S. S. Baratova – jdpi. Maktab menejmenti kafedrasi, magistr. Annotatsiya: Rahbarning shaxsiy xulqini aniqlash va o’rganish



Download 221,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi221,98 Kb.
#624045
  1   2
Bog'liq
- Oq078Ldle9D773E8uiUqHsNdXe2OA2[1]



S.S.Baratova – JDPI. Maktab menejmenti kafedrasi, 
magistr. 
Annotatsiya:Rahbarning shaxsiy xulqini aniqlash va o’rganish

Kalit so’zlar: rahbar
, lider, xulq, shaxs,majlis,lavozim,hukmronlik. 
Hozirgi kunda yaxshi rahbar bo’lish uchun psixologlarni fikricha rahbarlarni 
psixodiagnostika usulida tekshirish
natijasida quyidagi belgilarini aniqladilar:
1.irodali, maqsadga erishish yo‘lida uchragan to‘siqlarni engishga qodir;
2.atonatli, aqlli tarzda tavakkallik qila oladigan, bardoshli;
-tashabbuskor va mayda e’tiborsiz ishlarni afzal ko‘radi,
3.ruhiy barqaror va o‘zini bo‘lar - bo‘lmas takliflar bilan band bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaydi;
4.yangi shart - sharoit va talablarga yaxshi moslashadi;
5.o‘z-o‘ziga tanqid bilan qarovchi, nafaqat o‘z muvaffaqiyatlarini, balki
muvaffaqiyatsizliklarini ham aql bilan baholaydi;
6.o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan, topshirilgan ishni talab qila oladi;
7.tanqidiy ko‘z bilan qaraydigan, o‘ziga jalb qiladigan takliflarning nozik
tomonlarini ko‘ra oladi;
8.ishonchli, o‘z so‘zida turadi, unga suyanish mumkin;
9.sabr - toqatli, xatto ortiqcha ish yuklangan sharoitda ham ishlay oladi;
10.yangilikka beriluvchan, noan’anaviy vazifalarni yangicha usullar bilan xal
qilishga moyil;
11.sharoitga qarab, xulq -atvorini o‘zgartirish qobiliyatiga ega, talab qilishi ham,
dalda berishi mumkin.
Lider vaziyatni his qilib, kerakli fazilatlarini o‘z vaqtida ishlata olishi shart.
Hatto ishlash sharoiti noqulay bo‘lib, atrofidagilar xush ko‘rmasa ham.
Qiyinchiliklar yana shundan iboratki, haqiqiy lider bir-biriga zid fazilatlarni ham
o‘zida mujassamlashtirishiga to‘g’ri keladi, Masalan, ularda quydagi hislatlar 
bo’lishi kerak. 
- predmetni aniq bilish doirasida qolib, keng ko‘lamda fikrlay olishi;
-o‘z tamoyillariga sodiq qolgan holda, qarama-qarshi nuqtai-nazarlarni tushunishi
va undan foydalana olishi;
-boshqalarning tazyiqiga berilmasligi; foydasiz loyihaparastlik bilan 
shug’ullanmasdan, yangi g’oyalar qabul qila
olish;
-tavakkal qilish va mumkin qadar kam xato qilishi;
-talabchanlikni saqlagan holda xushmuomala, nazokatli bo‘la olishi kerak.
Hozirgi zamon lideri juda yaxshi psixolog bo‘lishi zarur. Gap, albatta, maxsus
bilimlar haqida emas, balki birga ishlayotgan odamni bilish haqida borayotir.
Lider bo‘lishning asosiy yo‘llari
 
Jamoaning barpo etilishi va guruh faoliyati malakasini o‘stirish
 


Garchi ko‘pchiligimiz otasi, onasi va bitta yoki ikkita ukasi va singlisi bo‘lgan
oilada o‘sgan bo‘lsakda, bitta ota-onasi bo‘lgan yoki ulardan biri ko‘p uyda
bo‘lmagan oilada tarbiyalangan kishilar ham bor. Oila- bu bola uchun birinchi
ijtimoiy guruhdir. Shuning uchun ham ayni shu oila insoning kelgusidagi hayotiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Birinchi majlisni qo‘l ostidagilardan ularning rejalari haqida so‘rash va
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan narsaga nisbatan ularning o‘z takliflarini aytib 
berishni
iltimos qilishdan boshlash yaxshi usul hisoblanadi, Bu birinchi majlisni o‘tkazish
uchun to‘laqonli mantiqli sabab bo‘ladi. Faqat Siz ehtiyotkor bo‘lishingiz va o‘z
fikringizni aytishga, taklif qilishga yoki talablar qo‘yishga juda shoshilmasligingiz
kerak. Kuzatib turishga, va qo‘l ostingizdagilarning fikrini eshitishga o‘zingizga 
vaqt
bering. Majlislar oldindan belgilangan vaqtda muntazam o‘tkazilib turishiga
qaramasdan, odamlarga majlis o‘tkazilishi to‘g’risida xabar berib, ularga yana bir
marta eslatib turish muhimdirAgar Siz majlis bayonnomasini olib borishni 
istamasangiz, uni birortaga
topshirishingiz mumkin yoki eng qiziqarli axborotlarni 
o‘zingiz yozib boring. Siz
majlisni olib borishning qator qoidalarini belgilashingiz 
mumkin.Chunonchi,aytishingiz mumkin: " agar biz muhokama qilayotgan 
masaladan chetga chiqib
ketganimizni ko‘rsam, men majlisni unga qaytarishga 
haqqim bor", yoki Siz aytishigiz
mumkin: " Agar men kun tartibidagi biror bandni 
muhokama qilishga belgilangan
vaqtdan ko‘proq sarf qilinganini sezsam, men 
muzokarachilarni to‘xtatishiga haqqim
bor". Shuningdek, Siz ochiq munozara 
foydali ekanligi va yangi g’oyalar tug’ilishiga
imkoniyat yaratishi haqida 
gapirishingiz mumkin; ammo adovat ruhida muhokama
qilish mahsuldor 
hisoblanmaydi, bunday paytda Siz bunday muhokamani to‘xtatib,
boshqa masalaga o‘tishingiz lozim. Sizning xodimlaringiz qanday masalalarni
jamoaviy hal bo‘lishini, qanday qarorlar faqat boshliqlar tomonidan qabul 
qilinishini
aniq bilishlari zarur. Bu ko‘pgina tushunmovchiliklardan holi bo‘lishiga 
yordam
beradi. 

Download 221,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish