si (uchinchi oktava do) tovushgacha bolgan diapazonni oz ichiga
oladi.
Surnayning tovushi keskin va juda otkir bolib, unda tovush
hosil qilish murakkab hisoblanadi. Bu jarayon uzluksiz nafas bilan
ijro qilish mahoratini talab etadi.
Uzluksiz nafas bilan chalishning mohiyati shundan iboratki,
qadimgi ulamolar sozni vaqtning uzviy bolagi, yani vaqtda uzilish
bolmaganidek, musiqada ham qisqa bolsada, uzilish bolmasligi
kerak deb hisoblashgan. Shuning uchun ham, ayniqsa, Xorazm
surnaychiligida uzliksiz nafas bilan chalish qabul qilingan va
hozirgacha davom etmoqda.
Shuningdek, Xorazm dutor cholguchiligida ham uzluksiz rez
(tremolo) bilan chalish bugungi kungacha oziga xos uslub
hisoblanadi va ularning surnay ijrochiligi bilan uzluksizligi
oxshashdir.
Uzluksiz nafas turi Ozbekiston surnaychilarida qaytarma nafas
yoki Xorazmda dam aylantirish deyiladi va hozirgi davrda ham
qollaniladi. Bunda ijrochi lunjini shishirgan holda zaxira havoni lunjda
saqlaydi va burundan nafas olayotgan paytida zaxiradagi havoni
chakka mushaklari yordamida surnay naychasiga yollaydi. Natijada
ham opkaga havo olinadi va surnayga yuborilayotgan nafasda ham
uzilishga yol qoyilmaydi. Qaytarma nafasni orgatish uchun mashhur
xorazmlik xon surnaychisi Xudak ota Xudoybergan Qurbon ogli
oz shogirdlarini qollariga nay qamish berib dam aylantirish tamoyilini
tushintirgach, boshlovchi surnaychini ariqcha chetiga yotqizgan holda
naychani suvga tiqib puflatar va suvda pufakchalar hosil bolishi
uzluksiz davom etsa, yani nafas aylansa shogird surnayni qoliga
olgan. Agar dam aylanishida uzilish roy bersa, suvda uzluksiz pufak
chiqqunicha mashgulotni yana davom ettirgan.
Ozbekistonda ikki xil surnay ijrochiligi mavjud. Ular Fargona-
Òoshkent va Xorazm uslublari deb ataladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
53
Fargona-Òoshkent ijrochilik yonalishining vakillari togrisida
Gulom Zafariyning 1930-yillarda tuzilgan shajarasida keltirilgan
sozandalar nomlaridan bilamiz. Shuningdek, keksa sozanda va
bastakor ustoz Muxtorjon Murtazoyevning aytishlariga qaraganda
Andijonning Buloqboshi tumanidan talaygina taniqli surnaychilar
sulolasi yetishib chiqqan. Bular: Rustam Mehtar, Odil Mehtar,
Ashurali Mehtar, qoqonlik Rozi naychi, Hamroqul bulomon,
Ummatqul qoshnay, margilonlik Ahmadjon Umurzoqov, oq
machitlik surnaychi Kalon Mehtar Bobo, Òoshkentdan Shukurqul
nay, Kamol nay, aka-uka surnaychilar Nurulla, Sadulla, Xayrulla
Ubaydullayevlar, Abduqayum ota Azimov, Mahkam Sobirov,
Shamsimat ota Yusupov, Gulomjon Mirzayev, Namangandan
Burhon nay, Hasan nay va boshqalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, ushbu uslubning maxsus «Surnay yollari»dan
Buzruk, Savti Buzruk, Navo, Savti Navo, Navo Charxi, Dugoh,
Dugoh Husayniy, Dugoh ufori, Segoh, Segoh ufori, Uzzol,
Iroq, Ufori Iroq maqom shobalari asosida yaratilgan yirik
turkumdagi asarlar ijro qilinadi.
Xorazmda surnay ijrochiligining rivojlangan davri
Muhammadrahimxon Feruz xonlik qilgan (1863-1910) zamoniga
togri keladi. Bu vaqtda aka-uka Hasan va Husan Kalot, Yoqub
bulomonchi, Sariq Mehtar, Bobojon (Buva bulomonchi)
surnaychi, Xudoybergan Qurbon ogli va 40 nafar surnaychidan
tashkil topgan surnaychilar, karnay va nogoralar jorligidagi
ansambl «Xon chiqar» (Xorazm Navo maqomining saqili)ni xon
chiqish paytida chalishgan. Bunda Xon otining va uni yetaklab
yuradigan shotirlarning oyogiga turli hajmdagi zanglar taqilgan
bolib, ular kuy usuliga monand oyoqlarini tashlab yurgan paytda
mahobatli tomosha korinish hosil bolgan.
Bu davrda mashhur bolgan Durdi karnaychi nomi ham kop
tilga olinadi.
Xiva xonligida gassollardan olinadigan soliqni Ashur mahram
karnaychilarga oylik, yani maosh qilib berar ekan. Shuning uchun
ham ushbu kasb eng past hunarlardan hisoblangan va hozirgacha
Ozbekistonning boshqa joylariga qaraganda Xorazmda karnaychilar
deyarli yoq, karnay esa juda kamdan-kam hollarda istefoda qilinadi.
XX asrda mashhur bolgan surnaychilardan Xudoybergan
Qurbon ogli, Matniyoz ota, Quryoz ota, Jumaniyoz ota,
Abdusharif Òoganov, Matyoqub doxtir Ollayorov, Ozbekistonda
www.ziyouz.com kutubxonasi
54
xizmat korsatgan artist Qodir Bobojonov, Fayzullo Matchonov,
Yoldosh Òojiyev va ayniqsa Ozbekistonda xizmat korsatgan
madaniyat xodimi, «Dostlik» ordeni nishondori Matrasul
Matyoqubovlar el orasida taniqli ustoz sozandalardan hisoblanadi.
Xorazmda ham maqom shobalari asosida surnay uchun maxsus
«Surnay maqomlari» yaratilgan va ular Komil Xorazmiy tomonidan
ixtiro qilingan «Òanbur nota chizigi»da oz aksini topgan bolib,
bular «Iforiy», «Zangboziy», «Zuvoniy», «Marviy I-II», «Gulho
gulim», «Alaming yomon», «Yor-yor», «Qorakoz», «Puxtaro giyr»
maqomlaridir.
33
Shuningdek, «Muhammasi Rost», «Muhammasi
Ushshoq», «Saqili Navo» (bu asar xon chiqar deb ham yuritilgan),
«Muhammasi Bayot», «Ufori Navo», «Peshravi Dugoh», «Peshrav
zanjiri», «Hafifi Segoh», «Ufori Iroq», «Zuvoniy» kabi asarlar tanbur
maqomlaridan bolsa, xalq kuylaridan «Aliqambar», «Nadromaddin»,
«Birollayim», masxaraboz yollaridan: «Qum pishigi», «Òorgay»,
«Chogolloq», «Zumlaq», «Rotollo» va boshqa kuylar hozirgacha
mashhur. Surnay yollarining asosan nikoh, sunnat va boshqa
toylarda ijro etiladigan turlari keng tarqalgan. Ularning aksariyati
raqs kuylari bolib, turkumli «Shodiyona», «Katta oyin», «Òanovar»,
«Munojot» «Orazibon», «Norim-norim», «Ushlini uforisi»,
«Elapasalandi», «Birolloyim» (oxirgisiga oxshagan qoshiqlar ovozi
kuchli xonandalar tomonidan surnay jorligida kuylangan va bunday
jorlikda kuylash faqat Xorazmgagina xosdir) va ayniqsa «Surnay
lazgisi» xalqaro miqyosda dongi ketgan raqs kuylaridan hisoblanadi.
Raqs kuylariga kopincha qayroq jorligida oynaladi.
Surnayning tovushqatori va registrlarining tasnifi quyidagicha:
Diapazoni va registrlarining tasnifi
33
«Shashmaqom saboqlari». H.Aminov maqolasi. OzDK Ixtisoslashgan
ilmiy-tadqiqot markazi. Ò.,127128-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Bug sopoldan ishlangan 350 mm uzunlikdagi quvur bolib,
undan qadimda tegirmon don yanchish uchun tayyor ekani yoki
shahar hammomi suvi isib yuvinish uchun shay bolganligini
bildirish maqsadida tashdorlar tomonidan chaqiriq
34
chalingan.
Surnay ijrochiligi bilan elga tanilgan va rivojiga munosib hissa
qoshib kelayotgan sanatkorlardan Quronboy Bobojonov, Gulomjon
Mirzayev, Ahmadjon Hojiboyev, Ahmadjon Sobirov, Matrasul
Matyoqubov, Yoldosh Òojiyev, Saddin Saddinov, Shovkat
Matyoqubov, Ikrom Matanov, Abduhomit Òoshpolatov, Komil
Mominov kabi bir qator sanatkorlarning nomlarini keltirish mumkin.
Karnay (forscha qarn shox,
nay) hayvon shoxidan yasalgan nay
degan manoni bildiradi. Ibtidoiy
davrlardan har xil chaqiriq uchun odam
ovozidan kuchli tovushga ehtiyoj paydo
bolgan va natijada hali inson
tomonidan metall kashf qilinmasdan
burun hayvonlarning katta shoxlaridan
turli hajmdagi karnaylar yasashgan.
Karnayning topilgan qoldiqlari
eramizdan oldingi uch minginchi
yillarga borib taqaladi. Karnay birinj
latundan yasaladi va uzunligi 3
metrcha keladigan togri, bazan
bukik, qungiroqsimon karnayli tabiiy
oberton tovushqatorli cholgu hisob-
lanadi. Karnay asosiy quvurining
ichidan 97100 sm keladigan va tobora
kengayib (5 mm dan 36 mm gacha)
boradigan ingichka yordamchi quvur
otkazilgan. Bu quvur xalq tilida nil
deb ataladi va u 37 mm keladigan
karnay munshtugiga ulanadi. Karnay
juda uzun bolganidan ikki yoki uch
bolakka bolinadi. Uning tovushi juda kuchli bolib, ijro paytida
34
Ijrochilik amaliyotida (ayniqsa Fargona vodiysida keng ommalashgan),
chaqiriq nomi bilan yuritiladigan usul va usullar silsilasi keng qollanilgan. Hozirda
Fargona-Òoshkent ijro yollarida 10 ga yaqin chaqiriq usullar saqlanib qolingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
karnaychi karnay ogzini har tomonga yonaltirgan holda (barchaga
eshitilsin uchun) chaladi. Uning oberton tovushlari kolami bir
oktavadan oshmaydi. Obertonlari prima, sekunda, kvinta, seksta
va septima bolib, eng kop foydalaniladigani kvinta, seksta va
septima intervallaridir. Karnay harbiy yurishlarda, toy, sayil va
bayramlarda surnay, nogora va doyralar jamlangan ansambl
tarkibiga kirgan. U mohir karnaychi tomonidan yakka holda
nogora va doyralar bilan ijro qilinadigan bolsa faqat karnaygagina
xos bolgan tovush dinamikasini yaqqol namoyon qiladi. Yani
oziga xos glissando, vibrato va tovush kuchining samarasi ushbu
cholguning ulugvorligini korsatadi.
Karnay hozirgi davrda ham keng qollanilmoqda. Òort, olti
karnaydan tashkil topgan nogora, doyra, surnaylar tarkibidagi
ansambllar toy, sayil, bayram va tomoshalarda xizmat qilmoqdalar.
Burgu qadimda turkiy xalqlar Oltoy va Sibirda ham
yashaganlar va bugu shoxlaridan karnay yasaganlar, uning nomi
shundan qolgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Do'stlaringiz bilan baham: |