3.4.3. Ozon o‘pqoni
«Ozon o'pqoni» deganda atmosferadagi ozonning m a’lum joylarda umumiy miqdorini kamayib ketishi tushuniladi. Bu hodisa birinchi marta Antraktidada kuzatilgan bo'lib, oxirgi yillarda bu yerda har yili takrorlanib turadi. Antraktidadagi ozon o‘pqoni yil fasliga bog‘liq bo‘lgan hodisadir va u faqatgina bahor faslida hosil bo‘ladi. Masalan, 1987-yil bahorda ozonning umumiy miqdori 300D.b dan 150—200 D. b, ayrim joylarda esa 100 D.b gacha kamayishi kuzatilgan. Hosil bo‘lgan o ‘pqonning maydoni esa 40 mln km2ni tashkil qilgan. Oxirgi yillarda esa ozon o ‘pqonining maydoni kengayib bormoqda va u Avstraliya bilan Chili hududigacha yetib borgani haqida m a’lumotlar berilmoqda.
Ozon o‘pqonining hosil bo‘lishi mexanizmi 1995-yil Sh. Rowland (AQSH), M. Molina (AQSH) va P.Krutsen (FRG) olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning tadqiqotlariga binoan Antarktidadagi bu hodisa tabiiy omillar bilan birgalikda atmosfera havosiga ta’sir etuvchi antropogen omillarga ham bog‘liqdir. Antarktidada har yili qish faslida hosil bo‘ladigan sirkum qutbli vixr, ya’ni havoning aylanma harakati hosil bo‘lishi hisobiga atmosferaning ushbu joyida stratosfe-raning boshqa joylari bilan havo almashining vaqtincha to'xtab qoladi
va bu yerga stratosferaning boshqa zonalaridan ozonning kelib tushishi to‘xtatiladi. «Vixr» ichida havoning temperaturasi 70—800°C gacha pasayadi.
Stratosferada aerozol shaklidagi muz kristallari va sovutilgan suv tomchilaridan tashkil topgan mustahkam bulutlar, ya’ni aerozollar paydo boiadi. Bu aerozollar tarkibiga xlor oksidi dimerlari (C10)2, xlorli nitrozil (C 10N 02) va azotningboshqa birikmalari (H N 0 „ H N 0 2) kiradi. Qish faslida bu birikmalar aerozollar bilan bog‘langan boiib, ozon bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bahor faslida sirkumpolyarli vixr buzilib ketadi va temperatura ko‘tarilishi bilan muz kristallarining sirt yuzasida quyidagi geterogen kimyoviy jarayonlar amalga oshadi:
C10N02+H 20 -> HOCI+HNO3
yoki C10N 02+HC1 -» C12+ H N 03.
Hosil boigan Cl2 va HOC1 molekulalari beqaror bo‘lib, birinchi quyosh nurlari paydo bo‘lishi bilan parchalanadi:
Cl2 +hv -> 2C1
HOCl+hv -» OH+C1
Shunday qilib, bahor fasli kelganda Antarktida muzliklari ustidagi stratosferada bir qator ozonning yemiruvchi moddalar paydo bo‘ladi va ular ozonning parchalanish jarayonini tashkil qiladi. Qish faslida kamayib ketgan ozonning o ‘m i esa to‘ldirilishga ulgurmaydi.
Antarktidaning ustidagi ozonni parchalanishida xlor oksidi dimer lari ham muhim rol o‘ynaydi. Bu moddalar beqaror bo‘lib, nurianish ta’sirida parchalanadi:
(СЮ)2 +hv >Cl+ClOO
ClOO -» Cl + 0 2
Bu jarayonlar natijasida kislorod hosil boiadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |