X bob
YER TUZISHDA HISOBGA OLINADIGAN IQTISODIY VA IJTIMOIY SHAROITLAR
1. Iqtisodiy sharoitlar.
Yer tuzish tadbirlari hamma vaqt aniq iqtisodiy vaziyatda amalga oshiriladi. Bu vaziyat, awalo, obyektiv iqtisodiy qonunlar hamda jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojianish darajasidan kelib chiqadi. Masalan, qiymat qonimi tovar-pul munosabatlarining xarak-terini, renta to'lovlari dinamikasini, yer solig'i va yer uchun ijara haqi miqdorlarini aniqlaydi. Yer tuzish jarayonida tuzilayotgan loyihalarni yaxshi asoslash va tez o'zlashtirish, maksimal iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaraga erishish uchun bu qonuniyatlami hisobga olish kerak.
Yer tuzish obyektlari, asosan davlat tuzumi bilan o'zaro tashkiliy, texnologik, iqtisodiy munosabatlar orqali u yoki bu darajada bog'langan, har xil texnik jihozlangan, yer va mehnat resurslari, asosiy va aylanma fondlar bilan ta'minlangan, qishloq xo'jaligi va boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hisoblanadi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida yer tuzishda hisobga olinadigan iqtisodiy sharoitlar ichida quyidagilar katta ahamiyatga ega:
• yer turlarining tarkibi, maydoni va sifati, ularni transform a-
tsiyalash va yaxshilash, hamda yerlarni qishloq xo'jaligi uchun
o'zlashtirish imkoniyati;
0 yerlarning yalpi mahsulot, xarajatlar qoplanishi va shartli-natural yoki qiymat ko'rinishidagi differensial daromad bo'yicha baholanadigan iqtisodiy tavsifi;
xo'jaliklar ixtisosligi, ularning ASM doirasidagi birlashish aloqalari;
qishloq xo'jaligini yuritishning qabul qilingan tizimi va uning iqtisodiy samaradorligi (tarmoqlar tarkibi va o'lchamlari, dehqonchilik tizimi, ekin maydonlari tarkibi, almashlab ekishlar, urug'chilik tizimi, ozuqa yetishtirish va chorvachilik, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi va yer turlari mahsuldorligi, yalpi va tovar mahsulotlar, yalpi va sof daromad, foyda va ishlab chiqarishning rentabelligi);
144
» korxonalarning tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilishi, mehnatni tashkil etish tizimi;
xo'jaliklarning mehnat resurslari, qishloq xo'jalik texnikasi, asosiy va aylanma fondlari bilan ta'minlanishi, ulaming energiya bilan qurollanganligi;
korxonalarning moliyaviy ahvoli, kreditlarni jalb etish imko-niyati, bo'sh pul mablag'larining mayjudligi.
Yer turlarining tarkibi va maydoni ko'pchilik hollarda xo'jaliklarning ixtisosligini, paxta, don, yem-xashak, boshqa mahsulot-larni ishlab chiqarishning mumkin bo'lgan hajmlarini, chorvachilik tarmoqlarining joylashishini aniqlaydi.
Masalan, haydalma yerlarning nisbati yuqori bo'lsa, paxtachilik va g'allachilik ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun eng qulay sharoit yaratiladi; bunda birinchi navbatda e'tibor to'g'ri almashlab ekishlarni joriy etishga qaratiladi. Yaylov va pichanzorlarning katta maydonlarida birinchi qatorga ular yerlarini yaxshilash, mahsuldor-ligini oshirish, hududni yaylov va pichanzor almashishlarini, poda, otar va brigada uchastkalarini, navbat bilan mollar boqiladigan uchastkalarni, yozgi lagerlarni, mollar haydaladigan yo'llarni joylashtirish bilan ichki tashkil etadi.
Tabiiy yerlar turlarining kichik maydonlarida ozuqa yetishtirish haydalma yerlarga ko'chadi; buning uchun yashil konveyer tashkil etiladi, ozuqa almashlab ekishlari, uzoq vaqt yern-xashak ekinlari (makkajo'xori, ko'p yillik o'tlar) ekiladigan almashlab ekishga kir-maydigan uchastkalar joriy etiladi, haydalma yerlarda madaniy yaylovlar loyihalanadi.
Barcha vaziyatlarda boshqa qimmatbahoroq turdagi yerlarga transformatsiyalanadigan yerlar izlab topiladi, xo'jaliklarning o'zida yetarlik pul, mehnat va texnik resurslar mayjud bo'lsa, o'zlashtirili-shi yoki yaxshilanishi mumkin bo'lgan yerlarni ichiga oluvchi melio-rativ yer fondi aniqlanadi.
Xo'jalikka biriktirilgan yerlarni iqtisodiy baholash materiallari uning iqtisodiy unumdorligini (tabiiy unumdorlik ko'rsatkichlariga qaratilgan tuproq bonitirovkasi ma'lumotlaridan farqli o'laroq) tavsiflaydi. Iqtisodiy baholashda, nafaqat, tuproqlar sifati, balki, xo'jaliklarning mahsulotlarni sotish bozoridan va moddiy-texnik
10 - 28
145
ta'minot punktlaridan, yer uchastkalarining - ahoii yashash joylari va xo'jalik markazlaridan uzoqligi, uchastkalarning texnologik xususiyatlari va boshqa dehqonchilik va chorvachilikning samara-dorligini aniqlovchi sharoitlar hisobga olinadi. Yer tuzishda bu ma'lumotlardan quyidagi masalalarni yechish uchun foydalaniladi:
- xo'jaliklarning va ular bo'limlarining optimal ixtisosligini, ekin
maydonlari tarkibini belgilash;
.-, almashlab ekishlarni va ayrim ekinlar maydonlarini ular uchun yaroqliroq yerlarda joylashtirish;
dalalar, ishchi (sug'orish) va texnologik uchastkalarni agrotexnik jihatdan bir xil yer massivlarida joylashtirish;
qishioq xo'jalik ishlab chiqarishiga barcha qimmatbaho yerlarni jalb etish va aksincha, sanoat, transport va boshqa noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun kam qimmatli yerlarni ajratish;
xo'jaliklar va ular bo'limlarining ishlab chiqarish dasturlarini tuzish, yer tuzish loyihalarini agroiqtisodiy asoslash bo'yicha hisob-kitoblarni bajarish.
Iqtisodiy sharoitlar yer tuzishda ikki tomoniama hisobga olinadi. Bir tomondan, hududni rivojlanayotgan ishlab chiqarish talablariga yerlarni va ayrim yer turlarini qayta taqsimlash, ularni meliora-tsiyalash, ko'p mehnat talab etadigan va ko'p yuk chiqadigan ekinlarni xo'jalik markazlariga, chorvachilik fermalariga yaqinlatish, yer massivlarining shakllarini yaxshilash, mayda konturlilikni va uchastkalarning bo'linganliklarini tugatish va sh.o'. yo'li bilan moslashtirish amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, xo'jaliklar va ishlab chiqarish bo'limlarining ixtisoslashishi, chorvachilik ferma-larining joylashishi, ekinlar va almashlab ekishlar tarkibi va joylashishi, qishioq xo'jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyalari yer fondining obyektiv tavsiflaridan - tuproqlar unumdorligi, ularning eroziyaga uchrash darajasi, yerlarning xo'jalik markazlaridan uzoqligi va sh.o'. kelib chiqib o'zgarib turadi.
Natijada yer tuzishda yerdan mavjud foydalaniiit zarar tartibga keltiriladi (almashlab ekishlar, yo'llar loyihalanadi; yer turlarining joylashishiga aniqlik kiritiladi, keraksiz marzalar, yer egaligidagi kamchiliklar tugatiladi) va shu vaqtning o'zida ishlab chiqarishning kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlari unga jalb etilgan yerlar xususi-yatiarini hisobga olib ixtisoslik aniqlanadi, meliorativ ishlarining ishlab
146
chiqarish qurilishi, hududni injenerlik jihozlashning turlari, hajmi, navbati va amalga oshirish muddatlari aniqlanadi.
Qishloq xo'jalik korxonalarining ixtisosligi ularni joylashtirish va hududini tashki! etishga, yerlarning turlari va maydonlariga, almash-labekishlargakattata'sirko'rsatadi. Masalan: pahtachilik va g'aliachilik xo'jaliklarida yerlar tarkibida asosiy qismni haydalma yerlar tashkil etsa, qorako'lchilik xo'jaliklarida yaylovlar tashkil etadi. Shahar atrofidagi, mehnat resurslari bilan yaxshi ta'minlangan sabzavotchilik xo'jaliklari ko'proq intensiv ekinlar: kartoshka, sabzavot Va1 boshq&to maydonlariga ega bo'lishadi. O'z yem-xashaklari hisobiga chorvachiEkni rivojlantirayotgan korxonalarning ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari (ko'p yillik va bir yillik o'tlar, silosboplar) asosiy o'rinni egallaydi. Bog'dorchilikva uzumchilik yo'nalishidagi xo'jaliklarda katta maydonlarni daraxtzorlar egallaydi. Shuning uchun' yer tuzishda birinchi navbatda xo'jaliklar va uning bo'limlari ktisosliklari o'rga-niladi, uning yerlardan samarali foydalanish talablariga mosligi tek-shiriladi. Keyin loyiha tuzishda ixtisoslik aniqlanadif yerlar tarkibi va maydoni, almashlab ekishlarni tashkil e^ish moslashtiriladi. Shun-day qilib yerdan foydalanish samaradorligi oshiriiadi, uning mah-suldorligi o'sishi va muhozafasi ta'minlanadi.
Shu maqsadlar uchun hamda ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish uchun xo'jalik yuritish tizimi, dehqonchilik va chorvachilik
tarmoqlari uyg'unligi o'rganiladi, «qiyin joylar» va tashkiliy zahiraiar
aniqlanadi. Tahlilda yalpi va tovar mahsuiotlari, ishlab chiqarish
rentabelligi, foyda, mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari,.
boshqa sarflar, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi ya boshqa
ko'rsatkichlardan foydalaniladi. .
Qishloq xo'jaligi korxonalarida yer tuzishda mehnatni tashkil etish darajasi, texnika, asosiy va aylanrna fondlar bilan ta'minlanishi katta ahamiyatga ega. Bu omilni hisobga olish uchun xo'jalikning butun mehnat jamoalari (ishlab chiqarish bo'limlari, brigadalar, pudratchilar) bo'yicha ma'lumotlar to'planadi. Bo'limlar ixtisosliklari, mehnat jamoalari a'zolarining soni va malakaviy tarkibi, bir ishlovchiga to'g'ri keladigan haydalma yer va boshqa yer turlari maydoni, biriktirilgan texnikalar turlari, mehnatni tashkil etish shakllari (brigada, oila, ijara pudrati) belgilanadi. Yer tuzish
147
loyihasini ishlashning keyingi bosqichida hududni tashkil etish va xo'jalikda mehnat resurslaridan foydalanishni o'zaro bog'lash amalga oshiriladi. Yerdan foydalanishda ortiqchalikka yo'l qo'ymaslik uchun almashlab ekishlarni, ozuqa olinadigan yerlarni, daraxtzorlarni ma'lum jamoalarga biriktirish yoki ularga mulk qilib berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |