2. Yopiq sistemalar—bunday sistemalar tashqi muhit bilan faqat energiya almashinuvida ishtirok etadi. Bunga shartli ravishda isitgich yoki sovutgich apparatlarini misol qilib keltirish mumkin (isitgich spirali oksidlanishi yoki sovutgichdagi freon atrof-muhitga tarqalishini hisobga olmagan taqdirda).
3.Ajratilgan sistemalar —bunday sistemalarda tashqi muhit bilan modda va energiya almashinuvi sodir bo‘lmaydi. Shartli misol tariqasida issiq suvli termosni keltirish mumkin. Termosdagi suv uzoq vaqt sovumasdan saqlanishi mumkin. Ammo bu holat cheksiz vaqt qiymatiga ega emas.
Agar yopiq sistemalarda biror-bir jarayon amalga oshsa, bunda modda va energiya almashinuvi sodir bo‘lmasa buni adiobatikjarayon deb ataladi.
Sistema holati deganda uning aynan shu vaqt birligi ichida ega bo‘lgan fizik-kimyoviy xossalarining yig‘indisi bilan belgilanadigan holat tushuniladi.
Agar biror-bir sistemaning makroskopik holati unda (tashqi muhit omillari ta’sir etmagan holda) amalga oshayotgan jarayonlar ta’siri oqibatida o‘zgarmasa bunday holatga muvozanatda turgan sistema holati va unga to‘g‘ri keladigan qiymatlar muvozanat qiymatlari deb ataladi.
Sistema bir jinsli (fazali) bo‘lsa, ya’ni uning tarkibiy qismlari o‘zaro sirt chegaralari bilan ajralmagan bo‘lsa — gomogen,agar sirt yuzalari bilan ajralgan tarkibiy qismlardan iborat bo‘lsa —geterogen sistema deyiladi.
Fazadeb bir jinsli, bir xil tarkibli va demak bir xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan holda o‘zaro aniq sirt chegarasi bilan ajralgan (izolyasiyalangan) sistemaning tarkibiy qismiga aytiladi. Demak gomogen sistemalar — bir fazali, geterogen sistemalar — ko‘p fazali bo‘ladi. Masalan, suvda CuSO4 to‘liq erigan bo‘lsa, bir fazali gomogen sistema hosil bo‘ladi.
Termodinamikaning birinchi qonuni Termodinamikaning birinchi qonuni energiya va ish tushunchasiga asoslangan bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. Har qanday sistema ma’lum bir energiya miqdori bilan xarakterlanadi Agar biror-bir sistemaga ma’lum miqdorda issiqlik berilsa bu holda sistemaning ichki energiyasining ortishiga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarf bo‘ladi. Q = ΔUichki + A.
Bu tenglama issiqlik o‘zgarishini ifodalaydi (energiya saqlanish qonunining ifodasi bo‘lib) va termodinamika birinchi qonunining matematik ifodasi hisoblanadi.
Yoki termodinamika birinchi qonunining boshqacha ta’rifi. Energiya o’z-o’zidan yoqolmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi. Agarda biror sabablarga ko’ra energiyaning bir turi sarflansa uning o’rniga ekvivalent miqdorda boshqa turi paydo bo’ladi. Bu qonundan quyidagi ikki postulat kelib chiqadi:
postulat. Hech qaerdan energiya olmasdan doimiy ravishda ishlovchi mashinani yaratib bo`lmaydi, ya`ni birinchi turdagi abadiy dvigatel bo‘lishi mumkin emas.
2-postulat. Energiya o‘z-o‘zidan yo‘q yoki paydo bo‘lmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga qatiiy ekvivalent miqdorlarda o‘zgaradi.