchada) 
mikrofonni o`rnating. Standart oktanlar qatori chastotasi bo`yicha tovush 
bosimi sathini o`lchash uchun asbobni tayyorlang. Buning uchun asbobni 
oldingi panelidagi o`chirib yoqgich (pereklyuchatel’)ni quyidagi holatlarga 
o`rnating: ―Delitel’- 1‖ va ―Delitel’- 2‖ni maksimal qiymatlariga ya`ni 90 va 
40 dB ; ―Rod izmereniya‖- Fil’trlar holatiga ; ―Rod raboti‖ni – sekin 
(medlenno) holatiga; ―Zvuk- vibratsiya‖ – Tovush (zvuk) holatiga; 
―CHastota‖- 63 Gts holatiga o`rnating. SHovqin manbaini ishga tushirib, 63 
Gts chastotadagi tovush bosimini kattaligini o`lchang. Buning uchun ―Delitel’ 
- 1‖ o`chirib-yoqgichi holati o`zgartiriladi, kerak bo`lganda esa ―Delitel’- 2‖ 
ni ham holati o`zgartiriladi, asbobni milini shkalaning o`ng qismidagi 0 
belgiga o`rnatiladi. Qachonki mil, biror-bir shkalani bo`linmasiga to`xtasa, 
milni va o`chirib-yoqgich ―Delitel’- 1‖ hamda ―Delitel’-2‖ni ko`rsatmalari 
qo`shiladi. Masalan, agar asbobni mili 6 soniga kelib to`xtasa, o`chirib-
yoqgich ―Delitel’- 1‖ 90 holatiga bo`lsa, ―Delitel’-2‖- 10 holatiga turgan 
bo`lsa, bunda tovush bosimini sathi quyidagiga teng bo`ladi: 6+90+10=106 
dB.
O`lchovlar asosida spektrogramma L = 

( f ) ni quring. Har qaysi 
chastotaga ruxsat etilgan shovqin grafigini chizing va shovqinni ruxsat etilgan 
sathidan yuqori zonasini aniqlang.
SHovqin manbai va mikrofon holatini o`zgartirmay tovush kamerasini 
shiftiga va devorlariga tovush yutuvchi qalqon o`rnating.
SHovqin manbaini ishga tushuring va yuqorida keltirilgan uslub 
bo`yicha har qaysi oktan kengligi chastotasida shovqinni sathini o`lchang.
CHizilgan birinchi tajriba shovqin spektrogrammasiga yangi spektrni 
chizing, ularni bir-biri bilan va shovqin sathini ruxsat etilgan grafigi bilan 
solishtiring.
SHovqinni yutuvchi yuzani o`rnatganligi hisobidan kamerada shovqinni 
pasayish samaradorligi to`g’risida xulosa qiling.
Operator xonasi (kabinasi)da mahsus mo`ljallangan o`yiqchada 
(inchada) o`lchov asbobining mikrofonini o`rnating.
―Rod izmereniya‖ o`chirib-yoqg’ich (pereklyuchatel’)ni A holatga 
o`rnatib dB A da shovqinni o`lchashni olib boring. Boshqa o`chirib-
yoqg’ichlarni holati va qolgan tovushlar sathini o`lchash uslubi xuddi oldingi 
tajribalarnikidek bo`ladi. Holat o`zgartirgich ―CHastota‖ ishga qatnashmaydi 
va uning holati ishga dahilsiz.
SHovqin manbaini ishga tushiring. Kabinadagi (xonadagi) shovqinni 
kattaligini o`lchang.
O`lchov asbobi va qo`ng’iroq (sirena)ni ishga tushirmay, tovush 
kamerasi va operator xonasi (kabinasi) orasiga ketma-ket (navbatma-navbat),
quyida sanab o`tiladigan tovush ajratgich (izoliyatsiyalovchi) to`siqlarni
o`rnating va har qaysi bilan kabinadagi shovqin sathini o`lchang, shuningdek 


53 
asbobni ko`rsatgichini va sub`ektni eshitishi bo`yicha baholang. SHovqin 
sathi eshitilishini baholash uchun o`quvchilardan bir kishi operatorni yopiq 
xonasi (kabinasi) da bo`lishi lozim. To`siqsiz va to`siqlar bilan yoki har xil 
to`siqlarda asbobni ko`rsatgichlarini farqi orqali shovqin sathini pasayish 
samaradorligini aniqlang.
To`siqlarni o`rnatishda shunga e`tibor berish kerakki tovush kanallari 
zich mahkamlansin, ya`ni to`siqlar va devorlar orasida bo`shliq (yoriq) 
qolmasin.
Operator kabinasi (xonasida) shovqin sathini pasayishiga to`siqlar 
tayyorlangan materiallarni ta`sirini tadqiqot eting. Buning uchun esa bir xil 
qalinlikdagi (4mm) faneradan, shishadan, kartondan to`siqlarni ketma-ket 
o`rnating va kabina (xona)dagi shovqinni pasayishini o`lchang.
SHovqin sathini pasayishiga to`siqlar qalinligi ta`sirini tadqiqot eting. 
Buning uchun esa har xil qalinlikda tayyorlangan (4;8; 12 mm ) fanera 
to`siqlarni ketma-ket (navbatma-navbat) o`rnating va kabinadagi shovqinni 
pasayishini o`lchang.
Tovush yutuvchi materiallar, to`siqlar yuzasining samaradorligini 
baholang. Buning uchun qalinligi 4 mm bo`lgan fanerali to`siqni yuzasiga 
tovush yutuvchi materiallar qatlami qoplanganida (porolon yoki kigiz) tovush 
sathini pasayishini o`lchang va qoplamasiz to`siqlardagi tovush sathini
ko`rsatgichlari bilan solishtiring. Tadqiqot qilingan omillardan tovush sathi 
ko`rsatkichlarini, tovush ajratgichlar (izolyatsiya)ga bog’ligi to`g’risida 
xulosa qiling. Quyidagi kriteriyalar bo`yicha qo`llanilgan har xil to`siqlardan 
shovqin sathi eshitilishini pasayishiga baho bering: shovqinni pasayishi 
sezilmaydi, ozgina seziladi, yaxshi seziladi.
Tadqiqot natijalarini jadval shaklida ko`rsating.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish