I. Kirish To’rtko’l tumani haqida II. Asosiy qism. To’rtko’l tarixiy obidalar makoni


Nima uchun To’rtko’l deb atalgan?



Download 28,29 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi28,29 Kb.
#751755
1   2
Bog'liq
Kurbanmatov. M- toponomika mustaqil ish

Nima uchun To’rtko’l deb atalgan?
Bu tugrisida xozirgi aholi lafzida turlicha afsonalar bor. Bir paytlar; «bu yerda to’rt ko’l bo’lgan» deydi, afsonada eski To’rtko’lning sobiq aeroportning o’rni ko’llar osti bo’lgan, bulardan boshqa ba’zi birov informatorlarning bildirishlariga qaraganda «To’rtko’l» qishlog’ining turgan o’rninida to’rt boy bo’lgan. Ular o’zlarining chorvog’iga musobaqalashib gul ekkan ekan. Shuning uchun u boylarning turoq bosib o’tirgan yeri «To’rt gul» deb taxallus kechib ketgan. To’rtko’l tug’risida boshqa va shu asnoda bitta afsonada shunday deyiladi.
— Qishloqning o’rtasinan o’tuvchi darband yo’lning bo’yinda to’rt ayol yashagan, ular kiyim tikkish, naqsh solish chevar ayollar bo’lgan, o’zlarining ishlagan narsalarini hardoyim yo’lga chiqarib, o’tgan ketganlarga sotadi ekan. Odamlar bularni «tórt go’zal», «To’rt gul» deb ataydi -emish. Demak, bunday aholi og’zidagi so’zlar To’rtko’l tug’risida qiziqarli afsonalarning tug’ilishiga turtki bo’lgan.
Petro-Aleksandrovsk nomi xat hujjatlardagina nomlangan, aholi tomonidan bo’lsa To’rtko’l deb atalib kelgan.
Inqilobdan muqaddam To’rtko’l zahmatkashlarining hayoti g’oyat zalvorli edilar, ular ancha yillar Xiyva xanligining zumidan cheksiz azob chekib kelgan bo’lsa, ko’p yillar rus burjuaziyasi tomonidan da ekspluatatsiyalanib keladi. Biroq yarimta feodaldik, xulq-atvorilik yo’sinda boshqarip kelgan Xiyva xanligiga qaraganda ruslar ancha progressiv edilar. Buning progressiv bo’lishi nimalardan iborat; Birinchidan, Amudaryoning o’ng tarafidagi qoraqalpoqlar Rossiya qo’lastida o’tishlik bilan zolim Xiyva xonligining o’rta asrlik yovvoyilik zulumidan xalos bo’ldi. Ikkinchidan, siyosiy-iqtisodiy rivojlanishdan ancha olg’a ketgan. Rossiya bilan iqtisodiy ishtirok qilishning o’tkirlashishi qashshoqlar xayotining tez rivojlanishiga yordamlashadi. Uchinchidan, qoraqalpoq aholisining orasina ozda bo’lsa rus aholisining ilg’or qatordagi madaniyatningi torala boshladi, Chimbayda, To’rtko’lda, Mo’ynoqta rus tilida o’qitiladigan maktablar ochiladi. Shaharlarda shifxonalar sholinib, aholiga tibbiyot tarafdan yordam ko’rsatila boshlandi.
Biroq, shularga qaramasdan qat’iy nazar qoraqalpoq aholisi Buyuk Oktyabr inqilobiga qadar g’oyat zalvorli holda, qat’iy ezilishda, qorongilikta yashab keldi. Rossiyadagi ijtimoiylik inqilobning nurli sho’lasi asrlar bo’yi ezilip kelayotgan fuqara xalqning ongi uyg’ota boshlaydi. 1918-yilning noyabrida Petro-Aleksandrovskiyda dastlabki sovetler tuziladi. Ular eski zamonni serpip tashlash, yangichasiga turmush kurishdi haqida aholiga qiyofa singdirildi. Petro-Aleksandrovskiyde birinchi xarbiy drujinalar tashkil etilib, ular sovet vlasti uchun inqilob dushmanlariga zid ayovsiz kurash olib bordi.
1918-yilning 24-noyabrinda Junayt xon 5000 sipoh bilan To’rtko’lni o’rab olganda, hammaga aholi qo’llariga qural olib, kal’ani qo’riqlash uchun dushmanga qarshi kurashga chiqadi. Qal’ani himoyalashga xotin-qizlar ham faol ishtir etdi. Ular jangchilarga ovqat, shirchoy toshib, yaradorlarga tibbiy yordam yoritib turadi, va shu asnoda Junayt xon yirtqichlik bilan To’rtko’l taslim bo’lmasa, bolalarga qadar qirishga farmoyish bermoqchi bo’ladi. Bu vaqt oralig’ida Charjoydan bitta paroxod qizil partizanlarning o’tryadi ham yetib keladi. Ular dushmanning qal’asin buzib o’tib, shahar jangovarlarining garnizoniga kelib qo’shiladi. Kuchga-kuch jigarga-jigar qo’shilib dushmanga qarshi kurashadilar.
Onbir kunning ichida dushmanning yetti guruhi yer tishlatiladi. 1918-yilning 3-dekabrinda va Junayt xon askarlaridan 1700 odam murdasin tashlap so’ng chekinadi.
To’rtko’l ko’p yillar davomida respublikamizda yagona madaniyatning va maorif markazi bo’lib keldi. Sovet vlasti dastlabki madaniyatning, maorif eshigi To’rtko’lda, ochiladi. 1930-1940-yillarda To’rtko’lda o’qituvchilar instituti, pedtexnikum, selxoztexnikum, fintexnikum, medtexnikum va boshqada qisqa vaqtli harxiyli sohada kadrlar tayyorlaydigan kurslar ishlaydigan edilar. Bular qoraqalpoqning ko’p dastlabki intelligentlari tayyorlab, chiqargan edilar.
U vaqtda To’rtko’lning ajoyib tomashabog’i, yo’lkali keng ko’chalari odamlarni o’zicha cheksiz jalb etardi. Biroq bu ko’rkamli chiroyli yerlarning hammasi deyarli suv poyiga ketdi. To’rtko’lning suv poyiga ketganligini o’zlar ko’zi bilan ko’rgan odamlarning eshinda bu voqea umitilmas qilib saqlanib qolgan. «Mening hali esimdan chiqqani yo’q, — deydi bitta informator, — muqaddam daryo yoqasi eski To’rtko’ldan 10 kilometrday masofada edi. Bu vaqtda pristan bilan qal’aga yo’lovchilarni arabachalar toshiyotgan edilar. To’rtko’l qoraqalpoqning dastlabki poytaxti bo’lib, tez rivojlana boshladi».
Biroq yoqani suv buzib, darya kam-kam qal’aga yaqinlasha berdi. «Qirg’oq yaqin bo’ldi» deb odamlar buni bitta tarafidan tavr ko’rsa, darya yil -yildan qal’aning tubiga yaqinlab keldi. Suvdan saqlanish uchun «Degish stroy» deb nomlangan maxsus trest tashkil etildi. Qal’ani saqlab qolishda ko’p harakatlar ko’rildi, ayrim muhandislik loyihalar tuzuldi. Hisoblap qaraganda bu rejalar ofattan saqlanish
uchun yetarlik sarmoyasi, qal’aning borlik chiqimidan ortiq bo’lib chiqdi. Bundan so’ng qoraqalpoq hukimati poytaxtni boshqa qulayli o’ringa ko’chirishlikga qaror qildi. Shunday qilib Nukus kamolga keldi, u eski To’rtko’lning uskunali joylari, chiroyli ko’chalari, ajoyib bog’lari kam-kam suv poyiga ketaverdi.
Bundan so’ng, 1944-yildan boshtap To’rtko’l shahri yangi o’rnidan, ya’ni xozirgi To’rtko’l shahrining o’rnidan qurila boshlaydi.
To’rtko’l — respublikamizning ilg’or paxta ustalarining turoqi. Bunda mehnatda, amaliy pistda pishib yetishgan yuzlab oq tilla chevarlari o’sip chiqmoqda. Yil sayin paxtadan yuqori daromat oluvchi M. Gorkiy nomidagi «Qizil O’zbekstan», «XXI partyezd» kabi kolxozlar bilan respublikamiz faxrlana oladi va ulardagi chevar paxta ustalarining tajribasin keng foydalanadi.
To’rtko’l tumani 1927 yil 13 iyulda tashkil topgan. Tuman shimoldan Ellikqal’a tumani, sharqdan Navoiy viloyati, janub va g’arbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7.48 ming kv. km. Tumanda 1 shahar (To’rtko’l) , 22 ta mahalla «Jayhun» MFY, Navro‘z» MFY, «Do‘stlik» MFY, «Anhorli» MFY, «Mash’al» MFY, «Yoshlik» MFY, «Shodlik» MFY, «Beruniy» MFY, «Guliston» MFY, «Ibn-Sino» MFY, «Yangiobod» MFY,»Mustaqillik» MFY, «Navoiy» MFY,»Bog‘yop» MFY, Istiqlol MFY, «To‘rtko‘l» MFY, “Markazobod” MFY, «Turkiston» MFY, «Tinchlik» MFY, «Toshkent» MFY, «G‘alaba» MFY, «O‘zbekiston» MFY) va 15 ovul fuqarolar yig’inlari ( «Sho‘raxon» OFY, «Ko‘na-To‘rtko‘l» OFY, «Paxtachi» OFY, «Yonboshqal’a» OFY, «Paxtaobod» OFY, «Atauba» OFY, «O‘zbekiston» OFY, «Kaltaminor» OFY, «Otayurt» OFY, «Ko‘kcha» OFY, «Oqqamish» OFY, «Oqboshli» OFY, «Qumbosqan» OFY, «Ullibog‘» OFY, «Tozabog‘yop» OFY) bor. Markazi To’rtko’l shahri. 2021 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 221 ming kishini tashkil etadi. Shundan 83,9 ming kishi shaharda, 137,1 ming kishi qishloqda yashaydi. Chegara uzunligi 511,4 km. Turkmaniston Respublikasi bilan 1,8 km. Navoiy viloyati bilan 126 km. Xorazm viloyati bilan 147,9 km. Buxoro viloyati bilan 66 km. Ellikqal’a tumani bilan 169,7 km. Tuman iqtisodiy meva sabzavotchilik va xizmat korsatish tashkil etadi. 2022 yil dasturiga asosan 91,8 mlrd.somlik 59 ta xizmat korsatish va meva sabzavotchilik bo`yicha 17 ta loyiha amalga oshirish rejalashtitilgan.
Toʻrtkoʻl Amudaryoning oʻng sohilida oʻrnashib olgan mustamlakachi rus harbiylari tomonidan qadimgi Toʻrtkoʻl qishlogʻi oʻrnida 1873-yil 13 avgustda qalʼa sifatida barpo qilingan va rus podsholari sharafiga Petro Aleksandrovsk deb nomlangan. Shahar qurish uchun xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz)ga qarashli yerlarning 3227 tanobi (Amudaryo sohilidan 12 chaqirim narida) tortib olingan. Shahar qatʼiy plan asosida toʻrtburchak (toʻrt gul — kvadrat) shaklida qurilgan (Toʻrtkoʻl nomi shundan). Mahalliy rivoyatlardan birida shahar nomi "Durgil" forsiy "Durri gil" — serhosil, oltin tuproq maʼnosida talqin etiladi. Shaharda rus harbiy qoʻshinlari joylashgan, strategik jihatidan qulay yerdagi bu shahar podsho Rossiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimining siyosiy-maʼmuriy va harbiy boshqarmasi qarorgohiga aylantirildi.
1925-yildan Toʻrtkoʻl Qoraqalpogʻiston Muxtor viloyatining maʼmuriy markazi, 1932-yildan Qoraqalpogʻiston ASSRning birinchi poytaxti boʻldi. Daryo suvining qirgʻoqni yuvishi natijasida oʻng qirgʻoq yemirilib Amudaryo Toʻrtkoʻlga yaqinlashib kela boshladi. 1925-yilda Amudaryo Toʻrtkoʻldan 8 km uzoqlikda oqib oʻtgan boʻlsa, 1934-yilda suv shahardan atigi 500–800 m naridan oqib oʻta boshladi. 1938—40-yillar mobaynida daryo qirgʻogʻining yuvilishiga qarshi olib borilgan choralarga qaramay shaharni suv yuvib ketdi va 1949-yilda shahar yangi joyga koʻchirildi. 1932-yilda Qoraqalpogʻiston ASSR poytaxti Toʻrtkoʻldan Nukusga koʻchirilgan.
Toʻrtkoʻl iqtisodiy va madaniy jihatdan Qoraqalpogʻistonning rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda "Agromashtaʼmir", paxta tozalash zavodi, "Toʻrtkoʻlteks", "Toʻrtkoʻlyogʻ", "Toʻrtkoʻlmoy" qoʻshma korxonalari, temirbeton zavodi, "OsiyoToʻrtkoʻl" korxonasi, 2 avtokorxona, Yonbosh suvqurilish, 1 qurilish boshqarmalari, 3 qurilish koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, 3 MTP bor. Shuningdek, tuman hokimiyati binosi, supermarket, "Nihol", "Navbahor", "Zarafshon", "Orom" kafelari, "Yusupota" choyxonasi, Tantanalar uyi, avtovokzal va temir yoʻl vokzali, madaniyat saroyi, "Yoshlik" madaniyat va istirohat bogʻi, oʻlkashunoslik muzeyi, 2 uy-muzeyi, 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, markaziy maydonda "Mustaqillik", "Motamsaro ona", "Baynalminal jangchilarga" yodgorliklari mavjud. 11 umumiy taʼlim, biznes, sanʼat maktablari va boshqa, sanatoriy, maktab-internat, tibbiyot, bank, qilshloq xoʻjalik maishiy xizmat, yengil sanoat kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Toʻrtkoʻlda Toshkent iqtisodiyot universitetining oʻquv konsultativ punkti ishlab turibdi. Stadion (20 ming oʻrin), markaziy kasalxona (625 oʻrin), tez tibbiy yordam markazi boʻlimi, sil va teritanosil kasalliklari dispanserlari, bolalar va ayollar konsultatsiyasi, poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, "Doridarmon" va boshqa dorixonalar mavjud. Toʻrtkoʻl respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Toshkent—Nukus yoʻnalishidagi poyezdlar Toʻrtkoʻl orqali oʻtadi. Havo transporti Toʻrtkoʻlni Nukus, Buxoro, Samarkand, Toshkent shaharlari bilan bogʻlaydi. Elektr energiyasi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan olinadi.


Xulosa

Hozirgi vaqtda Toʻrtkoʻl — Qoraqalpogʻistonning yirik shaharlaridan biri. 2010-yil yozida shaharda yirik oziq-ovqat-buyum bozori ochildi. Shahar oʻz TVsiga ega. Toʻrtkoʻl tumanida 6 ta kollej mavjud: Toʻrtkoʻl bank kolleji, Toʻrtkoʻl sanoat-pedagogika kolleji, Toʻrtkoʻl tibbiyot kolleji, Toʻrtkoʻl qishloq xoʻjalik kolleji, Toʻrtkoʻl sanoat-qurilish kolleji va Toʻrtkoʻl akademik litseyi.


To'rtko'l tumani hokimligida 19 ta xodim faoliyat yuritadi:
Tuman hokimi;
• Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiya, kommunal xo'jaligi va obodonlashtirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari;
• Tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari;
• Tuman hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi;
• Tuman hokimi yordamchisi;
• Hokimlik xuquq maslahatchisi;
• Devonxona bo'limi boshlig'i;
• Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari;
• Tashkiliy-nazorat guruhining etakchi mutaxassisi;
• Tashkiliy-nazorat guruhining 1-darajali mutaxassisi;
• Tumani hokimligining yirik qurilish, kommunikatsiya, kommunal xo'jaligi va obodonlashtirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi;
• Tuman hokimligi bosh mutaxassisi;
• Tuman hokimligi xotin-qizlar masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi;
• Tuman hokimligi jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi;
• Tuman hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyasi mas’ul kotibi;
• Tuman hokimligi bosh hisobchisi;
2018 yil 1 iyul holatiga tuman aholisi soni 207,2 ming kishini tashkil etadi. Shundan 79,5 ming kishi shaharda, 127,7 ming kishi qishloqda yashaydi.
Tuman iqtisodiy negizini paxtachilik tashkil etadi. Shu sababli tuman sanoati ham paxta xom-ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Tumanda paxta tozalash zavodi, “To'rtko'l don mahsulotlari” MChJ, “To'rtko'l Asaka tekstil” MChJ, temir-beton buyumlari zavodlari, aholiga pullik va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari, bosmaxona va boshqa korxonalar mavjud.
Paxtachilikdan tashqari g'allachilik, chorvachilik, ipakchilik, bog'dorchilik, sabzavot va polizchilik ham rivojlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Қǝлендер Əбдимуратов “Неге усылай аталған?” Қарақалпақыстан баспасы Нɵкис-1965

  2. Internet ma’lumotlari.

Download 28,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish