TO’RTKO’L TUMANI TOPANOMIKASI
REJA:
I.Kirish
To’rtko’l tumani haqida
II. Asosiy qism.
1. To’rtko’l tarixiy obidalar makoni
2. Nima uchun To’rtko’l deb atalgan?
3. Yangi To’rtko’l haqida
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- tnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor.
Yonboshqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda (200x170 m. 3,4 ga) to’rt tomonini ikki qatorli devor o’rab olingan. Avval paxsadan keyin esa to’rt tomoni teng xom g’ishtdan tiklangan (40x40x10 sm). Devor pastki qismi qalinligi – 5 m, balandligi 5-10 m. Darvoza to’g’ri burchakli bir necha aylanma yo’ldan iborat yo’lakka ega bo’lib, uning kengligi – 5 m. Devor va darvoza devorida kungurlar mavjud emas, balki shaxmat uslubida joylashgan nayza o’qi uchli shinaklar mavjud, ular o’rtasidagi oraliq maydoni 1,20-1,84 m, ichki tomonda kengligi 0,18-0,12 sm, tashqi tomonda esa 0,30-0,40 sm. Devorlar burchagida uchta shinak joylashgan bo’lib, turli tomonga yo’nalib, kungur vazifasini bajargan.
Qo’yqirilganqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashib, aylana shaklda qurilgan, hajmi 86,5 m mudofaa devor bilan o’rab olinib, 9 ta kungur bilan mustahkamlangan. Kungurlar yon tomonga emas, devordan ancha baland qilib qurilgan. Yodgorlik markaziy qismida tsilindr shaklida (hajmi 42 m) ikki qavatli inshoot qurilgan.
Yodgorlikda astronomik kuzatishlar olib borilgan, keyingi tarixiy davrda qabristonga aylangan (loydan yasalgan ossuariylar ko’plab topilgan).
To’rtko’lning shahar bo’lib shakillanishiga qoraqalpoqlarning Rossiyaga qo’shilishi bilan bevosita aloqador. 1873-yili Amudaryoning o’ng tarafi Rossiyaning qo’lostiga o’tadi, uning boshqa tomoni Xiyvaning qo’lostinda qoladi. Ushbu davrda To’rtko’lning joylashgan yeri qishloqlik edilar. Ushbu turoqga dastlap xarbiy qal’a solinib, u yerda ma’muriylik mahkamaning joylari, songra tosh joylar sholina boshlaydi. U shahar asta sekinlik bilan kattayip, Amudaryo bo’limining markaziy shahri bo’lib gavgalandi. Dastlap shahar Petro-Aleksandrovsk deb atalgan, u 1920-yilga qadar shu nom bilan atalgan. Bu qalaning Petro-Aleksandrovsk deb atalishiga birqancha tarixiy sabablar bor, Petr I Jayxunning suvini uzboyning eski ong qirg’oqlari Kaspiy dengiziga quyishi, shunday qilib u orqali Rossiyaning O’rta Osiyo va Hindiston bilan aloqa qilishni orzu etgan.
Ushbu orzuli istakni royobga oshirishlik maqsadi bilan 1717-yili Bekovich-Cherkasskiyning xukmronliginda rusning katta ekspeditsiyasi tashkillashtirildi. Bu ekspeditsiyaning tizimiga 3000 sipohdan iborat, artilleriya bilan musallah rus armiyasi beriladi. Bu armiya kichkina Guryev shahrinan chiqib, Kaspiy dengizining sharq qirg’oqlari orqali Xiyvaga qaray yo’l oldi.
Nechta yuz kilometrga cho’zılgan sahro Ustyurtda ular suvsizlikdan qiynaladi. 40 qa yaqin yangidan quduqlar qaziladi, armiyani katta transport kuchlari suvlar bilan ta’minlash g’oyat qiyin yumush edi. Xiyvada Bekovich-Cherkasskiy otryadini o’q, nayza bilan peshvozga tayyorlik ko’ra boshtaydı. Zolim Xiyva xani hiyla o’ylab, Bekovich-Cherkasskiyni ukasinday qadirlab, mehmonga chorlaydi. Tinchlik tariqasi kelgan knyaz bunga ishonadi. Xiyva xanligi yirtqichlarcha yotgan otryadni o’ldirtadi, o’sha tuni Bekovich-Cherkasskiyning xarbiylarining hammasi deyarli nonut bo’ladi. Shunday qilib imperator Petr Іning Amudaryoning eski o’zagini izlashdagi orzusi ishga oshmasdan qoladi. Oradan 1,5 asr so’ng Aleksandr ІІ podsholigi Xiyvani, xozirgi To’rtko’lning o’rniga mustahkam qal’a tiklana boshlaydi. Bu yangidan solingan qalaning ikkita imperatorning ismi bilan «Petro-Aleksandrovsk» deb atalishining mohiyati, mana shunda.
1920 -yildan e’tiboran Petro-Aleksandrovsk degan degan nomlari o’zgartilip, u To’rtko’l bo’lib qo’yiladi. Ushbu davrdan e’tiboran u tumanimiz Nukusga qadargi poytaxti bo’lib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |