S avezbayev, S. N. Volkov



Download 1,05 Mb.
bet10/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari

Nazorat savollari

  1. Ijtimoiy ishiab chiqarishda suv qanday iqtisodiy ahamiyatga egal?

  2. Qanday sharoitlarda suv umumiy ishlab chiqarish vositasi, mehnat predmeti va mehnat quroli hisoblanadi?

  3. Nima uchun suv qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi deyiladi?

  4. Suvning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi nimada?

  5. Suv xalq xo'jaligining har xil tarmoqlarida qanday ahamiyatga ega?

  6. Qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini oshirishda suvning ahamiyati qanday?


Ill bob
YER TUZUMI VA YER ISLOHOTI
1. Yer munosabatlari.
Yer xo'jalik faoliyatining har qanday sohasida kenglik asos (bazis) ishlab chiqarish jarayoni amalga oshishi uchun zarur sharoit hisoblanadi. Bunda yerdan to'la emas, balki uning belgili uchastkalaridan, ya'ni, ularning foydali xususiyatlariga, sifatlariga mos holda har xil foydalaniladi. Shunday qilib, har xil sub'yektlar orasida albatta bu uchastkalardan foydalanish bo'yicha ma'lum munosabatlar o'rnatiladi.
Yer munosabatlari bu yerdan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlardir. Ular fuqarolar,' korxonalar, davlat organlari va boshqa xo'jalik va o'zga faoliyatlar sub'yektlari orasida kelib chiqadi. Qonun bilan tartibga solinib, ular yer tiuquqi munosabatlariga, ya'ni, yerdan foydalanish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashning huquqiy shakliga aylanadi. Ularning bevosita obyekti har xil maydonga, joylashgan o'rniga, sifati va mo'ljallangan maqsadiga ega yer uchastkalaridir.
Jamiyatning yer tuzumi bujamiyatda yerga mulkchilikning qonun bilan belgilangan shakllari, unda xo 'jalik yuritish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish shakllari va yer tuzish, yerni taqsimlash tizjmi va uni tartibga solish usullari asosida jamiyatda yuzciga kelgan barcha yer munosabatlari yig'indisidir.
Jamiyatning yer tuzumi o'zgarishsiz qolmaydi; u evolyutsiya asosida (asta-sekin rivojlanish), radikal islohotlar asosida, ayrim hollarda esa revolyutsiya natijasida ham o'zgarishi mumkin.
Yer munosabatlari yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarning belgili shakllarining paydo bo'lishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki maydalanishi va tugatiiishi bilan ham bog'liq bo'ladi.
Yer tuzish nazariyasi va amaliyotida tez-tez ishlatiladigan «yerdan foydalanish» va «yer egaligi» tushunchalari bir xil emas. Ularning har biri bir necha ma'noga ega. O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan yer uchastkalari mulk qilib, egalik qilish yoki foydalanish uchun beriladi. Ular mahalliy boshqaruv organlari (hokimiyatlar)
26
nidan, ularning vakolatlaridan kehb chiqib beriladi. yer-^h^stkalar'i davlat, jamoa yoki ayrim fuqarolar mulki bo'lishi U°umkin. Davlat mulki hisoblangan yerlar muddatsiz (doirniy> fbydalanishga noqishloq xo'jalik korxonalariga, tashkilotlariga,. muassasalariga beriladi.
Umrbod meros qoldirish huquqi bilan va mulk qilib yer uchast-kalari dehqon xo'jaliklarini tashkil etish, qishloqlarda shaxsiy to^ morqa xo'jaliklarini yuritish, bog'dorchilik va qishloq xo'jaligi isbiab* chiqarishi bilan bog'liq boshqa maqsadlar uchun ajratiladi.
Shunday qilib, «yerdan foydalanish» va «yer egaligi» tushun^ chalarining birinchi ma'nosi, yer uchastkasining haqiqatdan ham* foydalanish, egalik qilish yoki mulk huquqlari asosida foydalaniiisfrin^ bildiradi. Bunda eng katta vakolatga (huquqqa) mulkdorlar, eng karnig* esa - foydalanuvchiiar egalik qiladi. Bu so'zlaming ikkinchi ma'nosi - yer uchastkalaridan u yoki bu sub'yekt ega huquqlarga mos* foydalanish tartibi va jarayonidir.
Yer tuzishda tez-tez qo'llaniladigan sanab o'tilgan# lushunchalarning yana bir ma'nosi bor. Rossiya «Yer kodeksi»da* (113 modda, 3 band) mavjud yer egaliklari va yerdan* foydalanishlarini tartibga solish va yangilarini tuzish to'g'risida aytiladi.-Mazkur holatda bu so'zlar mos tarzda egalik qilishda yokii foydalanishda bo'lgan ma'lum yer uchastkasini bildiradi.
Yerdan foydalanishning turlaridan biri ijara hisoblanadi, ya'ni,. yer uchastkasini boshqa shaxsga (ijarachiga) shartnoma bo'yicha* beigili to'lov-ijara haqi evaziga vaqtincha foydalanishga berish. Hozirgii davrda ijaraga beruvchilar mahalliy hokimiyatlar va qishloq xo'jalik^ shirkatlari hisoblanadi.
Va nihoyat, yer tuzish amaliyotida «yerdan foydalanish»-tushunchasi ayrim hollarda umumiy ma'noda ishlatiladi va yerdani foydalanish jarayonini yoki huquqiy maqomiga bog'liq bo'lmagani holda foydalanilayotgan uchastkani bildiradi.
2. Yer tuzish va hududni tashkil etish.
Jarniyat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida doimo o'zi i faoliyat ko'rsayotgan hududni tashkil etishni takomillashtiradi Va± °'zgartiradi.
2^7
Hudud deb, yer ustining chegaralangan о 'ziga xos tabiiy va antropogen (inson tomonidan yaratilgan) xususiyatlarga va resurslarga ega qismiga aytiladi; и maydoni, uzunligi, joylashgan o'rni, shakli va boshqa sifatlari bilan tavsiflanadi.
Hududni tashkil etish bu uni tartibga solish, aniq ishlab chiqarish yoki ijtimoiy maqsadlarga mos fna'lum tizimga keltirishdir. Yerni va hududni tashkil etishni aniq talablar uchun moslash bo'yicha odamlar faoliyati yer tuzish nomini oldi. Shu maqsadda yer massivlari u yoki bu maqsadlar uchun mo'ljallangan va o'lchamlarga ega xo'jalik faoliyatining har xil sohalarida foydalanish uchun bif-birlariga nisbatan belgili tartibda joylashgan ' uchastkalarga bo'linadi. Bu uchastkalarda korxonalar, dalalar, yo'llar, aholi yashash joylari joylashtiriladi,
Yer tuzish avvalo belgilangan iqtisodiy natijani olish uchun o'tkaziladi. Shuning uchun yer tuzish organlari maksimai darajada o'z faoliyatlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish talablariga mos~ lashi kerak. Demak, yer tuzish maxsus huquqiy va texnik tarzdagi ishlar yordamida amalga oshirilsa ham, o'zini iqtisodiy faoliyat ' sifatida ko'rsatadi.
Yer tuzish yordamida yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarning paydo bo'lishi, yiriklashtirilishi yoki maydalashtirilishi va tugatilishidek murakkab masalalar yechiladi. Yer tuzish orqali mamlakatimizda yer egalari va yerdan foydalanuvchilar shakllari almashinishi ham sodir bo'ladi. Bular : esa uning yer islohotini o'tkazishdagi va unda ko'zlangan maqsadlarga ,; erishishdagi ahamiyatli o'rnini belgilaydi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish