S begmatov, Ì. MÀTyoqubov o‘zbek an’anaviy cholg‘ulari


Ishvalak,  ushbullak,  loyxushtak



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana18.07.2021
Hajmi2,67 Mb.
#122948
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
O'zbek an'anaviy cholg'ulari (S.Begmatov, M.Matyoqubov)

Ishvalak,  ushbullak,  loyxushtak  –  turli  qush  va  jonzotlar

shaklida sapoldan yasaladi va har xil bo‘yoqlar bilan bezatiladigan

xushtaksimon cholg‘u. Uning xushtak hosil qiladigan bitta teshigi

va barmoq bilan bosiladigan ikkinchi teshikchasi mavjud. Ishvalak

asosan bolalar o‘yinchog‘i sifatida qo‘llaniladi.

Sibiziq – (bizillovchi ma’nosida) 150 mm, uzunlikdagi g‘arov

qamishdan  yasalgan  cholg‘u.  Uning  bosh  qismida  tilcha  kesib

ochilgan, barmoq bilan bosiladigan uchta teshigi bor. Òovushqatori

diatonik. Sibiziq cho‘ponlar cholg‘usi bo‘lib, unda sho‘x – o‘ynoqi

kuylar chalinadi. Sibiziq  turkmanlarning dilli-tuyduqiga o‘xshaydi.

Nay  –  silindr  shaklida  400  –  600  mm

uzunlikdagi  yonlama  cholg‘u  bo‘lib,  mevali

yog‘ochdan  (yog‘och  –  nay),  bambukdan

(g‘arov  –  nay),  oq  misdan  (mis  –  nay),

latundan (brinj – nay) yasaladi. Nayda barmoq

bilan  bosiladigan  6  ta  asosiy  teshik  bo‘lib,

ulardan  tashqari  puflash  uchun  teshik,

yog‘och  va  g‘arov  naylarda  asosiy  teshiklari

orasida bitta hamda quyi qismida yana to‘rtta

teshiklar  mavjudki,  bularning  barchasi  nay

tovushiga chiroyli tus berish uchun ochilgan.

Nayning  tovushqatori  diatonik  bo‘lib,  ikki

yarim oktava (birinchi oktava lya dan to‘rtinchi

oktava re gacha) tovush ko‘lamiga ega.

Ikkinchi oktava lya tovushidan yuqori pardalar

nafas  bosimini  kuchaytirish  yo‘li  bilan  hosil

qilinadi.  Sozandalar  ijro  davomida  va  ayniqsa

yuqori  tovushlarni  hosil  qilganda  murakkab

(asosiy  pardalarda  o‘rta  barmoqlarni  ochgan

holda «âèëî÷íûé») applikaturani qo‘llaydilar.  Nay teshiklarini yarim

ochgan  holda  esa  xromatik  tovushqator  hosil  qilish  mumkin.

Shuningdek,  nayning  puflanadigan  teshigiga  ijrochi  labini  pastroq

yoki yuqori qo‘yishi natijasida tovushni yarim pardaga farq qildirish

mumkin.


Nayning yaralishiga doir bir rivoyatda aytilishicha: Inson paydo

bo‘lgandan keyin yerda o‘sib turgan qamishni qirqib olib, undan

teshiklar ochib, nay yasaydi va chala boshlaydi. Nayning ohangiga

mahliyo bo‘lgan yer yuzidagi barcha jonzot tirikchilik tashvishini

unutib  (sher  kiyik  bilan,  bo‘ri  qo‘y  bilan,  tulki  tovuq  bilan  va

www.ziyouz.com kutubxonasi




48

h.k.), hech narsaga parvo qilmasdan ijrochining izidan ergashib

ketaverishibdi.  Buni  kuzatib  turgan  Allohu  Òa’lo  yerdagi

muvozanatning buzilganini ko‘rib insonning qo‘lidan nayni oladi

va undagi mahliyo qiluvchi shirani so‘rib chiqarib tashlaydi va nayni

qaytarib beradi.

Nayning tovushqatori va registrlarining tasnifi quyidagicha:

Hozirgi nayning maftunkor ovozi o‘sha shirasi so‘rib olingandan

keyingi huzuri bo‘lsa, undan oldingisining ta’rifiga so‘z ojiz.

Nay ustozlari Abduqodir Ismoilov, Saidjon Kalonov, Mahmudjon

Muhammedov nomi elga doston bo‘lgani va hozirda Halimjon Jo‘rayev,

Abdulahad  Abdurashidov,  Ahmadjon  Sobirov,  Òohir  Qahhorov,

Xurshid  Oripov  kabi  naychi  sozandalar  bu  cholg‘uning  sehrini

me’yorida namoyon etayotganliklarini qayd etib o‘tish joizdir.

Har bir ustoz nay ijrochiligi tarixida o‘ziga xos uslub yaratgan.

Ular amaliyotda shogirdlar uchun ibrat va dasturi amaldir. Ular

orasida  ustoz  Mahmudjon  Muhammedovning  ijro  uslubi  o‘quv

mezonida ustozlar tomonidan e’tirof etilgandir. Shu bois bu uslubni

qisqacha ta’riflab o‘tamiz.

M.Muhammedov odatda yumshoq tabiatli, juda ozoda, o‘tkir

fikrlovchi,  tabiatan  nozik  ta’b  inson  bo‘lgan.  Bu  xislatlar  uning

ijro uslubida o‘z ifodasini topgan. M.Muhammedovning ustozlik

uslubining  ham  o‘ziga  xosligi  shunda  bo‘lgan.  Eng  avvalo,

cholg‘uga mehr qo‘yish, ikkinchidan, sadoqatli bo‘lish, uchinchidan

zarbli cholg‘ularga bo‘lgan hurmat va qadrlash va nihoyat asarga

(merosga)  qaldan  ijodiy  yondashish.  Ushbu  prinsiplar

M.Muhammedov metodining asosini tashkil etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




49


Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish