S begmatov, Ì. MÀTyoqubov o‘zbek an’anaviy cholg‘ulari


IV  BOB. URMA-ZARBLI    CHOLG‘ULAR  TASNIFI



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana18.07.2021
Hajmi2,67 Mb.
#122948
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
O'zbek an'anaviy cholg'ulari (S.Begmatov, M.Matyoqubov)

IV  BOB.

URMA-ZARBLI    CHOLG‘ULAR  TASNIFI

Kishilik jamiyatining ibtidoiy davrlaridan boshlab qadimgi odam

qadamlarining  bir  maromda  yerga  tashlanishi,  ov  yoki  boshqa

jamoa  tadbirlaridagi  takroriy  harakatlardan,  qo‘llarini-qo‘llariga,

badaniga urishdan paydo bo‘luvchi sadolar, turli mehnat qurollari,

buyumlar yoki toshlarning bir-biriga tegishidan kelib chiqadigan

ritmik  tovushlar  –  urma  cholg‘ularning  vujudga  kelishiga  sabab

bo‘lgan. Shuningdek, ritm-usul ibtidoiy inson hayotining markaziy

unsuri  bo‘lib,  u  jamoa  faoliyatini  birlashtiruvchi,  uni  borliq  –

tabiat va koinot bilan uyg‘unlashtiruvchi yagona vosita bo‘lgan.

Olimlarning taxminicha, ayollar kiyim tayyorlash uchun teriga

ishlov berish jarayonida uni kunda ustiga yopishgan  va qurigan

teri  haqiqiy  nog‘orasimon  tovush  chiqarishi  natijasida    inson

diqqatini  jalb  qilgan.  Buning  natijasida  esa  nog‘oralarning  turli

shakllari kelib chiqqan desa bo‘ladi.

Doyraning  yaralishiga    aloqador  rivoyatda  shunday  hikoya

qilinadi: Qadimda meshkobchilarning suv tashiydigan meshlarining

tubiga suv solganda tekis turishi uchun gardish o‘rnatilgan bo‘lib,

suvdan bo‘shagan chog‘da yoz kuni quyoshda terining qattiq qizishi

natijasida  u  tarang  tortilgan  va  barmoq  bilan  chalgan  paytda

doyrasimon tovush chiqargan. Bu toshkentlik doyrachilar orasida

og‘izdan-og‘izga,    ustozdan-shogirdga  o‘tib  kelayotgan

rivoyatlardan biridir.

Eramizdan  oldingi  ikki  minginchi  yillikka  oid  Samaylitosh

arxeologik qazilmalaridan topilgan tarixiy obidalarda doyrasimon

cholg‘ularda  ijro  etayotgan  sozandalar  tasvirlangan.  Bu  esa

doyraning  qadim  zamonlardayoq  ijrochilik  amaliyotida  mavjud

bo‘lgan urma cholg‘u ekanligini tasdiqlaydi.

Bir  rivoyatda  aytilishicha,  Iskandar  Aflotunga:  «Sen  shunday

bir  cholg‘u  yasaginki,  uning  sasi  o‘n  to‘rt  chaqirim  uzoqdan

www.ziyouz.com kutubxonasi



58

eshitilsin, dushman yuragiga qo‘rquv va dahshat solsin», - debdi.

Aflotun o‘ylab-o‘ylab oxiri katta qasqonning ikkala tomoniga mol

terisini  qoplabdi-da,  uni  tarang  torttirib,  kis  nog‘ora  yasabdi.

Nog‘orani bir tomonidan urilgan zarb, ikkinchi tomonidagi teriga

ta’sir qilgan holda aks-sado berib, «Iskandar! Iskandar!» – degan

dahshatli ovoz chiqar emish. Hozirgi davrdagi ikki tomoniga teri

qoplangan barcha do‘l nog‘ora, baraban, dovullarning yaratilishi

shundan qolgan ekan.

Markaziy Osiyo hududlarida olib borilgan qazishmalar natijasida

olingan ma’lumotlarga qaraganda, islom davridan oldingi zamonlarda

doyraga asosan ayollar jo‘r bo‘lgan. Ularning doyra usullariga mos

qo‘shiq aytishi va raqsga tushishi o‘sha davrlarda shakllanib, asrlar

osha rivojlanib kelmoqda. Doyra  qayroq zang va safoyillar oymoma

marosimlarida  koshchinlar  tomonidan  keng  qo‘llanilgan.  Niso

peshtoqlarida tasvirlanishicha, doyra diniy marosim raqslariga jo‘r

bo‘luvchi cholg‘u sanalib, ayrim hollarda raqsga tushuvchilarning

o‘zlari, ba’zan esa maxsus doyrachilar tomonidan ijro etilgan.

Zarbli cholg‘ularda chalish barcha xalqlarda ham eng zavqli va

zaruriy  mashg‘ulot  bo‘lib,  bu  haqda  musulmon  olamining  buyuk

faylasuf  olimi  Abu  Homid  G‘azzoliy  o‘zining  «Kimiyoi  saodat»

kitobining «Simoning (ba’zi) haromlig‘i bayonida» faslida shunday

deydi: – «Surud va rubob va chang va barbat va nay aroq birla bo‘lsa

haromdur.  Chunki  bu  nimarsalar  sharobxo‘rlar  odatidur.  Har

nimarsaki, ularga xosdur –haromdur. Chunki bular sharobni yodig‘a

keltirur va aning orzusini ziyoda qilur. Ammo tabla va daf chalmoq

xarom emas. Agarchi salosil, ya’ni zanjirlari va qayrog‘i bo‘lsa ham.

Chunki daf va tabla hech asrda rad bo‘lmabdurki, o‘zga nag‘malarga

muni  qiyos  qilib  bo‘lmas.  Hazrati  Rasul  s.a.v.  huzurlarida  daf

chalibdurlar  va  to‘y  ma’rakada  daf-doyra  chalmoqg‘a  farmon

qilibdurlar.  Òabla  chalmoq  g‘oziylar  va  hojilarning  rasmidur».

35

Bundan ko‘rinib turibdiki, musulmon olamida boshqa cholg‘ularga



qaraganda, zarbli cholg‘ulardan daf–doyra va tabla chalish qo‘llab-

quvvatlangan. Ayniqsa buni «Òemur tuzuklari»dagi dalillardan ham

bilishimiz mumkin.

O‘zbek harbiy zodogonlarining yuksak ma’rifatli vakili bo‘lgan Amir

Òemur, musiqa san’atining muhim estetik ahamiyatini ma’naviy omil

sifatida harbiy musiqa turlarini qo‘shinlarning jangovarlik ruhiyatini

oliy darajada saqlab turuvchi kuch deb bilgan va uning rivojiga katta

35

 Abu Homid G‘azzoliy. «Kimyoi saodat», Ò., «Adolat» 2005. 355–356-b.



www.ziyouz.com kutubxonasi


59

e’tibor bergan. U tarixda birinchi bo‘lib, askarlarni jangovar bayroqlar

va musiqa cholg‘u asboblari bilan taqdirlash odatini harbiy udumga

kiritadi:  «Amr  qildimki,  –  deb  yozadi  «Òuzuklar»ida,  –  qaysi  bir

amir  biron  mamlakatni  fath  etsa,  yo  g‘anim  lashkarini  engsa,  uni

uch narsa bilan mumtoz qilsinlar – faxrli xitob, tug‘ va nog‘ora berib,

uni bahodir deb atasinlar».

36

Markaziy Osiyoda yaxshi tanish bo‘lgan nog‘ora turlari ko‘s,



tabira,  al-tabra,  bir  tomonli  nog‘ora,  chindoul,  doul-paz,  katta

nog‘ora kabilardan foydalanilgan.

Zarbli cholg‘ularning asl ma’nosiga qarab ko‘radigan bo‘lsak,

zarb arabcha – urmoq yoki urish degan ma’nolarni bildiradi va

mazkur  cholg‘ularda  asosan  zarb  bilan  urish,  barmoq  bilan

chertish, silkitish va boshqa harakatlar orqali tovush hosil qilinadi.

Ularda  tovush  hosil  qiluvchi  unsur  sifatida  maxsus  qoplama

(membrana) yoki cholg‘u asbobining tanasi (korpus) xizmat qilishi

mumkin va bular ikki turga bo‘linadi:

a) Membranafon (qoplama) cholg‘ular, ularga maxsus teri yoki

plastik qoplangan baraban, nog‘ora, doyra, tom-tom, litavralarning

turli xillari va boshqalar kiradi;

b)  Avtofon  (o‘zi  tovush  beruvchi)  cholg‘ular  bo‘lib,  ularning

o‘z tanasidan tovush hosil bo‘ladi. Bular: turli tarelka (jaras)lar,

qayroq, safoyil va boshqalar.

Ijro  texnikasi  jihatidan  zarbli  cholg‘ularning  cho‘plar,  qo‘l

barmoqlari  bilan,  bir-biriga  tekkizib  (urib)  va  silkitgan  holda

chalinadigan har-xil turlari mavjud. Bundan tashqari, ular past,

o‘rta va yuqori registrlilarga ajratiladi.

Doyra  –  aniq  tovush  balandligiga

ega  bo‘lmagan  va  o‘zbek  xalq

cholg‘ulari  ichida  eng  keng  tarqalgan

zarbli cholg‘ulardan biridir. Doyraning

gardishi (buk, tut, o‘rik, yong‘oq, tok

daraxtlari)yog‘ochlaridan  aylana

shaklida tayyorlanadi va bir tomoniga

yosh molning terisi qoplanadi.

Doyra  ritmik  va  dinamik  usul

imkoniyatlariga juda boy cholg‘u bo‘lib,

unda ikkala qo‘lning barcha barmoqlari

36

 «Òemur tuzuklari» Ò., «Sharq» NMAK Bosh taqririyati 2005. 97-b.



www.ziyouz.com kutubxonasi


60

va shapaloq bilan ijro qilinadi. Doyra ayrim qadimiy tasvirdagilarga

nisbatan  ba’zi  o‘zgarishlarga  uchragan.  Masalan,  hozirgi  doyra

gardishida  kichkina  lappaklar  o‘rnatiladigan  teshiklar  yo‘q.  Uning

o‘rniga gardishning ichki tomonidan osiladigan ma’dan halqachalar,

ya’ni «shing‘iroq»lar mavjud.

Doyra o‘zbek va tojiklarda «doyra», «chirmanda», «childirma»,

«dap», eron va misrliklarda «daff», ozarbayjonlarda «def», «doyre»,

«gaval»,  turkmanlarda  «deprek»,  ayrim  Sharq  mamlakatlarida

«dabu» nomlari bilan keng tarqalgan.

Doyrada  usul  tizimi  qadimdan  shakllangan  bo‘lib,  ustozlar

tomonidan «bum», «bak», «bakko» yoki «bakka», Xorazmda «gum»,

«taq»,  «taqqa»  atamalari  bilan  yuritilgan.  Bunda  «bum»  nisbatan

past tovush bo‘lib, to‘rtta barmoqni birgalikda doyra o‘rtasiga urish

natijasida  chiqariladi.  «Bak»  esa  doyra  gardishiga  yaqin  joyiga

to‘rtinchi  barmoq  bilan  urib  ijro  etiladi.  Qadimgi  manbalarda

yuqoridagidek  «bum»,  «bak»,  «bakko»,  «bakka»,  yoki  «Xorazm

tanbur chizig‘i»da «gum», «taq», «taqqa» atamalari bilan yuritilgan.

XIX asrning o‘rtalarida doyra usullari bir chiziqli («bum» chiziqning

pastida, «bak» chiziqning ustida) notaga tushirila boshlagan.

Maqom cholg‘u yo‘llarining usullari

www.ziyouz.com kutubxonasi




61

www.ziyouz.com kutubxonasi




62

Doyra chap va o‘ng qo‘l shapaloq va barmoqlarining navbatma-

navbat  ishtirokida  chalinadi.  Xalq  cholg‘u  asboblari  orkestri  va  shu

mutaxasisslikda doyra partiyasi o‘ng qo‘l uchun ikkita va chap qo‘l

uchun ikkita nota chizig‘iga yoziladi va  ular akkolada bilan birlashtiriladi.

katta 


bum

kichik 


bum

katta 


bak

kichik 


bak

O‘ng qo‘l

katta 

bum


kichik 

bum


katta 

bak


kichik 

bak


chertib 

chalish (noxun)

Chap qo‘l

Doyra  ijrochiligida  turli  bezaklar  ham  mavjud  bo‘lib,  ular

quyidagicha ifodalanadi.

«Shing‘iroq». Doyra zarblari ostida halqachalarning bir-biriga

urilishi natijasida hosil bo‘ladigan tovush «shing‘iroq» deb ataladi

va amaliyotda (x) belgisi bilan ifodalanadi. «Shing‘iroq» tajribada,

asosan, ikki ko‘rinishda uchraydi: mustaqil va jo‘rlikda. Ikkinchi

ko‘rinishda bu uslub har xil usullar bilan birgalikda qo‘llanib, har

bir urilgan naqrlarga bezak beradi. Misol:

«Shing‘iroq»ning mustaqil qo‘llanishi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



63

«Shing‘iroq»ning har xil usullar bilan birgalikda qo‘llanilishi:

«Shing‘iroq»  ijro  uslubidan  mustaqil  yoki  usullar  tarkibida

mohirona foydalanish doyrachining zehni va mahoratiga bog‘liq.




Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish