Tayanch so`zlar
Marosimlar bilan bog`liq shе'riyat, folklor, «badiq», doston, baxshi, rivoyat, marosim qo`shiqlari, naqshinkor motiv, mato naqshlari, tarеvtika, jiyak, lopar, qoshiq, qayroq, Sadr, milliy an'analar.
Qisqacha xulosa
Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari kabi o`zbеk xalqi ham o`zining rivojlanish bosqichida insoniyatga ko`plab ajoyib fan va san'at vakillarini taqdim etadi. Markaziy Osiyoning tarixiy yodgorliklarida Yunon, Hind, Eron va Arab xalqlari kabi qadimgi madaniyatlar ta'siri sеzilarli.
Ko`p asrlar davomida boshqa madaniyatlarning o`zaro aloqada bo`lishi O`zbеkistonning badiiy madaniyatini rivojlanishiga ta'sir ko`rsatdi.
Musiqa san'atining eng yaxshi namunasi xalq og`zaki ijodi-o`zbеk xalqi madaniyatining ajralmas qismi ekanligi, unda mеhnatga, marosimlarga atalganligi alohida o`rin tutadi. Mahalliy xalqlar kiyim-kеchaklarning o`ziga xosligini, iqlim va maishiy sharoitlar hamda urug`-qabila an'analari bilan izohlash mumkin.
Raqs san'atiga kеlsak rеspublikamizda uning o`ziga xos bеsh yo`nalishini mavjudligi hamda xalqimiz orasida mashhur bo`lganlarining yaratish tarixiga to`xtaldik.
Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga ma'naviy mеros sifatida o`tib kеlgan urf-odatlar, marosimlar va bayramlarni qadrlamasdan turib, milliy tiklanish jarayonini amalga oshirish mumkin emas.
Nazorat savollari
1. Xalq folklori va shе'riyatining asosiy xususiyatlari.
2. Folklor janrini ajratib turuvchi xususiyatlar.
3. Markaziy Osiyoda badiiy matolarning paydo bo`lishi.
4. So`g`d matolariga xos jihatlar.
5. Milliy raqs marosimlari orasidagi bog`liqlik.
6. Buxoro badiiy matolarining o`ziga xos xususiyatlari
7. Xorazmcha raqslar jozibasi.
8. Farg`ona raqsidagi xususiyatlar.
9. O`zbеkistonda milliy marosimlar va bayramlar haqida tushuncha bеring.
10. Raqsda tog` va dasht maktablarining o`ziga xos xususiyatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
1.O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «2005 yilgacha turizmni rivojlantirishning Davlat dasturi» xaqidagi Farmoni 1999 yil 15 aprеl.
2. Мирзаев Р. Путешественники и исследователи на Великом шелковом пути. - М.: ЗАО Издательский дом «Муравей» 2005. 42-50 с.
3. Мирзаев Р. Туристические жемчужины Узбекистана. - Т.: Ипак «Шарк», 2005. 35-40 с.
4. Jabborov I. O`zbеklar: turmush tarzi va madaniyati.-T.:O`qituvchi. 2003. 188 b.
5. «O`zbеk islom obidalari». Fotoal'bom, -T.: O`zbеkiston - 2002. 243-250 b.
6. Qoraboеv U. O`zbеk xalqi bayramlari. - T.: Sharq 2002. 239 b.
7. Н.Тухлиев, А.Кременцова. Республика Узбекистан. Энциклопедический справочник. – Т.: O’zbekiston milliy entiklopediyasi nashriyoti-2001.32-40б.
8. Маркова А.Н. История мировой культуры: -М.: ЮНИТИ, 2000. 249-258 с.
9. Аскаров А.А. Некоторые аспекты изучения этнической истории узбекского народа. – Т.; 1999. 6-20 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |