S. M. Masharipov X. S. Tadjiyeva tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik


Eksperimental natijalar jadvalga yoziladi



Download 8,51 Mb.
bet28/68
Sana26.03.2022
Hajmi8,51 Mb.
#511663
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
Bog'liq
5.Тиббий киме дарслик

Eksperimental natijalar jadvalga yoziladi:

Tajriba №

VH2O2
ml

VKMnO4
ml

N H2O2
mol/l

m H2O2
g

T H2O2
g/ml

P H2O2 (%)

1

10
















2

10
















3

10
















O`rtacha

10


















Aniqlangan titr qiymatidan foydalanib va sotiladigan vodorod peroksidni 100 marta suyultirilganligini hosobga olib, 1 ml sotiladigan vodorod peroksidni eritmadagi gramm miqdori quyidagicha topiladi:

H2O2 ning % miqdori quyidagicha topiladi:
PH2O2 = m .100%
Nazorat savollari:

  1. Titrlash deb nimaga aytiladi?

  2. Ekvivalent nuqta deb nimaga aytiladi?

  3. Ishchi eritmaga ta’rif bering

  4. Indikatorlar va ularning o’tish oralig’i

  5. Kislota-asosli indikatorlarni sanab bering va ularni rangi o’zgarishini ta’riflang

  6. Alkalimetriya va atsidimetriyani ta’riflang

  7. Titrlash yo’li bilan qanday konsentratsiya turlari aniqlanadi?

  8. Oksidimetriya usulini ta’riflang

  9. Titrlash usullarini nomlang va tibbiyotdagi axamiyatini tushintiring


Mashg‘uloti № 7 (Laboratoriya mashg’uloti)
Mavzu: Bufer sistemalar
Kislota-asosli muvozanat
Organizmning ichki muxitining asosiy xususiyatlaridan biri vodorod ionlarining konsentratsiyasi doimiyligidir. Konsentratsiya doimiyligini saqlanishi bir qator fizik-kimyoviy va fiziologik mexanizmlarga bog‘liq. Organizm faoliyatida pH muhiti tashqaridan kelib tushayotgan moddalar, metabolizmda hosil bo‘layotgan kislotali, asosli hususiyatga ega bo‘lgan turli hil moddalarning oraliq mahsulot sifatida hosil bo‘lishiga bog‘liq. Ammo organizmning kislota-asos muvozanatini saqlab turuvchi resurslari sistemaning muhitini doimiy saqlab turadi. Bular asosan bufer sistemalar zimmasiga tushadi. Ularning ta’sir etish mexanizmini bilish, pHini, bufer sig‘imini aniqlash usullarini bajarish, muxitdagi kislota va asoslar miqdorini aniqlashni bilish juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Eritmalarning pH ko‘rsatkichini o‘zgarishsiz saqlab turish xususiyati bufer ta’siri deb ataladi. Bu xususiyatga ega bo‘lgan eritmalar bufer eritmalar deb nomlanadi. Bufer eritmalar bo‘lishi mumkin:

  1. Kuchsiz kislotani, shu kislota bilan kuchli asos hosil qilgan tuz bilan aralashmasi

  1. Kuchsiz asosni, shu asos kuchli kislota bilan hosil qilgan tuz bilan aralashmasi

Masalan:
CH3COOH + CH3COONa - atsetatli bufer eritma
H2CO3 + NaHCO3 - bikarbonatli bufer eritma
Na2HPO4 + NaH2PO4 - fosfatli bufer eritma
NH4OH +NH4Cl - ammiakli bufer eritma
PtCOOH + PtCOONa – oqsilli bufer eritma
HHb + KHb – gemoglobinli bufer eritma
HHBO2 + KHBO2 – oksigemoglobinli bufer eritma
Inson organizmida biologik suyuqliklarning pH doimiyligi yuqorida ko‘rsatilgan bufer aralashmalar orqali saqlanib turadi, atsetatli va ammiakli bufer aralashmalar bundan mustasno.
Bufer sistemalarning ta’sir mexanizmi. Buferning ta’sir etish mexanizmi kuchli elektrolitni o‘rniga, kuchsiz elektrolit hosil bo‘lishidan iboratdir.
Masalan, atsetatli buffer sistema eritmasida sirka kislota kuchsiz elektrolit sifatida, natriy atsetet kuchli elektrolit sifatida dissotsiatsiyalanadi:
C H3COOH CH3COO- + H+
CH3COONa CH3COO- + Na+
Shu atsetatli buferga xlorid kislota qo‘shilganda HCl aralashmadagi tarkibiy qismlarning biri CH3COO- ionlari bilan bog’lanib kuchsiz elektrolit CH3COOH ni hosil qiladi:

Tenglamadan ko‘rinib turganidek, kuchli kislota ekvivalent miqdordagi kuchsiz kislota bilan almashtiriladi (bu holda HCl CH3COOH bilan almashtiriladi).
Bufer eritmaga ishqor qo‘shilganda vodorod ionlarining konsentratsiyasi va pH ham kam o‘zgaradi. Ayni vaqtda ishqor buferning boshqa tarkibiy qismi H+ ionlari bilan neytrallanish reaksiyasiga kirishadi va kuchsiz elektrolit suv hosil bo’ladi:
Buning natijasida qo‘shilgan ishqor reaksiya muhitiga birmuncha kam ta’sir qiladigan tuzning ekvi­valent miqdori bilan almashtiriladi (gidrolizga qarang) ana shu tuzning dissotsiyalanishidan hosil bo‘ladigan CH3COO- anionlari sirka kislota dissotsilanishiga birmuncha susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish