Klassik siyosiy
iqtisod maktablari
Klassik siyosiy iqtisod maktablari
— iqtisodiy taʼlimotlar tarixida XVII-IXX asrlarda vujudga
kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy
hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning
yuzaga kelishiga 17-asr oxiri—18-asr davomida kapitalistik
iqtisodiy munosabatlarning
rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining
sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida
yotuvchi qonuniyatlarni oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan
ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik
maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni
ishlab chiqarishningabadiy
va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida
qaraganlar.
Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab
sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va
fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm
taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi
ilgari suriladi va har
qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun
sarflangan mehnat miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas,
ishlab chiqarish sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida
fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi
(qarang
Fizi-okratlar
). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-
bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D.
Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil
etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S.
Mill qarashlari
yakunlaydi.
A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez
passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha,
tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish
shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat,
deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan,
Angliyada keng
ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul
qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.
D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini unga sarflangan
mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab
chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy
kategoriyalarni ana
shu qonunga bogʻlab oʻrganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik
sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish
mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng
muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi"
hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi
aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan
holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida
katta farq
bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi"
ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F.
Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri
sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu
masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla
boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan
holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (qarang
Neoklassik iqtisodiy nazariya
).
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 20 kun avval
185.139.137.82
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Klassik_siyosiy_iqtisod_ma
ktablari&oldid=2879963
" dan
olindi
Manbalar