S avezbayev


 Grafikaviy ma’lumotlarni kiritish



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

4. Grafikaviy ma’lumotlarni kiritish 
Yangi loyihalarni tuzatishda tez-tez yig’ilgan arxiv hujjatlaridan foydalanish 
muammosi kelib chiqadi. Bugungi kunda grafikaviy ma’lumotlarni kompyuter-
larga kiritishning ikkita asosiy usulidan keng foydalaniladi. Ular: qo’lda va 
avtomatlashtirilgan kiritish usullari. 
Qo’lda kiritish digitayzer (16-rasm) yordamida amalga oshiriladi. U 
«Elektron doska» bo’lib, standart formatga (A4 dan A0 gacha) va ko’rsatish 
qurilmasiga (kursorga) ega. Kursor bosqich tugmachalari va digitayzer sathi bilan 
elektromagnit aloqali vizirdan iborat kichik paneldir. Bunday qurilma yordamida 
eski chizmalarni «aylantirish» yoki yangilarini yaratish mumkin. Digitayzerlarning 
har xil turlari mavjud: ishchi yuzani yorituvchi, standart yuzali, ko’rinib turadigan 
(shaffof) yuzali. Kursorlar ham har xil shakllarga ega va 4, 16 va undan ham 
ko’proq bosish tugmalari bilan chiqarilmoqda. 
Digitayzerlarning aniqligi millimetrning o’ndan bir bo’lagidan yuzdan bir 
bo’lagigacha o’zgarib turadi. Aniq nuqtalarni 
kursor bilan «teshish», ya’ni tasvirni aniqroq 
tushirish 
yer 
tuzish 
xaritashunosligida 
qo’llaniladi. Asosiy xato operator tasvirni 


88 
qo’lda sonli ko’rinishda kiritishida kelib chiqadi (taxminan 0,5 mm). Bu xatoni 
maxsus vositalardan foydalanib, pasaytirishga harakat qilinadi (kursor viziridagi 
linzani kattalashtirish, ishchi yuzani maxsus fluorestsent chiroqchalari o’rnatilgan 
quticha yordamida yoritish, viziri yoritiladigan maxsus 16-rasm. Digitayzer 
(planshet) kursorlardan foydalanish). Oddiy qalamga o’x-
shagan, bosimga sezgir, peroli digitayzerlar ham bor. Ularni 
asosan, eskizlarni chizishda rassom-dizaynerlar ishlatishadi.

 
 
 
 
 
 

 
17-rasm. Planshetli skanerlar.
 
18-rasm. Rangli rolikli universal skaner. 19-rasm. CONTEX firmasining rangli 
yuqori aniqlikdagi skaneri (LIAТ va 
GAТ 
uchun 
ProfScan 
modeli). 
б 


89 
Skanerlash yuzasi 900x 1200 mm, 
aniqligi 0,1mm. 
Avtomatlashtirilgan kiritish skaner yordamida amalga oshiriladi. (17-19-
rasmlar) 
Skanerlarning bir necha turlari mavjud: qo’lda olib yuriladigan, planshetli, 
barabanli va tortuvchi. Qo’l skanerlari kam aniqligi va past unumdorligi sababli, 
professional ishlarga qo’llanishga yaramaydi. Kichik o’lchamdagi planshetli 
skanerlar kompyuterga matnli (tushuntirish xatlari va sh.o’.) va grafikaviy 
ma’lumotlarni - kichik chizmalarni, rasmlarni kiritish uchun qo’llaniladi. Katta 
o’lchamdagi skanerlar yuqori darajadagi poligrafiya ishlarida qo’llaniladi; ular 
juda qimmat turadi. Barabanli skanerlar ham poligrafiyada, hamda kiritishda 
yuqori 
aniqlik 
talab 
qilinadigan 
joylarda 
(masalan, 
xaritashunoslikda) 
foydalaniladi. Ularning asosiy kamchiligi – skanerlash vaqtining kattaligidir. 
Hozirgi vaqtda chizma hujjatlarini kiritish uchun qo’proq tortuvchi skanerlardan 
foydalaniladi: bugungi kunda ular eng yaxshi baho (ish unumdorligi)ga ega. 
Bunday qurilmalarning aniqligi ko’plab ilovalar uchun to’la yetarli hisoblanadi.
Skanerlash tamoyilining o’zi odatdagi tasvirni rastr shakliga o’zgartirishga
asoslangan (ya’ni uni ko’p sonli nuqtalar ko’rinishida ko’rsatish). Skanerlashdan 
keyin navbatdagi ishlar uchun tez-tez rastrli ma’lumotlarni vektorli (chiziqlar 
yig’indisi) ko’rinishiga aylantirish zarurati tug’ilib turadi. Buning uchun maxsus 
dasturlardan (vektorlovchidan) foydalaniladi.
Skanerlarning asosiy tavsiflari imkoniyati (optik va dasturiy), aniqligi, 
adaptiv porogi borligi, chiquvchi fayllar turlari va sh.o’. hisoblanadi. Rangli 
skanerlar uchun ranglar chuqurligi va dinamik diapazon ham katta ahamiyatga ega. 
Skaner imkoniyati bir dyumda tasvir necha nuqta yordamida yoritilishi bilan 
baholanadi (dot per inch, dpi). Nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa, tasvir aniqligi 
shuncha yuqori bo’ladi. 
Skaner optikasi sifati bilan aniqlanadigan optik imkoniyat bilan dasturiy 
imkoniyatlarning farqini ajratib bilish kerak. Dasturiy imkoniyat optik 


90 
imkoniyatdan 1,5-2 marta yuqori bo’lib, unga «sanalgan» nuqtalarga qo’shimcha 
nuqtalarni qo’shish yo’li bilan erishiladi. Bu tekislangan chiziqlarni olish va yarim 
tonli tasvirlarni skanerlashda sezilarsiz ranglarning bir-biriga o’tishini ta’minlaydi. 
Skaner aniqligi ko’pchilik hollarda ma’lumotlarni sanash mexanizmi bilan 
aniqlanadi va berilgan kesma uzunligidan foiz (protsent) bilan o’lchanadi. 
Adaptiv porogi borligi juda ifloslangan materiallarni skanerlash imkonini 
beradi. Bunday parametrga, tortuvchi keng formatli CONTEX va VIDAR kompa-
niyalarining skanerlari ega. Masalan, FSC seriyasidagi skanerlar AO formatiga ega 
bo’lib, qog’ozning maksimal kengligi 1016 mm (40’’) skanerlash yuzasi kengligi 
914 mm (36’’); qog’ozning uzunligi cheklanmagan. 24 bit RGB, 8/4 bit Paletted 
color skanerlanadi. Oddiy ranglarni tanlash ANSI IT8 standart jadvallari 
yordamida amalga oshiriladi, rangli politrani avtomatik tarzda va qo’l bilan 
yaratishga yo’l qo’yiladi, o’rnatilgan jetStream moduli (3010 modeldan boshqalari) 
skanerlash jarayonida rangli plotterda yuqori sifatli nusxa ko’chirishni ta’minlaydi. 
Nusxa ko’chiruvchi skanerlar plotterda to’g’ridan-to’g’ri nusxa ko’chirishning 
qo’shimcha imkoniyatlariga ega bo’lishadi (reprografiya). 
Skanerlarning barcha zamonaviy modellari judayam rivojlangan dasturiy 
ta’minot bilan jihozlanib, yetkazib beriladi, ular har turli rastrli formatlar – TIFF, 
PCX, JPEG, GIF va boshq. chiqish fayllarini olishning mo’ljallangan maqsad-
lariga bog’liq holda foydalaniladi. Agar rastrli tasvirlarni amalda sifatini yo’qot-
masdan saqlash kerak bo’lsa, eng to’g’ri keladigan format TIFF hisoblanadi.
Rang chuqurligi, skaner berishi mumkin bo’lgan ranglarning maksimal soni 
bilan tavsiflanadi. Bu yerda o’lcham birligi sifatida rastrli tasvirning bir nuqtasiga 
to’g’ri keladigan rangli ma’lumotlarning bitlari soni xizmat qiladi; odatda bu 24, 
36 yoki 48 bit (odam ko’zi atrofidagi 17 mln ranglarni ko’rishi mumkin, bu rang 
chuqurligining 24 bitiga mos keladi). 
Skanerning dinamik diapozoni yorqin elementlarni ko’rsatish sifatini va 
tasvirning qorong’i tomonlaridagi detallarning ajratilishini aniqlaydi. 
Ko’rsatilgan sonli shaklga keltirish usullarini solishtirishda hisobga olish 
kerakki, digitayzer bilan kiritish yetarlik darajada ko’p mehnat talab qilishiga va 


91 
mutaxassisning malakali, astoydil mehnatini talab qilishiga qaramasdan, hozircha u 
to’la avtomatlashtirilgan kiritish bilan almashtirilishi mumkin emas. 
Qo’lda sonli shaklga keltirishning asosiy ustunliklari: 
- CAD tizimlarida foydalanish uchun yaroqli vektor shaklidagi chiquvchi 
ma’lumotlarni darrov olish. Olinadigan fayllar xajmi katta emas (AO formati 
betida 2 Mb atrofida), bu kompyuter resurslariga qo’yiladigan talabni sezilarli 
pasaytiradi va umuman tizimni arzonlashtiradi; 
- sonli shaklga keltirishning maksimal yuqori aniqligi; 
- tasvirlarni ranglar bo’yicha qatlamlashtirish imkoniyati (monoxrom 
skanerlar buni qilmaydi, rangli keng formatli skanerlar hozircha juda qimmat); 
- yomon saqlangan va qattiq ifloslangan hujjatlarni sifatli sonli shaklga 
o’tkazish imkoniyati; 
- digitayzerlarning past bahosi (keng formatli skanerlarga nisbatan), bu 
ko’pchilik hollarda ulardan foydalanishni samaraliroq qiladi (agar sonli shaklga 
aylantirish ishlari xajmi katta bo’lmasa). 
Avtomatlashtirilgan sonli shaklga keltirishning (skaner yordamida) 
ustunliklari: 
- eng murakkab grafikaviy ma’lumotlarni (slaydlar, fotosuratlar va sh. o’.)
kiritish imkoniyati; 
- yer tuzishda, kartografiyada, mashinasozlikda va qurilishda katta qag’ozli 
arxivlar bilan ishlash imkonini beruvchi ma’lumotlarni kiritishning yuqori tezligi; 
Shuni hisobga olish kerakki, avtomatik sonli shaklga keltirishning 
texnologik jarayoni va keyingi vektorlash skanerda va vektorlagichlar bilan 
ishlashga o’rgatilgan malakali mutaxassislarni hamda katta kompyuter resurslarini 
(bitta monoxrom fayli hajmi AO formatdagi hujjatni sonli shaklga keltirishda bir 
necha o’nlab Mb tashkil etishi, ranglida esa – undan ham bir necha barobar yuqori 
bo’lishi mumkin) talab etadi. Rastrli hujjatlar arxivini tashkil etishda, saqlash va 
umumiy hajmi yuzlab gigabaytga yetadigan elektron kutubxonalardan tezkor 
foydalanish masalasi tug’iladi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish